AKTYOR IJROSIDA PREDMET VA DETALNING OBRAZ ICHKI MAZMUNINI OCHISHDAGI AHAMIYATI
Keywords:
aktyor ijrosi, predmet, detal, ramziy belgi, obraz ichki mazmuni, tomoshabin idroki, hissiy-estetik ta’sir, tafakkuriy anglash.Abstract
Mazkur tezisda aktyor ijrosida predmet va detalning obraz ichki mazmunini ochishdagi roli tahlil qilinadi. Unda predmet va detal oddiy sahna buyumi yoki tashqi bezak emas, balki qahramonning ruhiy holati, xotirasi, ichki ziddiyati, ayb hissi, yo‘qotish yoki yashirin istagini ifodalovchi ramziy vosita sifatida talqin qilinadi. Kichik detal ba’zan uzun dialogdan ko‘ra kuchliroq badiiy ma’no berishi mumkin. Xususan, aktyorning predmetga munosabati orqali ichki kechinma aktyorlik ifodasiga, predmet yoki detal esa ramziy belgiga aylanib, tomoshabin idrokida hissiy-estetik ta’sir uyg‘otadi.
References
Stanislavskiy K. An Actor’s Work: A Student’s Diary / Translated and edited by Jean Benedetti. — London; New York: Routledge, 2008.
Chekhov M. To the Actor: On the Technique of Acting / Edited by Mala Powers. — London; New York: Routledge, 2002.
Lotman Yu.M. Universe of the Mind: A Semiotic Theory of Culture. — London; New York: I.B. Tauris, 1990.
Artaud A. The Theatre and Its Double / Translated by Mary Caroline Richards. — New York: Grove Press, 1958.
Elam K. The Semiotics of Theatre and Drama. — London; New York: Routledge, 1980.
Pavis P. Analyzing Performance: Theater, Dance, and Film / Translated by David Williams. — Ann Arbor: University of Michigan Press, 2003.
Bordwell D., Thompson K. Film Art: An Introduction. — New York: McGraw-Hill, 2010.
Downloads
Published
Issue
Section
How to Cite