Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

ABDULLA SHER LIRIKASINING G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada adib Abdulla Sher ijodida an’ana tushunchasi va uning turlari – g‘oyaviy, tipik va formal an’analar poetik tahlil asosida ko‘rib chiqiladi. Muallif, shoir she’riyatidagi vatanparvarlik, insonparvarlik, muhabbat kabi g‘oyaviy qadriyatlarning ustuvor o‘rin egallaganini ta’kidlab, ayniqsa “Maktub” she’ri misolida g‘oyaviy an’analar ifodasi tahlil etiladi. Shuningdek, shoir lirik obrazlar yaratishda tipik an’analarga, badiiy vosita va poetik ifodalar orqali esa formal an’analarga tayangan holda o‘ziga xos poetik maktab shakllantirgani ko‘rsatiladi. 

Sayyora Xaqnazarova

71-72

2026-01-19

USMON AZIMNING POETIK MAHORATI

Mazkur tezisda zamonaviy o’zbek she’riyatining yirik vakillaridan biri – Usmon Azimning poetik mahorati tahlil qilinadi. Adibning o’ziga xos poetik olami, ramz va badiiy vositalardan foydalanish uslubi, she’rlardagi falsafiylik, erkin fikrlash va modernistik qarashlar yoritib beriladi. Uning she’riy nutqidagi ma’no qatlamlari, obrazlar tizimi va estetik qarashari asosida zamonaviy o’zbek adabiyotidagi o’rni aniqlanadi. Tadqiqot  davomida  Usmon  Azimning ayrim mashhur she’rlari poetik jihatdan tahlil qilinib, ularning badiiy-estetik ahamiyati ochib beriladi.

Toʼlgʻanoy Ravshanova

43-45

2025-10-28

LIRIK KECHINMA VA POETIK OBRAZ MASALASI

Mazkur maqolada lirik kechinma va poetik obrazning o‘zaro bog‘liqligi, ularning badiiy matn strukturasi va estetik ta’sir kuchini shakllantirishdagi o‘rni tahlil etilgan. Lirik kechinma shoirning ichki ruhiy holatini, subyektiv dunyoqarashini aks ettiruvchi estetik kategoriya sifatida yoritiladi. Poetik obraz esa ana shu kechinmaning badiiy ifoda shakli bo‘lib, o‘quvchida ma’naviy rezonans uyg‘otuvchi vosita sifatida qaraladi. Maqolada o‘zbek lirikasida bu tushunchalarning uyg‘unlashuvi Alisher Navoiy, Abdulla Oripov va Erkin Vohidov kabi shoirlar ijodi misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, poetik obraz lirik kechinmani ifoda etishning asosiy estetik mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi.

Zarnigorxon Mavlonova

39-42

2025-10-27

SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATIDA TABIAT UNSURLARINING O‘ZIGA XOS KO‘RINISHLARI

Maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining yirik vakili — Shavkat Rahmon ijodida tabiat unsurlarining poetik talqini va ularning o‘ziga xos badiiy xususiyatlari ilmiy-nazariy hamda tahliliy jihatdan tadqiq etildi. Tadqiqot jarayonida shoir she’riyatida tabiat tasviri an’anaviy peyzaj doirasidan chiqib, ichki ruhiy holat, falsafiy mushohada va g‘oyaviy izlanishlarni ifodalovchi ramziy tizimga aylangani asoslab berildi. Shavkat Rahmon she’rlarida tog‘, shamol, osmon, tun, yorug‘lik va sukunat kabi tabiat unsurlarining poetik funksiyalari tahlil qilinib, ularning lirik qahramon kechinmalari va muallif pozitsiyasi bilan uzviy bog‘liqligi ochib berildi. Shoir tabiat obrazlari orqali inson va borliq munosabatlarini, vaqt va mavjudlik masalalarini falsafiy-estetik jihatdan umumlashtiradi. Natijada tabiat unsurlari shoir poetikasida mustaqil badiiy belgi sifatida shakllanib, g‘oyaviy mazmunni chuqurlashtiruvchi muhim vositaga aylanadi. Tadqiqot natijalari Shavkat Rahmon she’riyatida tabiat unsurlarining individual poetik talqini, ularning ramziy-semantik imkoniyatlari va o‘zbek she’riy tafakkuri taraqqiyotidagi o‘rnini aniqlashga xizmat qiladi. Mazkur maqola shoir ijodining poetik xususiyatlarini chuqurroq anglash hamda zamonaviy o‘zbek she’riyatida tabiat obrazlari poetikasini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Shaxnozaxon Jumanova

95-100

2026-01-26

LIRIK KECHINMA VA POETIK OBRAZ MASALASI

Mazkur maqolada lirik kechinma va poetik obrazning o‘zaro bog‘liqligi, ularning badiiy matn strukturasi va estetik ta’sir kuchini shakllantirishdagi o‘rni tahlil etilgan. Lirik kechinma shoirning ichki ruhiy holatini, subyektiv dunyoqarashini aks ettiruvchi estetik kategoriya sifatida yoritiladi. Poetik obraz esa ana shu kechinmaning badiiy ifoda shakli bo‘lib, o‘quvchida ma’naviy rezonans uyg‘otuvchi vosita sifatida qaraladi. Maqolada o‘zbek lirikasida bu tushunchalarning uyg‘unlashuvi Alisher Navoiy, Abdulla Oripov va Erkin Vohidov kabi shoirlar ijodi misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, poetik obraz lirik kechinmani ifoda etishning asosiy estetik mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi.

Zarnigorxon Mavlonova

12-15

2025-10-31

SERGEY YESENINNING “FORS TARONALARI” TURKUMIDA LIRIK SUBYEKT MASALASI.

Ushbu maqolada Sergey Yeseninning she’riyati tahlil qilinadi. Tahlil asosida lirik subyektning ichki ruhiy olami, tabiat va tarixiy xotira bilan uyg‘unligi, shaxsiy va milliy kechinmalarning poetik aks etishiga e’tibor qaratiladi. Har bir bandda metaforik obrazlar, musiqiy-intonatsion qatlam va ritmik takrorlar tizimi ilmiy jihatdan o‘rganiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, she’r Yeseninning rus lirikasidagi klassik xususiyatlarini — inson ruhiyati va tabiat uyg‘unligi, sadoqat, nostaljiya va abadiy mehrning poetik ifodasi — mukammal tarzda aks ettiradi. Ushbu tadqiqot she’rni estetik va nazariy kontekstda chuqur tushunish va Yeseninning poetik metodini ilmiy asosda o‘rganishga imkon yaratadi.

Durdona Xudoyberganova

17-20

2025-11-18

XX ASR SO‘NGGI CHORAGIDA BADIIY TAFAKKUR VA PEYZAJ LIRIKASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Maqolada XX asr so‘nggi choragida o‘zbek she’riyatida yuz bergan badiiy tafakkurdagi o‘zgarishlar hamda peyzaj lirikasining o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy-nazariy va tahliliy jihatdan tadqiq etildi. Ushbu davr she’riyatida peyzaj tasvirining an’anaviy manzara berish vazifasi bilan birga, individual-falsafiy mushohada, ichki kechinma va ramziy ma’no ifodalovchi muhim poetik vositaga aylangani asoslab berildi. XX asr oxiri she’riyatiga xos bo‘lgan badiiy tafakkurning yangi yo‘nalishlari — subyektivlikning kuchayishi, ramziy obrazlarning faollashuvi, vaqt va makonning ichki idrok asosida talqin qilinishi peyzaj lirikasida qanday poetik shakl topgani tahlil qilindi. Peyzaj obrazlari orqali shoirlarning borliqni anglash, tarixiy xotira va shaxsiy ong munosabatlarini badiiy umumlashtirish usullari yoritildi. Shuningdek, peyzaj lirikasining semantik va estetik imkoniyatlari ochib berilib, tabiat tasvirlarining badiiy g‘oyani bilvosita ifodalashdagi roli ko‘rsatib o‘tildi. Tadqiqot natijalari XX asr so‘nggi choragi o‘zbek she’riyatida peyzaj lirikasining badiiy tafakkur taraqqiyotidagi muhim bosqichini belgilashga, shuningdek, davr she’riyatining poetik xususiyatlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Shaxnozaxon Jumanova

123-127

2026-01-26

ALEXANDER FAYNBERG IJODIDA XOTIRA VA NOSTALGIYA MOTIVLARINING POETIK TALQINI

Ushbu maqolada Alexander Faynberg ijodida xotira va nostalgiya motivlarining poetik talqini tahlil qilinadi. Shoir lirikasida o‘tgan hayot manzaralari, bolalik xotiralari, vaqtning o‘tkinchiligi va inson ruhiyatidagi sog‘inch tuyg‘ulari badiiy obrazlar orqali ifodalangan. Tadqiqotda Faynberg she’riyatida xotira fenomeni nafaqat individual tajriba, balki madaniy va estetik qadriyat sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada shoirning poetik uslubi, metaforik tasvirlari hamda nostalgiya motivlarining falsafiy mazmuni tahlil qilinadi.

Jasmina Abdishukurova

66-68

2026-03-10

ZULFIYA SHE’RIYATIDA TABIAT MANZARALARI VA ESTETIK HIS-TUYG‘ULAR

Mazkur maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova ijodining poetik olamida tabiat manzaralari va estetik his-tuyg‘ularning badiiy ifodasi chuqur tahlil qilinadi. Zulfiya o‘z she’riyatida tabiatni shunchaki tashqi manzara sifatida emas, balki inson qalbi, ayol ruhiyati va ma’naviy dunyoning ajralmas bir qismi sifatida talqin etadi. Shoiraning badiiy tafakkurida tabiat obrazlari inson hissiyotining ramziga, ruhiy kechinmalarining ifodasiga aylanadi. Uning “Bahor”, “Yomg‘ir”, “Tong nafasi”, “Kuz ohangi” kabi she’rlarida tabiat unsurlari orqali insonning ichki olami, orzulari, iztiroblari va sevgi kechinmalari poetik shakl kasb etgan. Shoira tabiatni jonli mavjudot, yurakdagi hislarning hamrohiga aylantiradi. Bu jihatdan Zulfiya poetikasi o‘zbek ayol lirikasida yangi bosqichni boshlab bergan, inson va tabiat o‘rtasidagi estetik uyg‘unlikni badiiy darajada yuksak talqin qilgan ijod namunalaridan biridir. Maqola davomida shoiraning tabiatni tasvirlashdagi o‘ziga xos uslubi, tabiat obrazlari orqali estetik go‘zallikni his ettirish mahorati, ruhiy holatlarning tabiat bilan uyg‘un tasvirlanishi, shuningdek, bu poetik yondashuvning falsafiy va ma’naviy ildizlari keng tahlil qilinadi. Zulfiya she’riyati orqali o‘zbek ayolining estetik dunyoqarashi, ruhiy go‘zallikka bo‘lgan intilishi va tabiat bilan ma’naviy aloqasi yoritiladi. Shoiraning asarlarida tabiat — bu tinchlik, orom va go‘zallik manbai, ammo shu bilan birga dard, sog‘inch va hayotiy iztirobni ifodalovchi obrazdir. U tabiatga qarab insonni anglaydi, insonni kuzatib tabiatni tushunadi. Shu bois Zulfiya she’riyatida tabiat manzaralari insoniylikning badiiy ko‘zgusi, estetik tarbiya vositasi sifatida ham o‘z aksini topgan. Zulfiya she’riyatida tabiat unsurlari, go‘zallik, sevgi, insoniy tuyg‘ular, milliy qadriyatlar va ayol ruhiyatining uyg‘unligi shoiraning butun ijodiy merosini ma’naviy jihatdan boyitib, uni o‘zbek adabiyotining oltin xazinasi qatoriga qo‘shgan. Shu bois mazkur maqola Zulfiyaning ijodidagi tabiat va estetik hislar uyg‘unligini tahlil etish orqali uning poetik merosiga yangi nazar bilan qarashni maqsad qiladi. Zulfiya she’riyati — bu tabiatning yurak orqali ko‘rinishi, inson qalbining manzaraga aylangan ifodasi.

Aziza Sobirova, Gulzoda Nasrillayeva

264-268

2025-10-29

MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK DOSTONLARI MAZMUN KO‘LAMI, XARAKTERLAR OLAMI, MAVZU VA TASVIR TURLARI

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotidagi doston janrining taraqqiyoti, uning liro-epik mohiyati hamda janrlararo o‘zgarish jarayonlari tahlil etilgan. Shuningdek, mustaqillik davrida o‘zbek dostonchiligida yuz bergan shakl va mazmun yangilanishlari, shoirlarning poetik izlanishlari, lirik kechinma va sujet asosidagi dostonlarning xususiyatlari yoritilgan. Matnazar Abdulhakim ijodidagi zamonaviy dostonlarning poetik, falsafiy va uslubiy jihatlari ham ilmiy asosda tahlil qilingan.

Nazokat Sharipbayeva

139-143

2025-10-29

POETIK TAFAKKURGA XOS KONSEPTLARNING VERBALLASHUVI

Ushbu maqolada poetik tafakkurga xos bo‘lgan tushunchalar va konseptlarning verballashuvi masalasi Muhammad Yusuf va Shavkat Rahmon ijodi misolida yoritilgan.

Iroda Ibragimova

56-60

2024-10-14

GULJAMOL ASQAROVA SHE’RIYATIDA ANTISEMIYA

Ushbu maqolada zamonaviy she’riyatning yorqin namoyondalaridan biri Guljamol Asqarova ijodida antisemiya hodisasining badiiy nazariy talqini tahlil qilinadi. Shoiraning poetik matnlarida uchraydigan bir leksemaning bir nechta, o‘zaro zid yoki qarama-qarshi semantik qatlarini ifodalashi kontekstual emotsional va pragmatik omillar bilan bog‘liq holda yoritiladi. Antisemiya hodisasining obrazlilikni kuchaytirishdagi roli hamda poetik nutqning estitik ta’sirini oshirishdagi ahamiyati misollar orqali ochib beriladi. G. Asqarova she’riyatida antisemiya ruhiy kechinmalar, ichki ziddiyatlar ijtimoiy-falsafiy qarashlarning badiiy ifodasi sifatida namoyon bo‘lishi ilmiy asosda tahlil etiladi.

Shahzoda Isoqulova

31-32

2026-01-09

FAXRIYOR SHE’RIYATIDA FOLKLORIZM

Mazkur maqolada o‘zbek zamonaviy she’riyatining yorqin namoyandalaridan biri — Faxriyor Nizomiddinov ijodida xalq og‘zaki ijodi — folklor elementlarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Shoirning poetik olamida folklor nafaqat estetik-bezakbop vosita, balki g‘oya va mazmunni shakllantiruvchi asosiy badiiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Faxriyor she’rlarida xalqona ohang, mifologik obrazlar, maqol va matallar, afsona va qo‘shiqparchalarga xos unsurlar muhim o‘rin egallaydi. Shoir folklor obrazlarini zamonaviy his-tuyg‘ular bilan uyg‘unlashtirib, xalq ruhiyatiga xos badiiy timsollar orqali o‘z poetik dunyoqarashini ifoda etadi. Ushbu maqolada Faxriyor ijodidagi folklor motivlarining badiiy funksiyasi, ularning poetik mazmundagi tutgan o‘rni va estetik ifodasi tahlil etiladi..

Muxlisa Ahmatova

85-87

2025-06-16

OMON MATJONNING “KO‘ZLARINGNI YASHIRGIN MENDAN” SHE’RI ASOSIDA POETIK TAHLIL

Ushbu maqolada, Omon Matjonning “Ko‘zlaringni yashirgin mendan” she’rida ruhiy iztirob va ichki izhorni o‘rganadi. She’rda shoirning sevgi va umidsizlik hissiyotlari, tasvirlari, o‘zining ichki kurashlari, tahlil yordamida she’rning poetik uslubi, obrazlar va ramzlar orqali ifodalangan hodisalar ko‘rib chiqiladi.

Rayhonoy Doniyeva

67-69

2025-05-31

ALEXANDER FAYNBERG SHE’RIYATIDA TABIAT VA SHAHAR MANZARALARINING BADIIY SINTEZI

Ushbu maqolada mashhur shoir Alexander Faynberg she’riyatida tabiat va shahar manzaralarining badiiy uyg‘unligi tahlil qilinadi. Shoir lirikasida tabiat tasvirlari hamda shahar hayotiga xos manzaralar o‘zaro uyg‘unlashib, inson ruhiyati va zamonaviy hayot ritmini ifodalovchi poetik obrazlar tizimini yaratadi. Maqolada Faynberg ijodida tabiatning estetik va falsafiy mazmuni, shahar muhitining badiiy talqini hamda ularning poetik sintezi orqali yaratilgan badiiy tasvirlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida shoir lirikasida tabiat va urbanistik manzaralar inson ruhiyati, zamonaviy jamiyat va estetik tafakkur bilan chambarchas bog‘liq holda aks etishi ko‘rsatib beriladi

Jasmina Abdishukurova

29-30

2026-03-10

ERKIN A‘ZAMNING SHE‘RLARINING BADIIY POETIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Erkin A’zam she’riyati badiiy-estetik jihatdan tahlil qilinadi. Shoir ijodida lirizm, falsafiy mushohada, inson va jamiyat munosabatlari, shaxsiy kechinmalar hamda davr ruhi ifodasi masalalari ilmiy-nazariy asosda yoritiladi. Tadqiqotda Erkin A’zam she’rlarining mavzu doirasi, poetik obrazlar tizimi, badiiy til va uslub xususiyatlari aniqlanib, ularning zamonaviy adabiy jarayondagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Maqolada adabiyotshunoslik tahlili, qiyosiy yondashuv va matnshunoslik metodlaridan foydalanilgan.

Ruxshona Xalilova, L.I. Usarova

26-27

2025-12-16

HALIMA XUDOYBERDIYEVA IJODINING O‘RGANILISHI

Mazkur maqola Halima Xudoyberdiyevaning lirik merosi, ayollik timsollari va milliy g‘oyalarining poetik talqini tahlil etiladi. Asosiy e’tibor “Ilk muhabbat”dan boshlab keyingi to‘plamlaridagi poetik tafakkurga qaratilgan.

Bobur Nusratov

4-8

2025-06-25

SIRLI, SEHRLI QALAM SOHIBI

Dunyo xalqlari adabiyotida shakliy-uslubiy va ijodiy izlanishlar   boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar mohiyatini yoritish, ilgʻor adabiy an’analarni oʻzlashtirishga intilish poetik talqin taraqqiyoti omili sifatida baholanadi. Badiiy tafakkurdagi yangilanishlar va badiiy mahoratni yaxlit muammo sifatida tekshirish, uzluksiz jarayonda poetik an’ana hamda tajriba bir-biriga oʻtib turishini belgilashga hamisha jiddiy e’tibor qaratilgan.

Ra’no Ibragimova

455-460

2022-12-29

HAYRATIY POETIKASIDA AN’ANA VA YANGILANISHNING POETIK TALQINI

Maqolada shoir Umrzoq Hayratiy poetikasida an’ana va yangilanishning o‘zaro uyg‘unligi poetik jihatdan tahlil qilinadi. Shoir ijodida presedent nomlar, metafora, ramz, takror va qofiyalarning qo‘llanishi orqali milliy adabiyot an’analari davom ettirilishi hamda yangi badiiy izlanishlar amalga oshirilgani yoritilgan. Tadqiqotda Hayratiy she’riyatida milliylik va umuminsoniylikning o‘zaro aloqasi hamda poetik birliklarning badiiy-estetik vazifasi ilmiy asoslangan.

Manzura Abdullayeva

15-19

2025-10-21

“OTA” ROMANINING POETIK XUSUSIYATI

Ushbu maqolada Ulug‘bek Hamdam “ota” romani poetik ijodini belgilovchi mohiyatiga chuqur kirib borishi, uning yozish uslubining nozik jihatlari va romanidagi mavzu teranligi haida fikr yuritilgan.

Dilnoza Bahriddinova

101-103

2024-01-30

“UZUKLAR HUKMDORI”NING LINGVISTIK POETIK XUSUSIYATLARI

Adabiy asarlarni kinoga moslashtirish kino ijodkorlari uchun asl asarning lingvistik poetik xususiyatlarini saqlab qolishda qiyinchilik tug‘diradi. J.R.R Tolkienning "Uzuklar hukmdori" trilogiyasi asarni kino muhitiga moslashtirishda lingvistik she'riy xususiyatlarni saqlab qolish muhimligi haqida ajoyib misol keltiradi. Ushbu maqolada "Uzuklar hukmdori" ning lingvistik poetik xususiyatlari va ular filmga moslashtirilganda qanday saqlanib qolganligi o'rganiladi.

Rustam Umrzoqov , Hojiakbar Toxirov

74-77

2023-05-16

POETIK ONOMASTIKA VA POETONIM TERMINI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR

В настоящее время в современной лингвистике одним из приоритетных направлений анализа художественного текста является поэтическая ономастика – анализ поэтонимов, и она изучается в связи с литературоведением, стилистикой, поэзией, семиотикой, лингвистикой и другими науками ономастики. При лингвопоэтическом анализе художественного текста к анализу привлекаются единицы, которые служили определенной цели писателя. С этой точки зрения не все средства в художественном тексте выполняют поэтическую функцию.

Yulduz Tursunova

141-147

2024-09-16

SIDQIY XONDAYLIQIY LIRIKASI

Mazkur tezisda XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Sidqiy Xondayliqiy (1884–1934) lirik merosining badiiy xususiyatlari, mavzu doirasi va poetik tamoyillari tahlil qilinadi. Uning ishqiy lirikasidagi insoniy tuyg‘ular talqini, hajviy va ijtimoiy ruhdagi she’rlari, shuningdek, tarjimonlik faoliyatining o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissalari tadqiq etiladi. Maqolada shoirning poetik mahorati, tarixiy adabiy jarayon bilan bog‘liqligi va adabiyotdagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan.

Mahbuba Tursunova

121-124

2025-10-31

ZAMONAVIY O‘ZBEK SHE’RIYATIDA SHE’RIY SAN’ATLARNING QO‘LLANILISHI (NODIRA OFOQ IJODI MISOLIDA)

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining yorqin vakillaridan biri Nodira Ofoq ijodiga tayanib, she’riy san’atlarning zamonaviy poetik matndagi o‘rni tahlil qilingan. Xususan, shoiraning obrazli fikrlash qobiliyati, badiiy tasvir vositalaridan — metafora, tazod, personifikatsiya va boshqa san’atlardan foydalanish mahorati chuqur tahlil etilgan. Nodira Ofoqning poetik dunyoqarashi, ayolona ruhiy kechinmalari, falsafiy mazmun va estetik shakl uyg‘unligidagi tajribalari orqali zamonaviy she’riyatda badiiy san’atlarning qanday yangi bosqichga chiqqani yoritiladi.

Mahliyo Kamolova

85-87

2025-06-23

“YOLG‘ONCHI FARISHTALAR” VA UNING POETIK XUSUSIYATLARI.

Mazkur tezisda Aziz Nesinning “Yolg‘onchi farishtalar” hikoyasi tahlil qilinib, undagi poetik xususiyatlar, yozuvchining kinoyaviy va satirik uslubi yoritilgan. Asarda inson tabiatidagi ikkiyuzlamachilik, soxta “ezgulik” va ijtimoiy illatlar hajv orqali ochib berilgani ilmiy asosda tahlil etilgan.

Gulhayo Egamberdiyeva

117-119

2025-10-17

1 - 25 of 168 items 1 2 3 4 5 6 7 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy