BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJTIMOIY MUHITGA MOSLASHISHIDA BOG‘CHA TARBIYASINING O‘RNI.
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy muhitga moslashuvi ularning maktab hayotiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi va kelajakdagi ta’lim jarayonida muvaffaqiyat qozonishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada bolalar bog‘chasi tajribasining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qanday muhum ahamiyatga ega ekani tahlil qilinadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola o‘z tengdoshlari bilan muloqot qilish, kattalar bilan munosabat o‘rnatish va ijtimoiy qoidalarga rioya qilishni o‘rganadi. Bu esa ularning kelajakda sinfdoshlari va o‘qituvchilar bilan samarali aloqa o‘rnatishi, dars jarayonida faol ishtirok etishi hamda jamoaviy muhitga tez moslashishiga yordam beradi.Tadqiqotlarda maktabga qadam qo‘ygan bolalarning yangi sharoitga moslashishida bog‘chada olingan bilim va ko‘nikmalarning ahamiyati, ijtimoiy muloqot malakalari va mustaqil faoliyat yuritish qobiliyatining rivojlanishiga ta’siri yoritiladi. Bundan tashqari, bog‘cha ta’limining bolaning hissiy – intellektual rivojlanishiga qo‘shadigan hissasi, uning kelajakdagi o‘quv jarayoniga ta’siri va adaptatsiya jaryonini yengillashtirishdagi roli muhokama qilingan. Ushbu maqola ta’lim tizimining barcha Bo‘g‘inlari uchun foydali bo‘lib, bolalarning o‘quv jarayoniga ijtimoiy-psixologik moslashuvi masalalarini chuqur tushunishga yordam beradi
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Sh. Sodiqova. “Maktabgacha pedagogika” – Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2012-yil, 266 bet.
D.Sh.Nafasov, D.O.Atamuratov, X.X.Eshchanova, Z.Y.Asqarova, “Ijtimoiy Pedagogika” – Toshkent: “Bookmany print” nashriyoti, 2023-yil, 187-188 bet.
Egamberdiyeva. N. M. “Ijtimoiy Pedagogika”. – Toshkent: “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi” nashriyoti, 2009-yil, 187-188 bet.
S.X.Jalilova, S.M. Aripova. “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi” – Toshkent: “Faylasuflar” nashriyoti, 2017-yil, 495 bet.
