SOLIQ QARZINI UNDIRISH VA HISOBLASHDA XALQARO TAJRIBANI AMALDA QO‘LLASH
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu maqolada soliq qarzlarini hisoblash va undirish jarayonida xalqaro tajribani o‘rganish hamda uni O‘zbekiston soliq tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida soliq hisob-kitoblarini avtomatlashtirish, foiz va jarimalarni raqamli platformalar orqali hisoblash, shuningdek, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar tahlilidan foydalanish kabi ilg‘or yondashuvlar samaradorlikni oshirayotgani ta’kidlanadi. Shuningdek, soliq qarzini undirishda majburiy ijro choralarini qo‘llash, restrukturizatsiya qilish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatlarini yaratish xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan usullar sifatida ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston soliq tizimi misolida raqamlashtirish jarayonlari, qonunchilikni takomillashtirish, soliq to‘lovchilar uchun qulayliklarni kengaytirish, shaffoflikni ta’minlash va xalqaro standartlarga mos mexanizmlarni joriy etish borasidagi chora-tadbirlar yoritiladi. Maqola yakunida xalqaro tajribaga asoslangan holda O‘zbekiston soliq tizimini yanada modernizatsiya qilish bo‘yicha xulosalar va amaliy tavsiyalar ilgari suriladi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2024. – 712 b.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi. Rasmiy veb-sayt. – URL: https://soliq.uz
OECD. Tax Administration 2022: Comparative Information on OECD and other Advanced and Emerging Economies. – Paris: OECD Publishing, 2022. – 280 p.
Yusupov, A. A. Soliq huquqi: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2023. – 356 b.

