Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям теоретических и прикладных наук в странах Центральной Азии. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Nashr qilingan: 2025-06-07
Статьи
ИЗУЧЕНИЕ ОТЧЕТА ОБ УСТОЙЧИВОМ РАЗВИТИИ ПРОМЫШЛЕННОГО ПРЕДПРИЯТИЯ КАК ЗАДАНИЕ ДЛЯ САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ СТУДЕНТОВ МАГИСТРАТУРЫ
в данной статье рассматриваются понятие, сущность и цель устойчивого развития, принципы экологической, социальной и управленческой ответственности, обозначаемые аббревиатурой ESG, современные тенденции и Цели устойчивого развития ООН, необходимость изучения основ устойчивого развития и использования современных финансовых инструментов в высших образовательных организациях. В качестве практического примера в статье рассматривается учебная дисциплина «Финансы устойчивого развития», описывается содержание самостоятельного обучения и различные виды заданий для студентов, включая изучение аналитических отчетов по устойчивому развитию одного из предприятий Республики Узбекистан. Далее в статье описывается пример изучения студентами магистратуры Отчета по устойчивому развитию Акционерного общества «Навоийский горно-металлургический комбинат» за 2023 год в процессе изучения данной дисциплины. В завершении статьи сделаны обобщающие выводы.
2025-06-09
ПЕРЕХОД ПРАВ НА ОБЪЕКТЫ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ, СОЗДАННЫЕ С ПРИМЕНЕНИЕМ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА, ПРИ РЕОРГАНИЗАЦИИ ЮРИДИЧЕСКИХ ЛИЦ
В статье анализируются особенности перехода имущественных прав на объекты интеллектуальной собственности, созданные с применением искусственного интеллекта, в условиях реорганизации юридических лиц. Рассматриваются современные подходы к правовому статусу ИИ-генерируемых результатов, выявляются риски, связанные с неопределённостью авторства, отсутствием регистрационных механизмов и сложностями документального оформления. Проведен сравнительный анализ зарубежной и национальной практики, обоснована необходимость внедрения институциональных и нормативных реформ в Узбекистане с целью обеспечения эффективного правопреемства цифровых активов.
2025-06-10
TADBIRKORLIK FAOLIYATI SOHASIDAGI DAVLAT MOLIYA SIYOSATI
Maqola O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik sohasidagi davlat moliya siyosatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni huquqiy tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, soliq imtiyozlari, subsidiyalar, grantlar va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar, jumladan, norezidentlar uchun soliqlarni kamaytirish, dividendlar solig‘idan ozod qilish nazarda tutilgan. Mavjud muammolar, jumladan, byurokratik to'siqlar va qo'llab-quvvatlash jarayonlarini raqamlashtirishning etarli emasligi qayd etilgan. Maqolada moliyaviy siyosatning mohiyatini tushunishga turli ilmiy yondashuvlar ham keltirilgan. Mavjud moliyaviy rag‘batlantirish vositalarini takomillashtirish, tadbirkorlar bilan axborotlashtirish ishlarini kuchaytirish va biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimiga raqamli yechimlarni joriy etish zarurligi to‘g‘risida xulosalar chiqarilmoqda.
2025-06-12
KONSTITUTSIYANING TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI AMAL QILISHINI TA’MINLASH MASALALARI
Mazkur maqolada Konstitutsiya normalarining amal qilishiga ko`ra turlari, Konstitutsiya normalarining to`g`ridan-to`g`ri amal qilishi prinsipining mazmuni, bu bo`yicha turli olimlar fikrlari, xorijiy amaliyotlar va ayni prinsipni amaliyotda to`liq va samarali ishlashini ta’minlash uchun amalga oshirilishi kerak bo`lgan huquqiy va tashkiliy choralar, shuningdek ushbu prinsipni amalda ishlatish bo`yicha joriy qilinishi tavsiya qilinadigan va xorijiy amaliyotda keng ishlatiladigan yangi institut, ushbu institutning mazmuni va mexanizmi, uni milliy huquqiy tizimimizga joriy qilishning asosiy maslalari tahlil qilinadi. Ushbu maqolaning dolzarbligi Konstitutsiya normalarining to`g`ridan-to`g`ri amal qilishining samarali mexanimizga erishish fuqarolarning eng asosiy huquqlari hisoblangan Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini bevosita ishlatish bilan bevosita bog`liqligidadir. Shuningdek, ayni prinsipni amalda samarali ishlashini ta’minlash orqali fuqarolarning davlatimiz huquqiy tizimiga ishonchini oshirish, davlatimizning inson huquqlarining ta’minlanganlik darajasi bo`yicha xalqaro reytinglardagi o`rnini oshirishga erishish mumkin.
2025-06-12
КОРРУПЦИЯГА ОИД ЖИНОЯТЛАР БЎЙИЧА ҚОНУНЧИЛИКНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ
Мазкур мақолада коррупцияга оид жиноятларнинг ҳуқуқий таснифи ва таърифига доир назарий, қиёсий ва амалий масалалар атрофлича таҳлил қилинган. Муаллиф амалдаги қонунчиликда «коррупция» ва «коррупциявий жиноят» тушунчаларининг аниқ таърифи мавжуд эмаслигига эътибор қаратади ва бу ҳолат ҳуқуқни қўллаш амалиётида тушунмовчиликларни келтириб чиқараётганини таъкидлайди. Халқаро ҳуқуқий ҳужжатлар — БМТ, Европа Кенгаши ва МДҲнинг конвенциялари — доирасидаги тавсиялар, шунингдек, Туркия, Италия ва Тожикистон сингари давлатларнинг қонунчилик тажрибалари таҳлил қилинган. Мақолада коррупциявий жиноятлар давлат хизмати, тижорат ва бошқа ижтимоий муносабатларга нисбатан тажовуз деб баҳоланиши, уларнинг жиноий-ҳуқуқий таркибида махсус субъект, хизмат мавқеидан фойдаланиш, манфаатдорлик ва тўғри қасд каби белгилари устувор эканлиги асослаб берилган. Шу билан бирга, муаллиф жиноятларни классификация қилишда бевосита объект белгисига асосланган ёндашувни илгари суради. Коррупциянинг замонавий шакллари — лоббизм, протекционизм, непотизм ва бюджет маблағларини суиистеъмол қилиш ҳолатлари алоҳида таҳлил қилинган. Хулоса сифатида, коррупциявий жиноятларнинг тўлиқ ва мақсадли классификациясини ишлаб чиқиш, уларни жиноят кодекси бўйича қайси моддаларга тўғри келишига асосланган тизимли ёндашув зарурлиги асосланган.
2025-06-16
IJTIMOIY LOYIHALARNI DAVLAT GRANTI SHAKLIDA MOLIYALASHTIRISHNING ALOHIDA HUSUSIYATLARI
Maqolada ijtimoiy loyihalarni davlat granti shaklida moliyalashtirishning asosiy hususiyatlari va ularning amalga oshirilish jarayonidagi afzalliklari hamda muammolari tahlil qilingan. Davlat grantlari ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi, ammo moliyaviy hisobdorlik, byurokratiya va moliyalashtirishning uzluksizligi kabi masalalar e’tiborga olinishi zarur hisoblanadi. Maqola grantlar mexanizmidan samarali foydalanish va ijtimoiy loyihalarning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi
2025-06-17
AKSIZ SOLIG‘IGA TORTISHNING SHAKLLANISHI VA HOZIRGI VAQTDAGI HOLATI TAHLILI
Ushbu maqolada aksiz solig'ining shakllanishi va hozirgi holati tahlil qilinadi. Aksiz solig'ining nazariy asoslari, uning davlat byudjetidagi o'rni, soliqqa tortish obyektlari va subyektlari ko'rib chiqiladi. O'zbekistonda aksiz solig'i tizimini takomillashtirish bo'yicha so'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, aksiz solig'i maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar beriladi.
2025-06-17
THEORETICAL AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF STUDYING THE HISTORY OF CITIES OF UZBEKISTAN DURING THE YEARS OF INDEPENDENCE (ON THE EXAMPLE OF THE CITY OF KARSHI)
Cities located in a certain region of the world are considered as centers of society and the state. In the context of modern globalization, changes in the political, economic and socio-cultural spheres in the world have a certain impact on the development of cities. Therefore, the study of urban socio-economic processes from a historical point of view is becoming one of the pressing problems for researchers of history, including other fields.
2025-06-18
HUMAN RIGHTS AND FREEDOMS ON THE INTERNATIONAL ARENAS
This article provides information about human rights and freedoms, as well as highlights the leading role of the United Nations (UN) in the protection of human rights. It includes detailed information about the Universal Declaration of Human Rights (UDHR). Additionally, a number of international treaties that serve as the foundation for human rights and freedoms are also mentioned. At the end of the article, you can learn about the “TOP” countries that are considered leaders in the protection of human rights and freedoms around the world.
2025-06-19
JASIL EKONOMIKA SHARAYATINDA ENERGIYA NÁTIYJELILIGIN ARTTIRIWDA SANAAT INNOVACIYALARINIŃ ORNI
Bul maqalada jasıl ekonomika sharayatında energiya nátiyjeliligin arttırıwda sanaat innovaciyalarınıń tutqan ornı hár tárepleme tallanadı. Atap aytqanda, energiyanı únemlewdi támiyinlewge qaratılǵan innovaciyalıq texnologiyalar, jasıl óndiris principleri, aqıllı energiya sistemaları hám qayta tiklenetuǵın energiya derekleriniń sanaat tarmaqlarında qollanılıwı úyrenilgen. Sonday-aq, energiya nátiyjeliligin arttırıw procesindegi sistemalı mashqalalar, sonıń ishinde, indikatorlardıń jetispewshiligi, sanlastırıw dárejesiniń tómenligi hám jergilikli texnologiyalıq potencialdıń sheklengenligi sıyaqlı mashqalalarǵa da itibar qaratılǵan. Maqalada bar mashqalalardıń sheshimine baylanıslı anıq usınıslar berilgen jáne innovaciyalar tiykarında ekologiyalıq hám ekonomikalıq turaqlılıqqa erisiw jolları kórsetilgen.
2025-06-19
TIJORAT SIRI MAXFIY MA’LUMOTLARNING BIR TURI SIFATIDA
Ushbu maqolada jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida axborotni asosiy manba sifatida ko’rilishi, uni olish, saqlash, uzatish va undan oqilona foydalanish tovar-pul munosabatlarining bir bo’g’ini sifatida ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek, maqolada tijorat siri haqida tushuncha, uning vazifalari, tadbirkorlik sohasining asosiy elementi sifatida tahlil qilinishi, shu bilan bir qatorda milliy qonunchilikda bu sohaga oid hujjatlar tahlili, tijorat sirini maxfiyligini yuritishda nimalarga alohida e’tibor berish kerakligi ko’rsatib o’tilgan.
2025-06-23
QONUNLAR IJROSI USTIDAN PROKUROR TEKSHIRUVLARINI NAZARIY-HUQUQIY JIHATDAN TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Ushbu maqolada prokurorning qonunlar ijrosini ta'minlash borasidagi faoliyati, bu faoliyatning o‘ziga xos jihatlari, tekshiruvlarning predmeti va prokuror tekshiruvlariga nisbatan yuridik munosabatlar tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarga rioya qilinishini qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratining predmeti doirasiga kiritish zarurligi nazariy va huquqiy jihatdan asoslab berilgan. Qator huquqshunos olimlarning fikrlari bilan ilmiy munozaraga kirishilgan hamda ayrim tushunchalarga mualliflik ta’riflari ishlab chiqilgan. Bir necha xorijiy davlatlar tajribasiga murojaat qilingan. Qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratining ahamiyati “Taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan vazifalar bilan uyg‘unlikda tahlil qilinib, tegishli takliflar ilgari surilgan.
2025-06-23
THE EVOLUTION OF TRADE LAW IN CENTRAL ASIA: HARMONIZING LOCAL REGULATIONS WITH INTERNATIONAL STANDARDS
This article explores the evolution, challenges, and opportunities within the trade law frameworks of Central Asian countries, focusing on harmonizing regional policies with international standards. It shows the important changes in trade policy after independence, starting with a historical review from the Silk Road era to post-Soviet transformations. Through a study of pertinent literature and an examination of national trade laws, the research finds important legal and regulatory issues, such as contradictory legislation and enforcement gaps. Through the incorporation of knowledge from effective global models, such as the WTO and UNCITRAL frameworks, the research highlights the development, difficulties, and opportunities. A roadmap for greater economic integration and sustainable development is provided by the thesis's practical policy proposals, which are intended to bring Central Asian trade legislation into line with international standards while maintaining regional sovereignty.
2025-06-24
MEHNAT NIZOLARNI HAL QILISHNING PROTSESSUAL JIHATLARI: XORIJIY MAMLAKATLAT QONUNCHILIGI TAHLILI
Mazkur maqolada mehnat nizolarini hal qilishning protsessual jihatlari xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi asosida qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan bo‘lib, nizolarni hal qilishning samarali mexanizmlari, nizolashayotgan mehnatga oid munosabatlar yuzasidan taraflarning sudlarga murojaat qilish shartlari, jumladan, nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlari, ixtisoslashtirilgan mehnat sudlari faoliyati chuqur ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston qonunchiligida mavjud bo‘lgan me’yoriy-huquqiy asoslar xorijiy tajriba bilan qiyoslangan holda tahlil etilib, milliy tizimni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-06-26
TERGOV SUDYASI INSTITUTI: SHAKLLANISH TARIXI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Mazkur maqolada tergov sudyasi institutining shakllanishi va rivojlanish tarixi tahlil qilinadi. Muallif tomonidan Fransiya, Germaniya, Rossiya va O‘zbekiston tajribasi asosida tergov sudyasining huquqiy tabiati, vakolatlari, xalqaro standartlarga muvofiqligi o‘rganilgan. Huquqshunos olimlarning fikrlari ilmiy bahs doirasida tahlil qilinib, tergov sudyasi institutining mustaqilligi, samaradorligi va rivojlanish istiqbollari yuzasidan muallifning nazariy yondashuvi bayon etilgan. Maqola tergov sudyasi institutini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar bilan yakunlanadi.
2025-06-26
ФУҚАРОЛИК ҲУҚУҚИЙ МУНОСАБАТЛАРДА СУНЪИЙ ИНТЕЛЛЕКТНИНГ ЮРИДИК МАҚОМИНИ БЕЛГИЛАШ
Мазкур илмий ишда жамиятнинг турли соҳаларида қўлланилиши ошиб бораётган, ишларни бажариш ва хизматлар кўрсатишда, шунингдек, яратилаётган инновацион натижаларга нисбатан ҳуқуқ яратаётган сунъий интеллект технологияларининг фуқаролик ҳуқуқий муносабатлардаги мақомини белгилаш бўйича масалалар юридик шахсларни ташкил этиш ва ҳуқуқ субъекти сифатида эътироф этиш назариялари бўйича таҳлил этилди.
2025-06-30
