YER USTI VA YER OSTI SUVLARINING TARKIBI HAMDA ULARNING IFLOSLANISHINI NAZORAT QILISH
Main Article Content
Аннотация:
Suv - hayot manbai. Insoniyat taraqqiyoti, qishloq xo'jaligi, sanoat va ekologik muvozanatning barqarorligi suv resurslariga bevosita bog'liq. Yer usti va yer osti suvlarining tarkibi, ularning sifat ko'rsatkichlari hamda ifloslanish darajasi jamiyatning sog'lom rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Suv resurslari inson salomatligi, oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorlik uchun zarurdir. Shu sababli suv resurslarini o'rganish, nazorat qilish va muhofaza etish bugungi kunda global masalalardan biridir. Suvning ifloslanishi ekologik muvozanatga salbiy ta'sir ko'rsatadi, bu esa o'z navbatida biologik xilma-xillikning kamayishiga olib keladi. Shu boisdan, suv resurslarini ilmiy asosda o'rganish va ularni samarali boshqarish dolzarb masalalardan biridir.
