Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.
Опубликован: 2025-05-27
Статьи
QISHLOQ XO‘JALIGIDA HOSILDORLIKNI BASHORAT QILISHDA REGRESSIYA MODELLARINING MATEMATIK TAHLILI
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligida hosildorlik ko‘rsatkichlarini oldindan baholashda matematik regressiya modellarining o‘rni, ularni tuzish usullari va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Ayniqsa, chiziqli va chiziqsiz regressiya modellarining matematik asoslari va statistik xulosalar chiqarishdagi ahamiyati misollar orqali yoritilgan. Grafik ko‘rinishlar orqali modelning vizual bahosi ham ko‘rsatiladi.
2025-05-27
IKKINCHI TARTIBLI AYIRMALI TENGLAMALAR UCHUN CHEGARAVIY MASALALAR
Mazkur maqolada ikkinchi tartibli ayirmali tenglamalar asosida tuzilgan chegaraviy masalalarni yechish usullari tahlil qilinadi. Ayirmali tenglamalar differensial tenglamalarning sonli analogi bo‘lib, ularni yechishda cheklangan oraliqda funktsiyalarning qiymatlarini aniqlash mumkin. Chegaraviy masalalar bu tenglamalarning amaliy qo‘llanilishi bo‘lib, ular fizikaviy, muhandislik va boshqa texnik sohalarda keng qo‘llaniladi. Maqolada ayirmali tenglamalar, ularning turlari, chegaraviy shartlar, sonli yechimlarni topish usullari va algoritmlari bayon etiladi.
2025-05-27
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA TUSHUNCHASI, MOHIYATI VA KICHIK KORXONALAR FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqola raqamli transformatsiya tushunchasining zamonaviy ta'rifini, uning asosiy xususiyatlarini va kichik korxonalar faoliyatidagi o'rnini tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqot adabiyotlar tahlili metodidan foydalangan holda, raqamli transformatsiyaning kichik biznes rivojlanishidagi ahamiyatini ochib beradi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, raqamli transformatsiya kichik korxonalar uchun raqobatbardoshlik oshirish, mijozlar bilan munosabatlarni yaxshilash va biznes jarayonlarini optimallashtirishning muhim vositasi hisoblanadi. Biroq, kichik korxonalar raqamli transformatsiya jarayonida moliyaviy resurslar tanqisligi, kadrlar malakasi etishmovchiligi va texnologik murakkablik kabi qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
2025-05-27
XALQARO SUG`URTA BOZORI VA SUG`URTA OPERATSIYALARI
Mazkur tadqiqοt ishida sug‘urta tashkilοtlarining mοliyaviy resurslarini joylashtirish samaradorligini οshirish masalalarini o‘rganishda sug‘urta sohasini mοliya-kredit tizimining qismi sifatida o‘rganish, sug‘urta tashkilοtlarining mοliyaviy resurslari mοliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni, O‘zbekistonda milliy sug‘urta bozori joriy holatini tahlil qilish va risk menejment orqali sug‘urta tashkilοtlarining mοliyaviy resurslarini joylashtirish samaradorligini οshirish yo‘llari tadqiq qilingan. Tahlillar asosida tegishli xulosalar shakllantirilgan.
2025-05-27
TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI XIZMATLARNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Tijorat banklarida raqamli xizmatlarni joriy etish istiqbollari mavzusidagi tadqiqot tijorat banklari uchun raqamli texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy qilish, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash va banklarning umumiy samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘rganishga qaratilgan. Bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida banklar uchun raqamli xizmatlarni joriy etish nafaqat qulaylik, balki raqobatbardoshlikni ta’minlovchi muhim omil sifatida ham xizmat qiladi. Raqamli texnologiyalar banklar uchun yangi imkoniyatlar ochadi, mijozlarga qulayliklar yaratadi va operatsion xarajatlarni kamaytiradi. Tijorat banklari uchun raqamli xizmatlarni joriy etish orqali mijozlarga qulay, tezkor va xavfsiz xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.
2025-05-27
O`ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada falsafaning nazariy kontseptsiyalarida tadbirkorlik omilining ijtimoiy jihatlari tadqiq etilgan. Tadbirkorlikning ijtimoiy kontseptsiyalarini yoritishda eng avvalo, rivojlangan xorijiy ijtimoiy-falsafiy nazariyalarga tayanilgan bo‘lib, unda asosan tadbirkorlikning ijtimoiy jihatdan rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan faylasuf olimlarning ijtimoiy-falsafiy nazariyalariga e'tibor qaratib ular qiyosiy tahlil qilingan. Bu esa, falsafaning nazariy-metodologik kontseptsiyalarida tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy jihatlarini yoritilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-05-27
YASHIL IQTISODIYOT KONSEPSIYASI VA UNING SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI
Maqolada yashil iqtisodiyot konsepsiyasi va uning shakllanish xususiyatlari bilan bog‘liq jarayonlar tadqiq etilgan. Yashil iqtisodiyotni shakllantirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning kompleks rivojlanish tizimi asoslangan bo‘lib, mavjud shart-sharoit va imkoniyatlar ta’sirida yashil iqtisodiyotni amalga oshirish tizimini takomillashtirishga doirl ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.
2025-05-27
ALISHER NAVOIY “XAMSA”SIDAGI EGRILIK VA TO‘G‘RILIK TIMSOLLARI
Mazkur maqolada buyuk mutafakkir va shoirmiz Alisher Navoiy ijodining yuksak namunasi “Xamsa” to‘plami, xususan, uning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror”da ilgari surilgan axloqiy-falsafiy g‘oyalar, egrilik va to‘g‘rilik mohiyati tahlil qilinadi. Dostonning o‘ninchi maqolatidan o‘rin olgan timsollar parvona, nay, yo‘l va sham misollarida egrilik oqibatlari yoritilib, o‘quvchilarga pand-nasihat yo‘li bilan to‘g‘ri hayot yo‘lini tanlash muhimligi uqtiriladi
2025-05-27
ABDULLA ORIPOV IJODIDA UMUMINSONIY G‘OYALAR TASVIRI
Maqolada Abdulla Oripov ijodida ifodalangan umuminsoniy g‘oyalar, ularning badiiy talqini va poetik yondashuv xususiyatlari o‘rganiladi. Shoir asarlaridagi insonparvarlik, ezgulik, haqiqat, imon, ma’naviy barkamollik kabi tushunchalarning obrazlar va timsollar orqali qanday ifoda topgani tahlil qilinadi. Umuminsoniy g‘oyalar bilan milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhining mushtarakligi mualliflik pozitsiyasi asosida yoritiladi.
2025-05-27
O‘ZBEK SHEVALARIDAGI “IKKILAMCHI NOMINATSIYA” HODISASINING MADANIYAT VA QADRIYAT BILAN UYG‘UNLIGI
Bu maqolada o‘zbek shevalaridagi ikkilamchi nominatsiya hodisasining bir til hodisasi sifatida madaniyatga va milliy an’analarga aloqadorligi haqida ilmiy fikr-mulohazalar yuritilgan.
2025-05-27
ERKIN VOHIDOVNING “NIDO” DOSTONIDAGI OKKAZIONAL BIRLIKLAR
Mazkur maqolada Erkin Vohidov ijodining yorqin namunasiga aylangan “Nido” dostonidagi okkazional birliklar tahlil qilingan. Muallifning individual til yaratuvchilik xususiyatlari, poetik obrazlilik va leksik-semantik yangilik keltiruvchi vositalar asosida izohlangan. Okkazional birliklarning doston kontekstidagi ma’no darajalari ochib beriladi.
2025-05-29
BANKNING QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDAGI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH VA UNING YASHIL IQTISODIYOTGA XIZMAT QILUVCHI MOLIYAVIY INSTRUMENTLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Mazkur maqolada banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini takomillashtirish hamda yashil iqtisodiyotga xizmat qiluvchi moliyaviy instrumеntlar orqali ularni rivojlantirishning samarali yo‘llari o‘rganiladi. Bank sеktorining invеstitsion salohiyatini kuchaytirish, еkologik barqarorlikni ta’minlaydigan “yashil obligatsiyalar”, “barqaror rivojlanish invеstitsiyalari” kabi moliyaviy vositalarni joriy еtish orqali kapital bozorining yanada faollashuvi ko‘zda tutilgan. Shuningdеk, maqolada xalqaro tajribalar asosida O‘zbеkistonda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi va amaliy tavsiyalar bеriladi.
2025-05-29
KIBERXAVFSIZLIK SOHASIDA SUN’IY INTELLEKT (SI)NING AHAMIYATI
Mazkur maqolada hozirgi rivojlanib kelayotgan axborot olami va kiberxavfsizlik sohasida Sun’iy intellekt (SI) qay darajada ahamiyatga ega ekanligi undan foydakanish jaroyonida maxsus usullarning mavjudligi shuningdek avtomatlashtirilgan qarorlar qabul qilish doirasi qay darajada ekanligi haqida keltirib o’tilgan. Qo’shimcha qilib aytib o’tish joizki, zararli dasturlar larnianiqlash usullar va tarmoqda yuzaga kelayotgan noodatiy faoliyatlarni aniqlashda Sun’iy intellekt (SI)ning o’rni atroflicha o’rganilgan.
Sun’iy intellekt (SI), kiberxavfsizlik , DDoS hujumlar, tahdid razvedkasi, Evristik tahlil (Heuristic Analysis) , Sandobox tahlili, Yadroviy (kernel-level) monitoring, SIEM — Security Information and Event Management , Darktrace, Honeytoken usullari va boshqalar .
2025-05-29
IOT (INTERNET OF THINGS) NETWORKS AND THEIR ADVANTAGES
The Internet of Things (IOT) networks are transforming the way devices communicate and interact with each other, enabling smart environments that improve efficiency, convenience, and productivity. By connecting everyday objects to the internet, IOT networks allow for real-time data collection, analysis, and decision-making. These networks offer several advantages, including enhanced automation, cost savings, improved resource management, and increased operational efficiency. IOT applications span across various industries such as healthcare, manufacturing, agriculture, and transportation, creating opportunities for innovations like remote monitoring, predictive maintenance, and personalized services.
2025-05-29
NUTQNI TARJIMA QILISHDA LINGVISTIK NOMUTANOSIBLIK VA UNING KOMMUNIKATIV TA'SIRI
Nutqni tarjima qilishda lingvistik nomutanosiblik tushunchasi tarjimonning madaniy, tilshunoslik va kommunikativ farqlarni hisobga olmagan holda amalga oshirilgan tarjimalarida yuzaga keladi. Bu holat nutqning asl ma'nosi, ruhini yoki maqsadini to'liq etkazishga to'sqinlik qiladi. Lingvistik nomutanosiblik kommunikativ ta'sirni o'zgartirib, tomoshabin yoki tinglovchiga noto'g'ri yoki noaniq axborot yetkazilishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, tarjimon har bir tilning o'ziga xos xususiyatlarini va kontekstini yaxshi bilishi lozim.
2025-05-29
OPTIK TOLA ORQALI SIGNAL UZATISHDA DISPERSIYA VA YO‘QOTISHLARNI KAMAYTIRISH USULLARI
Mazkur ishda optik tola orqali signal uzatishda uchraydigan asosiy muammolar — dispersiya va yo‘qotishlar tahlil qilinadi. Dispersiyani kamaytirish uchun modulyatsiya usullarini optimallashtirish va maxsus tola turlaridan foydalanish taklif etiladi. Yo‘qotishlarni minimallashtirishda esa past attenuatsiyali materiallar va kuchaytiruvchi qurilmalar muhim rol o‘ynaydi. Ishda yangi turdagi fotonik kristalli tolalarning afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, signallarni qayta tiklash texnologiyalari bilan uzatish masofasini oshirish yo‘llari ko‘rsatiladi. Zamonaviy eksperimental natijalar bilan nazariy yechimlar solishtiriladi. Mazkur yondashuv zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari uchun dolzarb ahamiyatga ega.
2025-05-29
SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA INSON VA TABIAT MUNOSABATLARI
Shukur Xolmirzayev XX asr o‘zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan adib sifatida Jek London, E.S.Topson, E.Xeminguey kabi adiblar qatori tabiat tasvirini mahorat bilan tasvirlangani, yozuvchi uslubiga ko‘ra tadqiq etilgan. Maqolada Shukur Xolmirzayevning hikoyachilikdagi badiiy mahorati uning tabiat va inson munosabatlari aks etgan hikoyalari orqali tadqiq etilgan.
2025-05-29
ЖАЗОНИ ИЖРО ЭТИШ МУАССАСАЛАРИНИНГ ТАШКИЛОТЛАР БИЛАН ҲАМКОРЛИГИ ЙЎНАЛИШЛАРИ
Ушбу мақолада жазони ишро этиш муассасалари фаолиятида ташкилотлар билан хамкорлигини такомиллаштириш юзасидан фикр ва мулоҳазалар, бу борада амалга оширилаётган чора-тадбирлар, уларнинг ўзига хос хусусиятлари акс эттирилган.
2025-05-29
FUNKSIYANING LIMITI.MURAKKAB FUNKSIYA LIMITI
Ushbu maqolada funksiya limiti tushunchasi, uning matematik aniqlanishi hamda murakkab funksiya limiti bilan bog‘liq masalalar tahlil qilinadi. Shuningdek, limit mavjudligi shartlari va limitni hisoblash usullari haqida misollar orqali tushuncha beriladi.
2025-05-29
SPORTCHILARDA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNI SHAKLLANTIRISHDA XALQ HARAKATLI O‘YINLARNING ROLI
Ushbu maqola yosh sportchilarda psixologik tayyorgarlik – ishonch, stressga bardoshlilik, jamoaviylik kabi fazilatlarni rivojlantirishda xalq o‘yinlarining qanday rol o‘ynashini ilmiy asosda yoritadi.
2025-05-29
ICHKI ORGANLAR HAQIDAGI ILM-SPLANXNOLOGIYA.
Ushbu maqola ichki organlar haqidagi ilm-splanktonologiya sohasini o'rganishga bag'ishlangan. Ushbu soha inson organizmidagi ichki organlarning tuzilishi, funksiyalari va ularning bir-biriga ta'siri haqida bilimlarni o'z ichiga oladi. Maqolada ichki organlarning anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyasi ko'rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy tadqiqotlar va texnologiyalar yordamida ichki organlarni o'rganish jarayonlari ham yoritilgan. Mualliflar bu sohadagi ilmiy yutuqlarni baholash bilan birga, kelajakdagi istiqbollarni ham ko'rsatib o'tadi
2025-05-29
MAHTUMQULI PYRAGY IJODINING BADIIY-ESTETIK XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada XVIII asr turkman adabiyotining yetuk vakili Mahtumquli Pyragynyň badiiy merosi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Unda shoirning xalqona ifoda vositalari, vatanparvarlik, diniy-axloqiy va ijtimoiy g‘oyalarni badiiy mahorat bilan yoritgani yoritiladi. Pyragynyň she’riyati turkiy xalqlar madaniy merosining ajralmas qismidir. Maqolada shoir asarlaridagi poetik obrazlar tizimi, ularning estetik mazmuni va xalq ruhiyatiga yaqinligi ilmiy asoslangan holda ochib berilgan.
2025-05-30
NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARI ICHKI AUDITI: XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTON UCHUN TAKLIFLAR
Ushbu maqolada O‘zbekiston nodavlat oliy ta’lim muassasalarida ichki audit tizimini joriy etish va takomillashtirish zaruriyati asoslangan. Tadqiqot davomida AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Janubiy Koreya tajribalari tahlil qilinib, ularning moliyaviy nazorat, hisobdorlik, ichki nazorat standartlari va audit faoliyati tashkiloti borasidagi yondashuvlari qiyosiy baholandi. O‘zbekiston tajribasi bilan xalqaro ko‘rsatkichlar solishtirilib, NOTMlar ichki audit bo‘yicha tizimli muammolarga ega ekani aniqlangan. Xulosa sifatida milliy standartlarni ishlab chiqish, auditorlar malakasini oshirish va ichki auditni NOTMlar boshqaruvining ajralmas qismiga aylantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-05-30
ALISHER NAVOIY: HAYOTI VA IJODINING ILMIY-NAZARIY TAHLILI
Mazkur maqolada, Alisher Navoiy hayoti va ijodi "professorlik" yondashuvi asosida tahlil qilinadi: uning adabiy-estetik qarashlari, tilshunoslik merosi, ilmiy tafakkur madaniyati, pedagogik va falsafiy qarashlari ilmiy metodologiya asosida tahlil qilinadi.
2025-05-30
NAVOIY FARDLARI TAHLILI: TIL VA DIL UYG‘UNLIGINING AXLOQIY-FALSAFIY TALQINI
Ushbu maqolada, Alisher Navoiy fardlarining badiiy xususiyatlari, ularning mazmuniy-falsafiy mohiyati, xususan “Til birla dilda yo‘qlig‘ erur nifoq alomati…” fardining tahlili orqali til va dil uyg‘unligi masalasi yoritiladi. Muallif fard shaklining qisqa lekin chuqur ma’no ifodalash imkoniyatlariga e’tibor qaratib, Navoiy poetikasida bu shaklning didaktik vosita sifatidagi o‘rnini aniqlaydi.
2025-05-30
DEVELOPMENT OF SERVICE INDUSTRIES IN UZBEKISTAN
Currently, services, as the main branch of the national economy of many countries, account for a large part of the GDP and provide employment for almost 2/3 of the worldʻs labor resources. In recent years, services to the population have been recognized as one of the most promising sectors among the economic sectors. Therefore, these areas of intangible production are currently developing rapidly in the national economies of developed and developing countries.
2025-05-30
ANALYSIS OF POLYSACCHARIDES BY LIQUID CHROMATOGRAPHY
The chromatographic properties and elution properties of industrial samples of XTZ and Na-KMS are studied by the method of two-detector exclusion liquid chromatography. It is shown that the use of a multi-angle laser beam scattering detector and a refractometric detector provides not only the accuracy of the molecular mass value of the polymer under investigation, but also a qualitative assessment of the degree of intermolecular interaction in aqueous-salt solvents.
2025-05-30
NATRIY KARBOKSIMETILSELLYULOZA VA XITAZON POLISAXARIDLARINING MOLEKULYAR-MASSAVIY VA KONFORMATSION TAVSIFLARI VA ULAR ASOSIDA POLIKOMPLEKS OLISH
Ushbu maqolada natriy karboksimetilsellyuloza (Na-KMS) va xitazon polisaxaridlarining molekulyar-massaviy va konformatsion xossalari hamda ular asosida polikompleks hosil qilish mexanizmi o‘rganildi. Maqola O‘zbek olimlarining ilmiy tadqiqotlariga asoslangan bo‘lib, polisaxaridlarning fizik-kimyoviy tavsiflari, konformatsion o‘zgarishlari, hamda ularning sanoat, farmatsevtika va ekologiyada qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
2025-05-30
MOLECULAR-MASS AND CONFORMATIONAL CHARACTERISTICS OF Na-KMS AND CHITAZONE POLYSACCHARIDES AND OBTAINING POLYCOMPLEXES BASED ON THEM
This article studies the molecular-mass and conformational properties of sodium carboxymethylcellulose (Na-KMS) and chitazone polysaccharides, as well as the mechanism of polycomplex formation based on them. The article is based on scientific research by Uzbek scientists and provides detailed information on the physicochemical characteristics of polysaccharides, conformational changes, and their applications in industry, pharmaceuticals, and ecology
2025-05-30
TASVIRIY SAN’ATDA RANGTASVIR TUSHUNCHASI
maqolada tasviriy san’atning asosi bo’lgan rangtasvir hamda uning kelib chiqish tarixi, bugungi kunda rivojlanishi hamda mutaxassislik bo’yicha materialshunoslik haqida so‘z boradi.
2025-05-30
BETAKROR SAN’AT DARG’ASI LEONARDO DA VINCHI
maqolada Uyg’onish davrining daho va serqirra ijodkor Leonardo da Vinchining hayoti va ijodi, uyg’onish davriga qo’shgan hissasi va yaratgan asarlari hamda ularning taxlili haqida so‘z boradi.
2025-05-30
AYOLLAR VA VOYAGA YETMAGANLARNING MEHNAT HUQUQLARI: IMTIYOZLAR VA CHEKLOVLAR
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi doirasida ayollar va voyaga yetmaganlarning mehnat huquqlariga oid imtiyozlar va cheklovlarni tahlil qiladi. Unda ushbu guruhlarga berilgan asosiy himoya choralari, jumladan, kamsitishdan himoya qilish, ishdan bo‘shatishga oid cheklovlar, moslashuvchan ish tartiblari va ijtimoiy kafolatlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zararli ishlardagi cheklovlar va gender tengsizligi kabi mavjud cheklovlar va muammolar ham muhokama etiladi.
2025-05-30
MELIORATIV CHORA-TADBIRLARNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan hisoblangan qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Jumladan, milliy iqtisodiyotning shakllanishida qishloq xo’jaligining hissasi, uning tarmoqlar holati atroflicha berilgan. Qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirishda, qishloq xo’jaligi asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer-tuproq resursini unumdorligini ko’tarishda, meliorativ chora-tadbirlarni roli ko’rsatilgan. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan Sirdaryo viloyati sug’oriladigan qishloq xo’jalik yerlarini unumdorlik darajasini aniqlash bo’yicha bajarilgan tuproq-baholash ishlarining yakuniy natijalari, sug’oriladigan yerlar unumdorlik darajasiga qarab, sifat jihatidan kadastr guruhlariga ajratilganligi berilgan. Aynan yangi o’zlashtirilgan hududlarga kiruvchi Sirdaryo viloyati qishloq xo’jaligining taraqqiyotida meliorativ ishlarning roli va bu jarayonga respublika doirasida qanchalik e’tibor qaratilayotganligi tahlil qilingan va xulosalangan.
2025-05-30
QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARI AHAMIYATI
Ushbu maqolada qayta tiklanadigan energiya manbalarining energiya ta’minotidagi o‘rni atroflicha o‘rganilgan. Ushbu energiya turining ma’lum darajadagi kamchiliklari yoritilgan. SHuningdek, dunyoning ayrim davlatlari, o‘z navbatida Markaziy Osiyo davlatlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga e’tibor va foydalanish jihatlari o‘rganilgan.
2025-05-30
АДАПТАЦИЯ МЕЖДУНАРОДНЫХ ТРУДОВЫХ НОРМ В ПРАВОВОЙ СИСТЕМЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
В статье рассматривается роль международных трудовых стандартов в формировании национального законодательства, особенности имплементации норм международного трудового права и их влияние на обеспечение защиты прав работников. Особое внимание уделяется процессу интеграции международных трудовых норм в правовую систему Республики Узбекистан и реализации принципа недопустимости ухудшения правового положения работника.
2025-05-30
WINDOWS OT NI VIRTUAL MASHINADA SOZLASH: DRAYVERLAR, TARMOQ, XAVFSIZLIK
Mazkur maqolada Windows operatsion tizimini virtual muhitda samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan muhim komponentlar: drayverlarni o‘rnatish, tarmoq interfeyslarini sozlash va tizim xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy tahlil va tajribaviy yondashuvlar bayon etiladi. Virtualizatsiya texnologiyalari zamonaviy IT-infratuzilmaning muhim elementi hisoblanadi. Windows tizimini virtual mashinada to‘g‘ri sozlash esa uning xavfsizligi va samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqola tizimni sozlash bosqichlarini chuqur tahlil qiladi va real tajriba asosida tavsiyalar beradi.
2025-05-30
ЗАРОЖДЕНИЕ АДМИНИСТРАТИВНОГО ПРАВА
Административное право, как отрасль юридической науки, берет своё начало в XVII веке и развивается в ответ на потребности правового регулирования сферы государственного управления. Первоначально формировавшееся в рамках камерaлистских наук, оно прошло сложный путь трансформации от полицейского права до современной системы норм, обеспечивающих законность, порядок и эффективность в деятельности исполнительной власти. В статье анализируется исторический контекст возникновения административного права, этапы его развития в различных странах Европы и роль, которую оно играет в системе правового государства.
2025-05-30
АДМИНИСТРАТИВНО-ПРАВОВОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ ОКАЗАНИЯ ГОСУДАРСТВЕННЫХ УСЛУГ В ЭЛЕКТРОННОМ ВИДЕ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН
Статья посвящена всестороннему исследованию административно-правовых основ оказания государственных услуг в электронной форме в Республике Узбекистан. Рассматриваются актуальные аспекты цифровой трансформации государственного управления и ее влияние на реализацию административных процедур. В условиях стремительного внедрения информационно-коммуникационных технологий возрастает значение разработки эффективных правовых механизмов, способствующих обеспечению доступности, прозрачности и надежности взаимодействия граждан с государственными органами. Автором проанализированы законодательные и подзаконные акты, а также практика реализации электронных государственных услуг. Отдельное внимание уделено вопросам информационной безопасности, цифрового неравенства и защите персональных данных. Предлагаются рекомендации по совершенствованию нормативно-правовой базы и институциональных механизмов в сфере электронного государственного управления
2025-05-30
