EKOLOGIYA SOXASIDA MAXSUS VAKOLATLI DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI FAOLIYATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY VA AMALIY MUOMMOLARI
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu tezisda ekologiya sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari faoliyati tushunchasi, ekologiya soxasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishning nazariy va amaliy muommolari yoritib berilgan. Ekologiya sohasini tartibga soluvchi davlat boshqaruvi organlari tizimini uch turga bo‘lishda mazkur davlat boshqaruvi organlarining kompetensiyasi muhim ahamiyat kasb etishi nazariy jihatdan asoslangan. Shu bilan birga, ekologiya sohasini tartibga soluvchi boshqaruv organi vakolatlarini aniqlashda muhim jihat funksiyalar va vakolatlar o‘rtasidagi zarur muvofiqlikka erishish hisoblanishi, mazkur holatda, avvalo, vakolatlarning mazmuni tegishli boshqaruv organi funksiyalarining mazmuniga to‘liq mos kelishi kerakligi hamda davlat boshqaruvi organining vakolat doirasi u tomonidan bajariladigan funksiyalar hajmiga mos kelishi tahlili keltirilgan.
