“KO‘HNA DUNYO” ROMANI – O‘ZBEK ADABIYOTIDAGI BIRINCHI TARIXIY-POLIFONIK ASAR
Keywords:
roman,badiiy obraz,tarixiy shaxslar, tarixiy-polifonik romanAbstract
Ushbu maqolada taniqli o‘zbek adibi Odil Yoqubov ijodi, xususan, o‘zbek romanchiligi rivojida yangi bosqichni boshlab bergan “Ko‘hna dunyo” tarixiy romani tahlil qilingan. Asarda ma’rifatparvar allomalar — Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy hayoti hamda ularning Sulton Mahmud G‘aznaviy saltanati bilan bo‘lgan ziddiyatli munosabatlari yoritilgan. Muallif an’anaviy xronologik bayondan qochib, voqealarni qahramonlarning ruhiy olami va ichki kechinmalari orqali polifonik usulda aks ettirganini ko‘rsatib beradi. Romanda tarixiy shaxslar bilan birga badiiy to‘qima obrazlarning ham psixologik hamda falsafiy jihatdan ishonchli yaratilgani tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada asarda qo‘llanilgan afsona va rivoyatlarning o‘rni hamda davr ruhini aks ettiruvchi o‘ziga xos til xususiyatlari tadqiq qilingan. Maqola yakunida “Ko‘hna dunyo” romani o‘zbek adabiyotidagi birinchi tarixiy-polifonik asar sifatida yuqori baholangan.
References
Шарафиддинов О. Танланган асарлар. – Тошкент: Шарқ, 2019. – Б.17.
Қўшжонов М. Танланган асарлар. – Тошкент: Шарқ, 2018. – Б.438.
Қўшжонов М. Ҳаёт – адабиёт кўзгусида. Адабий-танқидий мақолалар. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1985. – Б.256-257.
O‘zbek adabiy tanqidi.Toshkent,Turon-iqbol.2011,- B,226
Yoqubov O. Ko‘hna dunyo.. – Toshkent, 2015 -B,206-207
А.Hakimov.Bu ko‘hna dunyo.Sharq yulduzi,1984,4-son,190-bet
Норматов У. Янги ўзбек адабиёти. – Тошкент: Университет, 2007. – Б.170.
Sodiq Sanjar. Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi. – Tоshkent: O‘qituvchi, 2019. – Б.523
Downloads
Published
Issue
Section
How to Cite