OMON MUXTOR ROMANLARIDA KONFLIKTNING POSTMODERNISTIK MODELI

Authors

  • Sharifov Siroj Zarif o‘g‘li Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutI, (PhD) Author
  • Olimov Tursunboy Hamroqul o‘g‘li Urgut tumani 116-umumta’lim maktabi o’qituvchisi Author

Abstract

Omon Muxtor romanlarida konflikt an’anaviy ijtimoiy yoki psixologik qarama-qarshilik shaklida emas, balki postmodernistik tafakkurga xos bo‘lgan nomarkaziylik, ko‘p ovozlilik va diskurslar to‘qnashuvi orqali yuzaga chiqadi. Qahramonlar faol harakat subyekti sifatida emas, balki o‘zligini anglashda ikkilanayotgan, barqaror identitetga ega bo‘lmagan ong tashuvchilari sifatida tasvirlanadi. Natijada konflikt tashqi muhit bilan kurash ko‘rinishida emas, balki ichki parchalanish, ishonchsiz xotira va ma’no siljishlari orqali badiiy ifodasini topgan deyish mumkin. Mazkur faslda adib romanlaridagi konflikt postmodernistik model asosida tahlil qilinib, uning dekonstruktiv tabiatiga e’tibor qaratiladi. Ya’ni konflikt an’anaviy qarama-qarshiliklar tizimi sifatida emas, balki o‘zaro zid ma’nolar, beqaror identitet va ochiq badiiy holatlarni yuzaga keltiruvchi estetik mexanizm sifatida talqin etiladi. Shu orqali adib ijodida konflikt tushunchasining yangicha badiiy-falsafiy mazmun kasb etgani ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

References

Омон Мухтор. Тўрт томон қибла: уч романдан иборат Шарқ дафтари: (трилогия). – Тошкент: Шарқ, 2000 ¬¬– Б. 45. (Keyingi o’rinlarda ushbu asarning faqat sahifalari ko’rsatiladi.)

Hassan I. The Dismemberment of Orpheus: Toward a Postmodern Literature. Oxford University Press (1971; repr. Univ. of Wisconsin Press, 1982)

Downloads

Published

2026-04-18

How to Cite

OMON MUXTOR ROMANLARIDA KONFLIKTNING POSTMODERNISTIK MODELI. (2026). Pedagogy and Psychology in the Modern World, 5(9), 9-10. https://www.in-academy.uz/index.php/ZDPP/article/view/210