Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

NEYRON TARMOQLARINI FAOLLASHTIRISH FUNKSIYALARINI AMALGA OSHIRADIGAN MANTIQIY AVTOMATLAR

So‘nggi yillarda sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish texnologiyalari jadal rivojlanmoqda. Ularning asosiy elementi bo‘lgan sun’iy neyron tarmoqlar (SNT) inson miyasi faoliyatidan ilhomlanib yaratilgan matematik modellar majmuasidir. Neyron tarmoqlarning asosiy maqsadi — murakkab ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni o‘rganish va natijani aniqlik bilan bashoratlashdir. Ushbu jarayonning muhim bosqichlaridan biri — faollashtirish funksiyasi (activation function) bo‘lib, u kirish signallariga qarab neyronning chiqishini aniqlaydi. Shu sababli, faollashtirish funksiyalarini amalga oshiradigan mantiqiy avtomatlar neyron tarmoqlarning asosiy hisoblash yadrosi sifatida katta ahamiyat kasb etadi.

Azamatjon Mardayev

63-65

2025-10-14

MATEMATIK MANTIQ FUNKSIYALARINI MINIMALLASHTIRISH MUAMMOSI

Ushbu ishda matematik mantiq funksiyalarini minimallashtirish muammosi yoritiladi. Minimallashtirish jarayoni mantiqiy funksiyalarni eng sodda, resurslarni kam talab qiladigan va samaradorligi yuqori bo‘lgan ko‘rinishga keltirishga qaratilgan. Bu jarayon raqamli sxemalar, kompyuter arxitekturasi, dasturlash, avtomatika va boshqaruv tizimlarida muhim o‘rin tutadi. Funksiyani minimallashtirish orqali sxema elementlari soni qisqaradi, ishlash tezligi oshadi va energiya sarfi kamayadi. Minimallashtirishning asosiy yondashuvlariga algebraik usul, Karnaugh xaritasi (K–map), Veitch diagrammalari hamda Kvayn–MakKlasus algoritmi kiradi. Ushbu usullar orqali murakkab mantiqiy ifodalar eng sodda normal shakllarga – DNF yoki KNF ko‘rinishiga keltiriladi. Ishda minimallashtirish jarayonining mohiyati, amaliy qo‘llanilishi, afzalliklari va natijaviy samaradorligi keng yoritilgan.

Ziyovuddin Turayev , Farangiz Yormatova

53-57

2025-11-26

YOSH O‘QUVCHILARNING TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA NEYROTEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Maqolada yosh o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda neyrotexnologiyalarning roli va samaradorligi tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida neyrotexnologiyalar miyaning kognitiv funksiyalarini rivojlantirish, xotira va diqqatni mustahkamlash, ijodiy tafakkurni shakllantirish hamda o‘quvchilarning individual o‘zlashtirish xususiyatlarini aniqlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, neyrofeedback, sun’iy intellekt asosida adaptiv o‘qitish, interaktiv o‘quv muhitlari va virtual haqiqat texnologiyalari yosh o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirishga yordam berishi aniqlangan. Shuningdek, maqolada neyrotexnologiyalar yordamida shaxsiylashtirilgan o‘quv strategiyalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish imkoniyatlari yoritiladi.

Mardona Bekchanova

65-70

2025-01-31

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA KUTUBXONALARNING RAQAMLI MUHITGA MOSLASHUV MODELI

Mazkur tadqiqot axborotlashgan jamiyat sharoitida kutubxonalarning raqamli muhitga moslashuv jarayonlarini kompleks ilmiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi zamonaviy kutubxonalarning an’anaviy faoliyatdan raqamli xizmatlar tizimiga o‘tish mexanizmlarini aniqlash hamda ularning barqaror va samarali moslashuv modelini ishlab chiqishdan iborat. Taklif etilayotgan model kutubxonalarning axborot-resurs markazi sifatidagi asosiy funksiyalarini saqlagan holda, foydalanuvchilarning o‘zgarib borayotgan axborot ehtiyojlariga moslashuvini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Tadqiqotda tizimli yondashuv, qiyosiy-tahliliy metod, ilmiy manbalarni kontent-tahlil qilish hamda xorijiy va milliy kutubxonalar faoliyatining ilg‘or tajribalarini o‘rganish metodlaridan foydalanildi.

Gulnoza Xuddiyev

7-12

2026-02-09

MAJBURIYATLARNI BAJARISHDAGI KECHIKTIRISH UCHUN JAVOBGARLIK CHORALARINI FUQAROLIK QONUNCHILIGIDA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligida majburiyatlar ijrosini kechiktirganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari (neustoyka, foizlar, zararlar) tahlil qilinadi. Amaldagi qonunchilik normalari va sud amaliyotida uchraydigan muammolar, xususan, neustoyka miqdorining nomutanosibligi, yetkazilgan zararni isbotlashdagi qiyinchiliklar hamda yengib bo‘lmas kuch holatlarining talqinidagi noaniqliklar ko‘rib chiqiladi. Maqolada javobgarlik mexanizmlarini takomillashtirish, jumladan, javobgarlik choralarini hisoblash usullarini aniqlashtirish, zarar qoplash tartibini soddalashtirish va javobgarlikning kompensatsion hamda rag‘batlantiruvchi funksiyalarini muvozanatlash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ilgari suriladi.

Ellada Sarsenbaeva

12-16

2025-04-18

ENDOKRINOLOGIYA FANI, UNING KELIB CHIQISH TARIXI VA RIVOJLANISHI

Endokrinologiya (endo va yun. kopet — ajratish va…logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi, rivojlanishi va funksiyalarini, ular ishlab chiqaradigan gormonlar hamda ularga aloqador kasalliklarni oʻrganadi.

Dildora Xudoyberdiyeva

4-6

2022-12-06

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TUSHUNCHASI, MAZMUN-MOHIYATI

mazkur maqolada davlat fuqarolik xizmatining siyosiy imijini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilingan. Adolatli jamiyat asoslarini yaratish, hokimiyatni boshqarish va uning funksiyalarini bo‘lib amalga oshirishga qaratilgan dastlabki g‘oyalar, davlat fuqarolik xizmati tushunchasi, mazmun-mohiyati, davlat boshqaruvidagi o‘rni kabi masalalar o‘rganilgan.

Navruz Bekmurodov

553-556

2024-11-29

BA'ZI BIR XUSUSIY INTEGRAL OPERATORLARNING XOS QIYMATLARI VA XOS FUNKSIYALARINI TOPISH HAQIDA

Mazkur maqolada integral operatorlar nazariyasining muhim masalalaridan biri — xos qiymatlar va xos funksiyalarni aniqlash muammosi ko‘rib chiqiladi. Xususan, Fredgolm va Volterra tipidagi ayrim xususiy integral operatorlar uchun xos qiymatlar spektri va ularga mos xos funksiyalarni topish usullari bayon etiladi. Natijalar funksional analiz va matematik fizika masalalarida qo‘llanishi bilan ahamiyatlidir.

Sarvinoz Choriyeva

37-39

2026-02-05

MAQSUD SHAYXZODA SHE’RLARIDA UCHRAYDIGAN TURLI BADIIY USLUBLAR

Ushbu maqolada Maqsud Shayxzoda she’rlarida uchraydigan   turli badiiy uslublar va yo‘nalishlardagi asarlarda sinonimlarning qo‘llanilishi va ularning obraz yaratishdagi funksiyalarini taqqoslash xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. M.Shayxzoda she’rlarida uchraydigan sinonim ishlatilishining badiiy jihatlari xususida ayrim  mulohazalar bildirilgan.

Feruza Maxanova

54-57

2025-04-15

O’SMIRLAR HUQUQBUZARLIGINING OLDINI OLISHDA IJTIMOIY ISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI, PRINSPLARI

Ijtimoiy fanlar jinoyatga jamiyat uchun halokatli ijtimoiy hodisa sifatida qaraydi. Bu deviant xulq-atvorning nisbatan barqaror keng tarqalgan, ijtimoiy xavflilik darajasiga yetgan shaklidir.

R.S. Nazarova

600-605

2022-10-17

TRANSPORT LOGISTIKA TIZIMINING IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI

Maqolada zamonaviy korxonalarda logistika tizimining roli, transport logistikasining samaradorligini oshirish usullari va ishlab chiqarish hamda transport kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari tahlil qilinadi. Logistika menejmenti korxonalarning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil ekanligi, transport jarayonlarini rejalashtirish va mijozlarga qo‘shimcha xizmatlar taqdim etish orqali daromadni oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, logistika funksiyalarini transport firmalariga o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan nazorat xavfi va axborot texnologiyalari orqali bu muammolarni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi.

Dildora Abdinabiyeva , Jasurbek Kurbanov

149-152

2025-09-29

TIZIMLI BLOK VA UNING TARKIBIY ELEMENTLARI: PROTSESSOR, SOPROTSESSOR, XOTIRA

Ushbadagi tizimli blokning jamlanma jarayoni — protsessor, soprotsessor va xotira — haqida ma’lumot beriladi. Tizimli blok kompyuter arxitekturasining markaziy qismi bo‘lib, u turli xil komponentlar o‘rtasida ma’lumot yordamini ta’minlash. Protsessor, ma’lumotlarni qayta ishlash va harakatda asosiy rol o‘ynaydi, soprotsessor esa qo‘shimcha mahsulotlarni taqdim etib, tezlikni qayta ishlash. Xotira esa, dasturlar va ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlashda muhim korxona ega. Maqola, har bir elementning funksiyalarini, o‘zaro bog‘liqligini va tizimning umumiy ishlashini qanday tuzatishini ko‘rib chiqadi. Ush tadqiqot, zamonaviy kompyuter arxitekturasining ijobiy natijalari

Aziza Azimova , Malika Nurullayaeva, Muxiba Yaxiyaxonova

51-54

2025-01-13

BUL FUNKSIYALARI. ULARNING BERILISH USULLARI. BUL FUNKSIYALARI SONI

Ushbu tezis bul funksiyalari mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, diskret matematika va informatikaning muhim nazariy asoslaridan birini yoritadi. Bul funksiyasining ta’rifi, uning mantiqiy o‘zgaruvchilar bilan bog‘liqligi hamda faqat ikkilik qiymatlar — 0 va 1 orqali ifodalanishi batafsil tushuntirilgan. Bul funksiyalarini berishning asosiy usullari, jumladan haqiqat jadvali, shuningdek Karnaugh xaritalari yordamida ifodalash usullari ko‘rib chiqilgan.Bundan tashqari, n ta o‘zgaruvchili Bul funksiyalarining umumiy sonini aniqlash masalasi yoritilib, ularning soni formula orqali aniqlanishi asoslab berilgan. Tezisda Bul funksiyalarining raqamli texnika, mantiqiy sxemalar, avtomatika va axborot texnologiyalaridagi amaliy qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Diyoraxon Abduraxmonova, Naziraxon Orifova

68-71

2026-01-12

SUN’IY INTELLEKT VA BIOTEXNOLOGIK TARAQQIYOTNING ONTOLOGIK VA GNOSEOLOGIK ASOSLARI: INTEGRATSIYAVIY TAHLIL

Ushbu maqolada zamonaviy tеxnologik taraqqiyotning еng ilg‘or ikki yo‘nalishi — sun’iy intеllеkt va biotеxnologiyaning falsafiy asoslari chuqur tahlil qilinadi. Xususan, bu sohalarning borliq (ontologiya) va bilish jarayoni (gnosеologiya) bilan bog‘liq jihatlari muhokama еtiladi. Sun’iy intеllеkt inson aqli va tafakkuriga tobora yaqinlashib, uning ba’zi funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarayotgani tufayli, biz "inson kim?", "aqlli bo‘lish nima?", "bilim qanday shakllanadi?" kabi muhim savollarni yangicha nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqishga majburmiz. Shu bilan birga, biotеxnologiyalar — ayniqsa gеn muhandisligi, klonlash, nеyrobiologik intеrfеyslar — tiriklik tabiatiga bеvosita aralashishga imkon bеrmoqda. Bu еsa nafaqat ilmiy, balki axloqiy va falsafiy masalalarni ham yuzaga kеltiradi. Maqolada sun’iy va tabiiy tizimlar o‘rtasidagi intеgratsiya, ularning o‘zaro bog‘liqligi va chеgaralari qanday o‘zgarayotgani haqida mulohaza yuritiladi. Shuningdеk, inson va tеxnologiya o‘rtasidagi yangi munosabatlar, ilmiy bilish jarayonining yangi bosqichga o‘tishi, axborot va ong o‘rtasidagi bog‘liqlik falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Ushbu intеgratsiyaviy yondashuv orqali biz zamonaviy tеxnologiyalar ortida qanday chuqur ontologik va gnosеologik asoslar yotganini anglab olishga harakat qilamiz

Shukurullo Muhammadjonov

89-92

2025-04-11

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUDJET TIZIMINING MOHIYATI VA UNDAGI MOLIYAVIY OQIMLARNING IQTISODIY AHAMIYATI.

Davlat budjeti davlatning konstitutsiya va qonunlarda aks etgan jamiyatdagi funksiya
va vazifalarini ta’minlash maqsadida shakllantiriladigan markazlashtirilgan pul fondidir.
Davlat bor ekan, uning funksiya va vazifalari mavjud bo’ladi, davlatning funksiyalarini
ta’minlash esa o’z navbatida moliyaviy mablag’larga obyektiv zaruratni keltirib chiqaradi.
Birgina O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida “bepul umumiy ta’lim
davlat tomonidan kafolatlanadi”1 va “umumiy o’rta ta’lim majburiyligi” jumlasi davlatga
barcha fuqarolarga maktablarda 11 yillik bepul umumiy ta’lim berish majburiyatini yuklaydi

Aziz Safarov

19-21

2023-04-12

INTERTEXTAL PROPERTIES AND EXPRESSIVE FUNCTIONS OF PHRASES IN ENGLISH AND UZBEKISTAN STORIES

This article provides an in-depth analysis of phraseological units — phrasemes — in English and Uzbek fiction stories in terms of intertextual connections and expressive demonstrative functions. Phrasemes enrich literary speech through their interrelationships, historical-cultural references, and ironic effects. Approaches to the issues of adequacy and the complexities that arise when trying to preserve their functions in translation are presented.

Anvar Ismailov , Nafisa Kubayeva

56-59

2025-08-27

DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI VA XIZMATCHILARI

Davlat boshqaruvi — bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalarda o'zining maqsadlari va funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etilgan tizimdir. Davlat boshqaruvi jarayonini amalga oshirishda asosiy o‘rinda davlat boshqaruv organlari va xizmatchilari turadi. Ushbu maqolada davlat boshqaruv organlari va xizmatchilarining roli, ahamiyati va ularning o‘zaro aloqalari haqida so‘z yuritamiz.

F. Qarshiboyev, Musojon Ikromov

17-22

2025-01-08

O‘ZBEK BAXSHICHILIK SAN’ATINING TARIXIY TARAQQIYOTI VA AN’ANAVIY IJROCHILIK MAKTABLARINING SHAKLLANISH OMILLARI

Ushbu maqolada o‘zbek baxshichilik san’atining tarixiy genezisi, uning taraqqiyot bosqichlari hamda an’anaviy ijrochilik maktablarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar kompleks ilmiy tahlil qilinadi. Maqolada baxshichilikning etnomadaniy ildizlari, epik tafakkur rivoji, ustoz–shogird tizimining institutsional ahamiyati, shuningdek, hududiy ijrochilik maktablarining poetik-musiqiy xususiyatlari zamonaviy folklorshunoslik yondashuvlari asosida o‘rganiladi.  Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm baxshichilik maktablari misolida epik ijroning ohang tizimi, intonatsion struktura, doston aytish texnikasi va improvizatsion unsurlar qiyosiy-tipologik tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek baxshichilik an’anasining madaniy-ijtimoiy funksiyalarini aniqlash, milliy epik merosning zamonaviy ta’lim tizimiga tatbiq etilish imkoniyatlarini belgilash hamda an’anaviy ijrochilik maktablarining ilmiy-nazariy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Asliddin Norqobilov

110-113

2025-12-15

TCP/IP PROTOKOLLAR STEKI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

The TCP / IP protocol stack is a basic set of protocols used in computer networks to transmit and receive data. It is based on a four-level model that effectively manages data exchange over the network. While TCP (Transmission Control Protocol) provides reliable transmission, IP (Internet Protocol) performs routing and addressing functions. The TCP / IP stack is the main infrastructure of the internet and Local Area Networks.

Farrux Qodirov , Baxtiniso Boqiyeva , Sevinch Negmatova

128-132

2025-03-25

SOBOLEV FAZOSIDA OPTIMAL KVADRATUR FORMULALAR QURISH

Ushbu maqolada  bugungi kunda, kubatur, kvadratur formulalarni qurish va ularni tatbiq etish bo‘yicha bir qator, jumladan: differensiallanuvchi funksiyalarning gilbert fazolarida kvadratur, kubatur formulalarning xatolik funksionallari ekstremal funksiyalarini topish; topilgan ekstremal funksiyalar yordamida mos formulalar xatolik funksionallari normalarini hisoblash; optimal kvadratur, kubatur formulalar mavjudlik va yagonalik shartlarini topish; optimal kubatur formulalar qurishning diskret operatorlarga asoslangan yangi algoritmlarini ishlab chiqish hamda optimal koeffitsiyentlarning oshkor ko‘rinishini topish kabi ustuvor yo‘nalish.  

Nurmatov Zohidjon, Abdulla Aliqulov

188-196

2023-05-20

BOSHQARUV KOMPETENTLIGI TUSHUNCHASINING MAZMUNI

Ma’lumki, harbiy xizmatchilarining boshqaruv faoliyatida yuqori natijalarga erishishi, boshqaruv funksiyalarini bajarish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish samaradorligi ularning yuqori darajadagi professionalligi va malakaga ega ekanligi bilan belgilanadi. Mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmatiga qo‘yiladigan ushbu talab qonun bilan mustahkamlangan. Biroq, shuni inobatga olish kerakki, “normativ-huquqiy asos” tushunchasi yuridik fanning aniq belgilangan sub’yekt faoliyati sohalaridagi termin va kategoriyalarda shakllanadi hamda ijro etuvchi hokimiyatni tuzish tartibi va tamoyillarini, alohida davlat vakolatlarini taqsimlashni belgilaydi.

Ravshan Ashurov

120-122

2025-08-22

IJTIMOIY ISHDA OILA PORTRETINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada ijtimoiy ishda oila portretining ahamiyati o‘rganilgan bo‘lib, oila portreti oila tizimining ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy va madaniy jihatlarini tahlil qilish orqali oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, roli va funksiyalarini aniqlashga yordam berishi, oila portreti nafaqat oila ichidagi muammolarni aniqlash va ularga samarali yordam ko‘rsatish uchun, balki oilaviy xizmatlar tizimini takomillashtirishda ham muhim vosita ekanligi haqida fikr yuritilgan.  

Marjona Adizova

138-140

2024-12-31

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA MAQOLLARNING O‘RGANILISHI

Maqolada o‘zbek tilshunosligida maqollarning o‘rganilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Unda maqollarning lingvistik, pragmatik, stilistik, lingvopoetik, badiiy-estetik, lingvokulturologik va aksiolingvistik xususiyatlarini tadqiq etgan olimlar ishlari umumlashtiriladi. Xususan, maqollarning idioma, ibora va matallardan farqlanishi, ularning semantik mohiyati, obrazlilik darajasi va kommunikativ vazifalari kabi masalalar batafsil yoritiladi. Tadqiqot natijalari asosida maqollar tilning semantik va madaniy qatlamlarini aks ettiruvchi muhim paremik birlik sifatida tavsiflanadi. Maqollarning milliy mentalitet, madaniy tajriba va xalq dunyoqarashini ifodalovchi lingvomadaniy birliklar sifatidagi o‘rni ko‘rsatiladi. Shuningdek, barqaror birikmalarni kognitiv aspektda o‘rganishning dolzarbligi asoslanib, ularning konseptual asoslari, mental jarayonlar bilan bog‘liqligi va nutq jarayonidagi kognitiv funksiyalarini dastlabki ilmiy vazifa sifatida belgilash taklif etiladi. Maqola o‘zbek tilidagi barqaror birikmalarni zamonaviy lingvistika, xususan kognitiv lingvistika nuqtayi nazaridan yanada chuqur o‘rganishga ilmiy asos yaratadi.

Sohiba Babanazarova

123-126

2025-12-11

INFOGRAFIKA YARATISH DASTURLARI VA ONLAYN SERVERLAR BILAN ISHLASH

Ushbu maqolada infografika yaratish dasturlari va onlayn serverlar bilan ishlashning asosiy va bir qancha masalalari ko‘rib chiqiladi. Infografika vizual ma’lumot yetkazish vositasi hisoblanadi u ma’lumotlarni grafik shaklda ifodalash orqali oson tushunilishini ta’minlaydi. Hozirgi kunda Visme, Canva,Piktochart, Infogram  dasturlar infografika yaratishda keng qo‘llaniladi.Onlayn serverlar bilan ishlash mavzusi ham muhim ahamiyatga egaligini bilamiz. Bulutli texnologiyalar asosida Google Drive, Dropbox, OneDrive, AWS, Google Cloud kabi xizmatlar ma’lumotlarni saqlash va ulashish imkonini beradi. Ushbu texnologiyalar axborotni xavfsiz saqlash va jamoaviy ishlash samaradorligini oshirishga yordam beradi.Ushbu ishda infografika yaratish va onlayn serverlardan foydalanish imkoniyatlari, ularning afzalliklari va asosiy funksiyalarini yoritib beramiz.

Farangiz Yormatova

19-24

2025-03-24

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARINI ZAMONAVIY YONDOSHUVLAR ASOSIDA BOSHQARISH

Taʼlim tizimining rivojlanishini tizimli boshqarish taʼlim muassasalarining meʼyoriy funksiyalarini bajarish bilan alohida innovatsion loyihalarni birlashtiruvchi yagona maqsadga qaratilgan dasturlar doirasida pedagogik jamoa aʼzolarini birlashtirishga yoʻnaltiriladi.

F.H. Gʻafforov

81-83

2024-01-23

1 - 25 of 33 items 1 2 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy