YURAK YETISHMOVCHILIGIDA BIOKIMYOVIY MARKERLAR

Авторы

  • Numonova Marjona Qo’qon Unversiteti Andijon Filiali Tibbiyot Fakulteti Davolash Ishi Yo’nalishi 2-Kurs Talabasi Автор
  • Axmadjonov Qudratillo Ilmiy Rahbar Автор

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.20484997

Ключевые слова:

Yurak yetishmovchiligi, BNP, NT-proBNP, troponin I, troponin T, biokimyoviy markerlar, neyrogormonal faollashuv, reninangiotenzinaldosteron tizimi (RAAS), oksidativ stress, C-reaktiv oqsil (CRP), elektrolitlar, diagnostika, prognostik ko'rsatkichlar.

Аннотация

Yurak yetishmovchiligi yurakning organizm ehtiyojini qondira olmasligi bilan kechadigan surunkali yoki o'tkir patologik holat bolib, u kardiologiyada muhim klinik muammo hisoblanadi. Ushbu kasallikning erta tashxisi, og'irlik darajasini baholash va davolash samaradorligini nazorat qilishda biokimyoviy markerlar katta ahamiyatga ega. Eng muhim biomarkerlar qatoriga B-tip natriyuretik peptid (BNP) va uning N-terminal fragmenti NT-proBNP kiradi. Ular yurak qorinchalarida bosim va hajm ortishi natijasida ajralib chiqadi hamda yurak yetishmovchiligining tashxisida sezgir va ishonchli korsatkich hisoblanadi. Shuningdek, troponin I va troponin T miokard hujayralari shikastlanishini ko'rsatuvchi markerlar bolib, yurak yetishmovchiligi fonida miokard zararlanishini aniqlashda muhimdir. Yallig'lanish markerlari (masalan, C-reaktiv oqsil CRP), oksidativ stress ko'rsatkichlari, elektrolitlar (natriy, kaliy) va buyrak funksiyasi korsatkichlari (kreatinin, glomerulyar filtratsiya tezligi) ham kasallik patogenezida va prognozida ahamiyatga ega. Yurak yetishmovchiligi rivojlanishida neyrogormonal faollashuv, xususan reninangiotenzinaldosteron tizimi (RAAS) va simpatik nerv tizimining kuchayishi kuzatiladi. Ushbu o'zgarishlar organizmda suyuqlik ushlanishi, qon tomirlar torayishi va yurak yuklamasining ortishiga olib keladi. Biokimyoviy markerlar yordamida kasallikning bosqichini aniqlash, asoratlar xavfini baholash va individual davolash strategiyasini tanlash mumkin.

Библиографические ссылки

McPherson R.A., Pincus M.R. Henry's Clinical Diagnosis and Management by Laboratory Methods. 23rd ed. Elsevier; 2017.

Braunwald E. Braunwald's Heart Disease: A Textbook of Cardiovascular Medicine. 11th ed. Elsevier; 2019.

Jameson J.L., Fauci A.S., Kasper D.L., et al. Harrison's Principles of Internal Medicine. 21st ed. McGraw-Hill; 2022.

McDonagh T.A., Metra M., Adamo M., et al. 2021 ESC Guidelines for the diagnosis and treatment of acute and chronic heart failure. European Heart Journal. 2021.

Yusuf S., Reddy S., Ôunpuu S., Anand S. Global burden of cardiovascular diseases. Circulation. 2001.

Опубликован

2026-06-01

Выпуск

Раздел

Статьи

Как цитировать

Numonova, M., & Axmadjonov, Q. (2026). YURAK YETISHMOVCHILIGIDA BIOKIMYOVIY MARKERLAR. Педагогика и психология в современном мире, 5(12), 170-172. https://doi.org/10.5281/zenodo.20484997
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
2 Views
0 Downloads