BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIKNI SHAKLLANTIRISH

Authors

  • Lazokat Ismonchaeva Namangan viloyati Chust tumani Olmos qishlog‘i 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bolshang‘ich sinf o‘qituvchisi Author

Abstract

Kutubxonalar ta’lim, madaniyat va jamiyat rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi, bilimga kirish, madaniy merosni saqlash va aqliy o‘sishni ta’minlash uchun bebaho manba hisoblanadi. Zamonaviy axborot jamiyatida ular har yoshdagi odamlarning ta’lim olishi va o‘z-o‘zini rivojlantirishiga ko‘maklashuvchi muhim institut bo‘lib qolmoqda. Tarix tan olgan mutafakkirlardan Abu Rayxon Beruniy “Kitob – aql qayrog‘i va bilim manbaidir.” deb bejiz aytmagan. Ha, kitob tafakkur xazinasi, insoniyatning bebeho boyligi va ma’naviy komillik kaliti. Beruniyning ushbu ta’rifi esa, kitobning hayotimizdagi o‘rni va kuchini yaqqol ochib beradi.  Xalqimiz azaldan ilm-ma’rifatga intilgan, kitob o‘qishga qattiq muhabbat qo‘ygan. Yurtimizdan dong‘i dunyoni tutgan ulug‘ olimlar va mutafakkirlarning ko‘plab chiqqani ham bejiz emas. Biz shunday ilm-fan vatanining farzandlari ekanimizdan faxrlanishga haqli va o‘tgan ajdodlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatishga burchlimiz. Bunga esa ular qoldirgan boy merosni puxta o‘rganish, insonlarga foyda keltiruvchi barcha ilmlarni o‘zlashtirish va uni farzandlarimizga ham o‘rgatish orqali erishamiz.

References

Downloads

Published

2026-06-08

How to Cite

Ismonchaeva, L. (2026). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIKNI SHAKLLANTIRISH. Social Sciences in the Modern World, 5(14), 38-40. https://www.in-academy.uz/index.php/ZDIF/article/view/51746
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
1 Views
0 Downloads