PSIXOFIZIKA FANI PAYDO BO‘LISHI HAMDA SHAKLLANISHIDA E. VEBER VA T. FEXNER TADQIQOTLARINING O‘RNI

Main Article Content

Аннотация:

Ushbu maqolada psixofizika fanining shakllanishi va rivojlanish jarayonida E. Veber hamda T. Fexner tadqiqotlarining ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi. Psixofizika psixologiya va fiziologiya tutashgan nuqtada shakllangan ilmiy yo‘nalish bo‘lib, inson sezgi jarayonlari hamda tashqi jismoniy ta’sirlar o‘rtasidagi qonuniyatlarni o‘rganadi. Mazkur maqolada ayniqsa XIX asr ilmiy tafakkurida muhim o‘rin egallagan Veber qonuni va Fexner tomonidan ishlab chiqilgan psixofizik o‘lchash usullarining nazariy asoslari yoritiladi. E. Veber sezgi sezgirligining nisbiy xarakterini aniqlab, sezgi chegaralari va sezgi intensivligi o‘rtasidagi munosabatni empirik tajribalar asosida asoslab berdi. T. Fexner esa Veber natijalarini umumlashtirib, psixofizikaning matematik asoslarini yaratdi hamda psixologik hodisalarni miqdoriy o‘lchash imkoniyatini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Tadqiqotda psixofizikaning psixologiya fanining mustaqil yo‘nalishi sifatida shakllanishida ushbu olimlarning ilmiy qarashlari, metodologik yondashuvlari va eksperimental usullarining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, psixofizika nazariyalarining zamonaviy psixologiya, neyropsixologiya va kognitiv tadqiqotlar rivojiga ko‘rsatgan ta’siri ham ko‘rib chiqiladi.

Article Details

Как цитировать:

Xidirova, F. (2026). PSIXOFIZIKA FANI PAYDO BO‘LISHI HAMDA SHAKLLANISHIDA E. VEBER VA T. FEXNER TADQIQOTLARINING O‘RNI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 5(7), 93–98. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76800

Библиографические ссылки:

G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. – 119-bet.

Nishonova Z.T. Psixologiya tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2013. – 94-bet.

Turg‘unov S.T. Psixologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008. – 72-bet.

Davletshin M.G., To‘ychiyeva S. Psixologiya. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2010. – 64-bet.

Qodirov A.A. Eksperimental psixologiya. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019. — 53-bet.

Mamatov S.M. Psixologiya nazariyasi. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2016. — 62-bet.