AHMADIY VA NAVOIY DOSTONLARIDA ISKANDAR OBRAZINING QIYOSIY TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17378617Abstract
Sharq mumtoz adabiyoti tarixida Iskandar timsoli qadimdan falsafiy, axloqiy va siyosiy g‘oyalar ifodasi sifatida alohida o‘rin egallaydi. Ushbu obraz turli davrlar, madaniy muhitlar hamda ijodkorlar tafakkurida o‘ziga xos ma’nolarda talqin etilib, har bir davrning dunyoqarashi, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoji va badiiy tamoyillariga muvofiq ravishda yangicha mazmun kasb etib borgan. Xususan, XIV asr turkiy adabiyotining yirik vakili Ahmadiy va XV asrning buyuk shoiri hamda mutafakkiri Alisher Navoiy ijodida bu timsolning g‘oyaviy-badiiy talqini yanada mukammal shaklga ega bo‘lgan. Har ikki adib o‘zlarining “Iskandarnoma” va “Saddi Iskandariy” dostonlarida tarixiy shaxs sifatidagi Iskandarning jangovar jasorati va sarkardalik fazilatlaridan ko‘ra, uning tafakkur olami, ma’naviy kamoloti, adolatparvarlik ruhi va insoniy barkamolligini tasvirlashga ustuvor e’tibor qaratadilar. Shu jihatdan, Ahmadiy va Navoiy asarlaridagi Iskandar obrazi nafaqat tarixiy shaxs timsoli, balki ma’naviy yetuk inson idealining badiiy ifodasiga aylangan bo‘lib, u orqali mualliflar jamiyatni ezgulik, adolat va komillik sari da’vat etganlar.Downloads
Published
2025-10-17
Issue
Section
Articles
How to Cite
O'rol, S. (2025). AHMADIY VA NAVOIY DOSTONLARIDA ISKANDAR OBRAZINING QIYOSIY TAHLILI. Central Asian Journal of Education and Innovation, 4(10, Special issue CAJEI), 370-372. https://doi.org/10.5281/zenodo.17378617
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads