BOLALAR JISMONIY RIVOJLANISHIDAGI TAYANCH-HARAKAT TIZIMI PATOLOGIYALARINI KORREKSIYALASHDA ADAPTIV GIDROKINEZOTERAPIYA VA MEXANOTERAPIYANING SAMARADORLIGI
Keywords:
Adaptiv jismoniy tarbiya, tayanch-harakat tizimi, gidrokinezoterapiya, mexanoterapiya, bolalar bosh miya falaji, goniometriya, harakat reabilitatsiyasi.Abstract
Ushbu maqolada tayanch-harakat tizimi (THT) patologiyalari, xususan, bolalar bosh miya falaji va skolioz bilan og‘rigan 7–11 yoshli bolalarni harakat reabilitatsiyasida adaptiv gidrokinezoterapiya (suv muhitidagi mashqlar) hamda mexanoterapiya (maxsus trenajyorlar) usullarining birgalikdagi samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotda 40 nafar bola ishtirok etdi va ular ikki guruhga ajratildi. Nazorat guruhiga an’anaviy davolash jismoniy tarbiyasi (DJT) mashqlari qo‘llanilgan bo‘lsa, eksperimental guruhga gidrokinezoterapiya va mexanoterapiya uyg‘unlashgan maxsus AJT dasturi joriy etildi. 6 oylik pedagogik eksperiment natijalari shuni ko‘rsatdiki, eksperimental guruhdagi bolalarning mushaklar tonusi me’yorlashdi, bo‘g‘imlarning harakatlanish burchagi (goniometriya) o‘rtacha 14.5% ga oshdi. Olingan natijalar tayanch-harakat tizimi shikastlangan bolalarni adaptiv jismoniy tarbiya vositalari orqali reabilitatsiya qilish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.
References
Evseev S.P. Teoriya i organizatsiya adaptivnoy fizicheskoy kulturi. – M.: Sport, 2016
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) hisobotlari va tavsiyalari (2022-2024).
Shapkova L.V. Chastnie metodiki adaptivnoy fizicheskoy kulturi: Uchebnoe posobie. – M.: Sovetskiy sport, 2007.
Jismoniy Terapiya va Reabilitatsiya - https://medipolglobal.uz/jismoniy-terapiya-va-reabilitatsiya
Downloads
Published
Issue
Section
How to Cite