Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям теоретических и прикладных наук в странах Центральной Азии. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Nashr qilingan: 2025-03-07
Статьи
ФИРИБГАРЛИК ЖИНОЯТИНИ АНИҚЛАШ ВА ФОШ ЭТИШНИНГ МИЛЛИЙ НОРМАТИВ-ҲУҚУҚИЙ ҲУЖЖАТЛАР ТАҲЛИЛИ
Мақолада фирибгарлик жиноятини аниқлаш ва фош этишнинг миллий норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг мазмун-моҳияти таҳлил қилиниб, илмий асослантирилган таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.
2025-03-06
ФИРИБГАРЛИК ЖИНОЯТИНИ АНИҚЛАШ ВА ФОШ ЭТИШНИНГ ХАЛҚАРО ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ ҲАҚИДА БАЪЗИ ФИКРЛАР
Мақолада фирибгарлик жиноятини аниқлаш ва фош этишнинг халқаро ҳуқуқий асослари таҳлил қилиниб, илмий асослантирилган таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.
2025-03-06
ВИРТУАЛ МАКОНДАГИ ФИРИБГАРЛИККА ОИД ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ
ушбу мақолада виртуал макондаги фирибгарликка оид ҳуқуқбузарликларнинг профилактикасини ташкил этиш, хусусан, кибермаданият, уни ривожлантиришга доир муносабатлар, мазкур жиноятларнинг тезкор-қидирув профилактикаси ва бошқа жиҳатлари акс эттирилган бўлиб, виртуал содир этиладиган фирибгарлик ҳолатлари профилактикаси самарадорлигини оширишга хизмат қиладиган таклифлар ишлаб чиқилган.
2025-03-06
“KONSTITUTSIYAVIY IQTISOD” IQTISODIY TARAQQIYOTNING HUQUQIY KAFOLATI
Bugun mamlakatimiz iqtisodiyotining tez sur’atlarda rivojlanishi, aholi yashash darajasining o‘sishi bevosita davlatimiz tomonidan tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Iqtisodiyotning konstitutsiyaviy kafolatlari uning barqaror rivojlanishi va aholi farovonligining oshishi uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi. Mazkur maqolada iqtisodiyotning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari va rivojlanish tendensiyalari, iqtisodiyotni rivojlantirishda uchraydigan huquqiy muammolar hamda ularning yechimi horij tajribasi va milliy qonunchiligimiz asosida ilmiy-nazariy tahlil qilindi, taklif va mulohazalar ishlab chiqildi.
2025-03-17
DAVLAT BOSHQARUVI KADRLARINI TAYYORLASHDA XORIJ TAJRIBASI VA UNDAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FOYDALANISH MASALALARI
Bugungi globallashuv sharoitida davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish uchun ilg‘or mamlakatlarning tajribalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada AQSh, Yevropa va Osiyo mamlakatlarining davlat boshqaruvi kadrlarini tayyorlashdagi yondashuvlari o‘rganilib, ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida xorijiy tajribalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, davlat xizmatchilarining malakasini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Elektron hukumat tizimini joriy qilish, raqamli texnologiyalardan foydalanish va xalqaro tajriba almashinuv dasturlarini kengaytirish kabi masalalar yoritilgan. Xulosa qismida esa O‘zbekistonning davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar belgilangan.
2025-03-17
HUKUMAT FAOLIYATINING ASOSIY PRINSIPLARI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun hujjatlarida belgilangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati faoliyatining asosiy prinsiplari huquqiy tahlil qilinib, ushbu asosiy prinsiplarni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Asosiy qonuni va tegishli qonun hujjatlarida belgilash g‘oyasi ilgari surilgan.
2025-03-18
BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINI (BRM) AMALGA OSHIRISHDA TRANSCHEGARAVIY KELISHUVLARNI TARTIBGA SOLISH: O‘ZBEKISTON, ROSSIYA VA YEVROPA DAVLATLARI MISOLIDA
Ushbu maqola Barqaror rivojlanish maqsadlarini (SDG) amalga oshirishda transchegaraviy shartnomalarni tartibga solish muhimligini ta'kidlaydi. SDG kelishuvlarining atrof-muhit sharoitlari va qonunlariga ta'sirini tahlil qilish orqali ushbu maqola hamkorlik Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDGs), xususan, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqtisodiy barqarorlik sari olg'a siljishni qanday rag'batlantirishi yoki to'sqinlik qilishi mumkinligini ko'rsatishga qaratilgan.
2025-03-19
ИЛГАРИ СУДЛАНГАН ШАХСЛАР ЖИНОЯТЛАРИНИНГ ПРОФИЛАКТИКАСИ БЎЙИЧА АЙРИМ ХОРИЖИЙ ДАВЛАТЛАР ТАЖРИБАСИ
Mazkur maqolada ilgari sudlangan shaxslarning kriminologik tavsifi tahlil qilingan. Jinoyat sodir etgan shaxslarning ijtimoiy-ma’naviy xususiyatlari, ularning jinoiy xatti-harakatlariga ta’sir etuvchi omillar, shu jumladan, ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik sabablar yoritilgan.
2025-03-19
ВИРТУАЛ МАКОНДАГИ ФИРИБГАРЛИККА ОИД ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ БАРВАҚТ ОЛДИНИ ОЛИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎЛЛАРИ
Ушбу мақолада сўнгги йилларда виртуал оламда содир этилаётган фирибгарлик жиноятлари ҳолати, уларни аниқлаш, уларнинг содир этилиш сабаб ва шарт-шароитларини бартараф этиш, шунингдек мазкур жиноятчиликни олдини олиш самарадорлигини оширишга ижобий таъсир этувчи омиллар тўғрисида сўз юритилган бўлиб, амалий жиҳатдан виртуал содир этиладиган фирибгарлик ҳолатлари профилактикаси самарадорлигини оширишга хизмат қиладиган таклифлар ишлаб чиқилган.
2025-03-24
TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHDA KRIPTOVALYUTALARNING ROLI VA ULARNI NAZORAT QILISH CHORALARI
Mazkur maqolada zamonaviy moliyaviy texnologiyalar sifatida kriptovalyutalarning iqtisodiy jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishda qo‘llanilishi hamda bu xavfga qarshi xalqaro va milliy darajada amalga oshirilayotgan nazorat choralari yoritiladi. Kriptoaktivlar orqali noqonuniy moliyaviy oqimlarni boshqarish masalalari FATF va boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan tavsiya va amaliy tajribalar asosida tahlil qilindi.
2025-03-24
RAQAMLI MOLIYA XIZMATLARINING RIVOJLANISHI VA UNING IQTISODIYOTGA TA’SIRI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida raqamli moliya xizmatlarining so‘nggi yillarda jadal rivojlanishi va uning mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatgan ta’siri bank tizimi, fintex kompaniyalari, davlat xizmatlari, elektron to‘lov tizimlari kabi asosiy sohalar misolida tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida Markaziy bank va Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy hisobotlari, fintex sohasidagi yirik kompaniyalarning ochiq ma’lumotlari hamda ilmiy manbalar asosida statistik ma’lumotlar yig‘ilib, tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli moliya infratuzilmasi sezilarli darajada kengayib, 2022-yilda mamlakatda muomaladagi bank kartalari soni 34,2 mln donaga yetdi, naqdsiz to‘lovlar hajmi esa yildan-yilga izchil oshib bormoqda (YaIMning qariyb 58%iga teng).
2025-03-26
XORIJIY DAVLATLARDA MANFAATLAR TOʻQNASHUVINING OLDINI OLISH MASALALARI
Mazkur maqolada xorijiy davlatlarda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish masalalari tahlil etilgan. Jumladan maqolada rivojlangan va MDH davlatlarida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish masalalari oʻrganilib yoritib berilgan.
2025-03-26
MUALLIFLIK HUQUQI VA SUN’IY INTELLEKT
Texnologiya jadal rivojlanib borayotgan XXI asrda sun’iy intellekt (AI) turli sohalarda yangiliklar yaratmoqda. Dasturlashdan tortib san’at va ijodiy ishlargacha, sun`iy intellekt tomonidan yaratilgan kontent inson tomonidan yaratilgan mahsulotlar bilan deyarli bir xil darajada bo‘lishi mumkin. Biroq, bu jarayon mualliflik huquqi sohasida muhim savollarni keltirib chiqarmoqda: Sun’iy intellekt yaratgan kontent kimga tegishli? Sun’iy intellekt muallif sifatida tan olinishi mumkinmi? Ushbu maqolada AI va mualliflik huquqi masalalari, turli mamlakatlarning yondashuvi hamda kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy muammolar tahlil qilinadi.
2025-03-31
АКЦИЯДОРЛИК ЖАМИЯТЛАРИГА ИНВЕСТИЦИЯЛАРНИ ЖАЛБ ҚИЛИШДА МОЛИЯВИЙ ҲИСОБОТНИ ТРАНСФОРМАЦИЯ ҚИЛИШНИНГ АҲАМИЯТИ
мақолада акциядорлик жамиятларига инвестицияларни жалб қилишда молиявий ҳисоботни трансформация қилишнинг аҳамияти ёртилган. Ишда бугунги кунда акциядорлик жамиятларида ҳал қилиниши керак бўлган вазифалар аниқланган. Акциядорлик жамиятларидаги мавжуд молиявий ҳисоботни халқаро стандартларга трансформация қилишнинг афзалликлари келтирилган. Мақолада акциядорлик жамиятларини молиявий ҳисоботнинг халқаро стандарларига (МҲХС) ўтказиш ишларини жадаллаштириш бўйича таклифлар ишлаб чиқилган.
2025-03-31
PULGA AYLANUVCHI G'OYALAR: INTELLEKTUAL MULK VA UNING IQTISODIY IMKONIYATLARI
Mazkur maqolada intellektual mulkning iqtisodiyotdagi o'rni va uning tijoratlashtirish jarayoni tahlil qilinadi. Innovatsion gʻoyalarning bozor qiymatini oshirish usullari, patentlash va litsenziyalash orqali daromad olish imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, intellektual mulkning iqtisodiy rivojlanishga ta'siri va investitsiyalarni jalb qilishdagi roli muhokama qilinadi.
2025-03-31
