AKNELAR BILAN KURASHISHDA ZAMONAVIY KOSMETOLOGIK YONDASHUVLAR
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17797578Abstract
Aknelar (ugrilar) – inson terisida eng ko‘p uchraydigan kosmetik muammolardan biri bo‘lib, asosan yog‘ bezlarining ortiqcha faoliyati va follikulalarning tiqilib qolishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu holat o‘smirlik davrida keng tarqalgan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda kattalarda ham uchramoqda. Ushbu maqolada aknelerin kelib chiqish sabablari, ularning turlari, shuningdek, ularni bartaraf etishda zamonaviy kosmetologik yondashuvlarning o‘rni yoritib berilgan. Zamonaviy kosmetologiyada aknelarni davolashda kompleks yondashuv qo‘llaniladi: to‘g‘ri parhez, gigiyenik qoidalarga rioya qilish, tibbiy muolajalar va apparatli texnologiyalarni birgalikda qo‘llash orqali yuqori samaraga erishiladi. Xususan, ultratovushli tozalash, kimyoviy piling, lazer terapiyasi, mezoterapiya, plazmolifting va kriyoterapiya kabi muolajalar akne bilan samarali kurashda o‘zini oqlagan.Downloads
Published
2025-12-03
Issue
Section
Articles
How to Cite
Yulduz, N., & Xurshida, S. (2025). AKNELAR BILAN KURASHISHDA ZAMONAVIY KOSMETOLOGIK YONDASHUVLAR. Central Asian Journal of Education and Innovation, 4(11), 34-36. https://doi.org/10.5281/zenodo.17797578
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads