Mazkur tezisda O'zbekistonning erkin iqtisodiy zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan ko'rsatilayotgan qo'llab-quvvatlash mexanizmlari tahlil etilgan. Tadqiqotda soliq imtiyozlari, moliyaviy yordam, infratuzilma yaratish va boshqa qo'llab-quvvatlash choralarining samaradorligi o'rganiladi. O'zbekiston erkin iqtisodiy zonalaridagi biznes subyektlarining iqtisodiy samaradorligi, ular tomonidan yaratilgan ish o'rinlari va iqtisodiy ta'siri ko'rsatilgan. Tezisda davlat tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlashni yanada samarali qilish uchun yangi yo'nalishlarni ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy takliflar keltirilgan.