Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям теоретических и прикладных наук в странах Центральной Азии. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Nashr qilingan: 2026-03-05

ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ МИГРАЦИЯ ВА ФУҚАРОЛИКНИ РАСМИЙЛАШТИРИШ ФАОЛИЯТИНИ ТАРТИБГА СОЛУВЧИ НОРМАТИВ-ҲУҚУҚИЙ ҲУЖЖАТЛАР ТАҲЛИЛИ

Ушбу мақолада ички ишлар органлари томонидан амалга ошириладиган миграция ва фуқароликни расмийлаштириш фаолиятини тартибга солувчи норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар таҳлил қилинган. Шунингдек, Ўзбекистон Республикасида миграция жараёнларини бошқариш, фуқароликни олиш ва йўқотиш тартиби, шу соҳадаги ҳуқуқий асослар ва уларнинг амалиётда қўлланилиши ўрганилган. Мақолада мавжуд қонунчилик нормаларининг аҳамияти, уларнинг ички ишлар органлари фаолиятидаги ўрни ҳамда миграция соҳасидаги ҳуқуқий муносабатларни тартибга солишдаги роли ёритилган. Шу билан бирга, мазкур соҳадаги ҳуқуқий механизмларни такомиллаштиришга оид айрим таклиф ва хулосалар келтирилган

Нуриддин Абдуллаев

6-23

2026-03-05

OXIRGI ZARURAT NATIJASIDA MA’MURIY JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISH

Ushbu maqolada oxirgi zarurat tushunchasi hamda uning natijasida shaxsni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilishning huquqiy asoslari tahlil qilingan. Shuningdek, oxirgi zarurat holatida sodir etilgan harakatlarning huquqiy bahosi, uning shartlari va chegaralari, shuningdek amaldagi qonunchilikdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Maqolada oxirgi zarurat shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy institut sifatida yoritilgan. Shu bilan birga, mazkur holatda ma’muriy javobgarlikdan ozod qilishning huquqni qo‘llash amaliyotidagi ahamiyati va uni takomillashtirishga doir ayrim xulosa hamda takliflar bayon etilgan.

Toshkulov G‘ayrat Erkabayevich

24-30

2026-03-09

ЖАМОАТ ХАВФСИЗЛИГИ ТУШУНЧАСИНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ ТАҲЛИЛИ

Мазкур мақолада жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартиби тушунчаларининг илмий-назарий асослари таҳлил қилинган бўлиб, бу борада миллий ва хорижий ҳуқуқшунос олимларнинг илмий тадқиқлт ишлари, фикр ва мулоҳазалари атрофлича ўрганилган ва таҳлил қилинган. Шунингдек, замонавий олимларнинг жамоат хавфсизлигига оид ёндашувлари қиёсий таҳлил этилган. Илмий адабиётларда жамоат хавфсизлиги тушунчасига нисбатан ягона ёндашув мавжуд эмаслиги, унинг мазмуни турли омиллар ва хавф-хатарлар билан боғлиқ ҳолда талқин этилиши асослаб берилган

Тураев Жўрабек Шоназарович

31-40

2026-03-09

O‘ZBEKISTON SOLIQ TIZIMI: IQTISODIY O‘SISH VA BUDJET DAROMADLARINING BARQAROR MANBAI SIFATIDA

O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining katta qismi soliq yig’imlari orqali shakllanadi hamda mamlakatning iqtisodiy ko’rsatkichlariga bevosita ta’sir qiladi. Ushbu maqolada O’zbekistondagi soliq tizimi, davlat byudjeti shakllanishi  o’rni hamda prognoz qilingan daromadlar ko’rib chiqiladi.

Ostonov Muhriddin Bahriddin o’g’li, Boybosinova Shaxlo Meles qizi

41-46

2026-03-10

KICHIK VA O‘RTA KORXONALARNING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI BAHOLASH USULLARINING QIYOSIY TAHLILI

Maqolada Qozog‘iston Respublikasida kichik va o‘rta korxonalar (KO‘K)ning moliyaviy barqarorligini baholash usullari ko‘rib chiqiladi. Kichik va o‘rta korxonalar mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin egallab, ish o‘rinlari yaratadi, innovatsiyalarni rivojlantiradi hamda yalpi ichki mahsulotning muhim qismini shakllantiradi. Iqtisodiy beqarorlik, valyuta kurslarining o‘zgarishi va bozor sharoitlarining tez-tez almashib turishi sharoitida korxonalarning moliyaviy barqarorligini baholash uchun ishonchli va samarali vositalarga ehtiyoj ortadi. Tadqiqotda KO‘Kning moliyaviy holatini baholashda qo‘llaniladigan asosiy yondashuvlar tahlil qilinadi. Jumladan, moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili, kreditga layoqatlilikni baholash modellari, SWOT-tahlil hamda kompleks moliyaviy diagnostika usullari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, eng samarali yondashuv miqdoriy va sifat tahlil usullarini birlashtirishdan iborat. Bunday yondashuv korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda tashqi iqtisodiy omillarni ham hisobga olish imkonini beradi

Набира Абуова, Гулжанат Таяуова

47-53

2026-03-11

KORRUPSIYANING MOHIYATI VA UNGA QARSHI KURASHISH EVOLYUTSIYASI

Maqolada korrupsiyaning mohiyati va unga qarshi kurashish evolyutsiyasi xususida fikr yuritilib, mazkur faoliyatni yanada samarali tashkil etishga oid taklif hamda tavsiyalar bildirilgan.

Azizov Husnuddin Geldiyorovich

54-66

2026-03-11

ICHKI ISHLAR ORGANLARINING BOLALARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIK PROFILAKTIKASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish ichki ishlar organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada ichki ishlar organlarining profilaktika faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rganilgan. Shu jumladan, huquqiy va me’yoriy bazani mustahkamlash, xodimlarning malaka va tayyorgarligini oshirish, monitoring va ma’lumot tizimlarini rivojlantirish, xalqaro ilg‘or tajribalarni joriy etish, jamiyat va oilalar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, shuningdek, oldini olish dasturlari va axborot-targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Sultanov Baxriddin Murodovich

67-72

2026-03-12