Mazkur ish tasvir huquqining tijoratlashtirilishi bilan bog‘liq huquqiy asoslar, nazariy yondashuvlar va xalqaro hamda milliy amaliyotdagi dolzarb muammolarni tahlil qiladi. Unda shaxsiy hayot daxlsizligi va iqtisodiy manfaatlar o‘rtasidagi muvozanat, taniqli shaxslarning tasviridan tijorat maqsadida foydalanish, sun’iy intellekt va OAV faoliyatidagi huquqiy cheklovlar yoritilgan. Muallif O‘zbekiston qonunchiligi doirasida ushbu sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar beradi.