Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

QIZILQUM CHO‘LI QOLDIQ TOG‘LARI TABIATI VA LANDSHAFTLARINI MUHOFAZA QILISH CHORALARI (QULJUQTOV TOG‘ TIZMASI MISOLIDA)

Qizilqum cho’lining Quljuqtov hududi tabiati, iqlimi va landshaftlari ilmiy jihatdan kam o’ragnilgan hudud bo’lib, bu hudud insoniyatning bevosta ta’sir doirasida qolayotgani hamda tabiati va hudud landshaftlarini asrab avaylash, hududning tabbiy imkoniyatlaridan maksimal darajada samarali foydalanish lozim ekani atroflicha yoritib beriladi. Geoekologik jihatdan o’ta nozik tabiiy muhit sohibi bo’lgan Quljuqtov tog’ tizmasini ilmiy tomonlama zarur.

R.T. Erkinov

41-45

2023-10-09

TIL HAQIDA QADIMGI QARASHLAR

Ushbu maqola qadimgi yunon va rim tilshunoslik nazariyalarining asosiy tamoyillari va yutuqlarini o'rganadi. Maqolada antik davr tilshunoslarining tilning tabiati, tilning kelib chiqishi, tilning tuzilishi va uning jamiyatdagi roli haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqolada antik tilshunoslik nazariyalarining keyingi tilshunoslik rivojiga ta'siri va zamonaviy tilshunoslik bilan bog'liqligi ko'rib chiqiladi. Maqola antik va klassik tilshunoslikning merosini chuqur tushunishga va uning hozirgi zamon tilshunosligiga qo'shgan hissasi bilan tanishishga yordam beradi.

Umida Turaeva

32-34

2024-12-06

O’ZBEK TILINING MORFEMIKA BO’LIMINI O’RGANISH OBYEKTI. MORFEMALARNING AGGLYUTINATIV TABIATI

Ushbu maqolada  o’zbek tilining morfemika bo’limi haqida ma’lumot, so’zlarning yasalishi, ularning qolipi, so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalar hamda ularning agglyutinativ tabiati yoritib berildi.

Nafisa Mavlonberdiyeva , Alisher Xushanov

740-745

2022-10-19

MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY TABIATI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning oldini olish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uning huquqiy tabiati, xalqaro tajribalar va O‘zbekistonning amaldagi huquqiy tizimi o‘rganiladi. Bunda, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi jamiyatda tengsizlik, o‘zaro nizolarni keltirib chiqarishi, davlat boshqaruvidagi ishonchsizlikni kuchaytirishi mumkinligi ta’kidlanadi. Shu sababli, davlat boshqaruvini shaffoflashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish zarurligi qayd etilgan. Maqolada xalqaro tajriba va amaliyotda olingan o‘rganishlar, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashishda yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish uchun takliflar keltirilgan.

Jamola Najimova , Jahongir Bokiyev

41-47

2025-03-10

SOLIQ MAJBURIYATINING HUQUQIY TABIATI

Mazkur maqolada soliq majburiyatining huquqiy tabiati nazariy-amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Soliq qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.

Bahodir Ergashev

105-114

2024-02-12

``TILNING IJTIMOIY QATLAMLAR BO`YICHA O`ZGARISHI:GENDER VARIATIVLIK``

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi variativlik hodisasi, uning til tizimidagi tabiati va ayniqsa gender variativlik misolida tilning ijtimoiy qatlamlar bo‘yicha o‘zgarishi ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqot doirasida tilning o‘zgaruvchanlik xususiyati, lingvistik birliklarning ijtimoiy faktorlar ta’sirida turlicha shakllanishi hamda erkaklar va ayollar nutqidagi lisoniy tafovutlarning sabablari tahlil qilinadi. Gender lingvistika nuqtayi nazaridan jinsga oid nutq xususiyatlari, ularni yuzaga keltiruvchi sotsiolingvistik omillar, kommunikativ jarayon va madaniy an’analarning tilga ta’siri misollar asosida ko‘rsatib beriladi. Maqolada o‘zbek jamiyatining tarixiy, madaniy va ijtimoiy konteksti bilan bog‘liq ravishda genderga oid nutq modeli qanday shakllanishi, variativlikning til taraqqiyotidagi o‘rni va tilning moslashuvchan tizim sifatida jamiyatdagi rollar bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy asoslangan holda tahlil qilinadi.

Zulxumor Bozorova

21-23

2025-12-22

AYOL FUTBOLCHILAR MEHNATINING HUQUQIY TABIATI VA ULAR MEHNATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHDAGI MUAMMOLAR

So'nggi yillarda ayollar futboli sezilarli o'sish va e'tirofga sazovor bo'ldi va sportchilar jahon arenalarida o'z mahoratini namoyish etish uchun ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Biroq, hayajon va taraqqiyot ortida bir haqiqat bor – ayol futbolchilar tomonidan ular mehnatida duch keladigan mehnat munosabatlari bilan bog'liq muammolar. Ushbu maqolada ayollar futboli dunyosida davom etayotgan muammolar va tengsizliklar, shuningdek professional ayol futbolchilar mehatining huquqiy tabiati va uni tartibga solishdagi o`ziga xos jihatlarini ko'rib chiqiladi.

Aziza Abduxoliqova

36-41

2023-11-28

DAVLAT BYUDJENTNI SHAKLLANTIRISHDA SOLIQ O'RNI

Soliqlar eng muhim iqtisodiy kategoriya bo'lib, tarixan davlatning paydo bo'lishi, mavjudligi va faoliyati bilan bog'liq. Pul resurslarini safarbar qilish usuli, tabiati va ko'lami va ularni sarflash tegishli davlatni tug'dirgan jamiyatning iqtisodiy rivojlanish bosqichiga bog'liq.

Kumush Rizayeva

59-62

2022-10-05

AN`ANAVIY MADANIYATLARDA SIYOSIY YETAKCHILIK TABIATI

Ushbu maqola an'anaviy madaniyatlarda siyosiy yetakchilikning tabiati va shakllanish jarayonlarini tahlil qiladi. An’anaviy madaniyatlarda siyosiy hayot urf-odatlar, diniy e’tiqodlar va ijtimoiy tuzilmalarga asoslangan bo‘lib, boshqaruv tizimlari odatda merosiylik, diniy yetakchilik yoki qabila boshqaruvi orqali shakllangan. Boshqaruvida asosan ijtimoiy va axloqiy qadriyatlarga tayangan bu jamiyatlarda tajribali va dono keksa avlod vakillari alohida ahamiyat kasb etgan. Maqolada siyosiy yetakchilikning turli shakllari, xususan, patriarxal va teokratik tizimlar, shuningdek, qabila boshqaruvi va oqsoqollar kengashi kabi jamiyatda qarorlar qabul qilish usullari ko'rib chiqiladi.. Maqola an'anaviy siyosiy tizimlarning zamonaviy boshqaruvga ta'sirini o'rganadi va bu tizimlarning bugungi siyosiy jarayonlardagi ahamiyatini tahlil qiladi.

Dilrabo Mavlonova

163-165

2025-04-25

“BOBURNOMA” DA O‘RTA ASR MARKAZIY OSIYO JAMIYATI VA TABIATI TASVIRI

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur asari — “Boburnoma” asosida o‘rta asr Markaziy Osiyo jamiyati va tabiati tasviriga ilmiy yondashuv asosida baho berilgan. Muallif asarda mavjud bo‘lgan tarixiy, ijtimoiy, geografik va ekologik ma’lumotlarni tahlil qilib, “Boburnoma”ning nafaqat badiiy-adabiy, balki tarixiy-geografik manba sifatidagi ahamiyatini ochib beradi. Ayniqsa, Boburning kuzatuvchanligi orqali o‘sha davr shahar hayoti, ijtimoiy qatlamlar, dehqonchilik va tabiiy boyliklar haqida tasavvur hosil qilish mumkinligi ko‘rsatib berilgan. Maqolada Markaziy Osiyo hududining iqlimi, relyefi, suv resurslari va flora-faunasi haqida Bobur tomonidan berilgan realistik kuzatuvlar tahlil qilingan. Ushbu yondashuv “Boburnoma”ni tarixshunoslik, geografiya va madaniyatshunoslik fanlari uchun noyob ilmiy manba sifatida ko‘rsatadi.

Muxlisa Usanova

125-128

2025-06-11

IJRO HOKIMYATI FAOLIYATI USTIDAN PARLAMENT NAZORATINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI

Ushbu tezisda ijro hokimyati faoliyati ustidan parlament nazoratiga oid olimlarning  fikrlari hamda parlament nazoratining huquqiy tabiati batafsil bayon qilingan. Shu bilan birga xorijiy olimlarning  parlament nazoratiga oid konsepsiyalari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek parlament nazoratining ilmiy nazariy asoslari tushunchasiga alohida ta’rif berilgan.

Abrorjon Muhammadjonov

46-47

2023-12-09

OʻZBEK MUMTOZ SHEʼRIYATIDA MASNAVIY JANRI TABIATI, GENEZISI, XUSUSIYATLARI

Maqolada oʻzbek mumtoz sheʼriyatida masnaviy janri tabiati, genezisi, xususiyatlari, masnaviy she’riy shaklining kelib chiqishi va shakllanishi muammolari o‘rganilib, ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Muallif qadimgi o’zbek (turkiy) manbalariga tayangan holda, avvalgi ilmiy adabiy asarlar tushunchalarini hisobga olgan holda masnaviy she’riy tizimining ildizlari islomgacha bo‘lgan adabiyotga borib taqalganligini ochib beradi.

Nafosat O’roqova

38-42

2022-09-30

GENDER STEREOTIPLARINING DISKURSIV TABIATI: TIL, IJTIMOIY ONG VA HOKIMIYAT MUNOSABATLARI

ushbu tezisda  diskurs tushunchasi, gender stereotiplarining diskursiv tabiati, ijtimoiy ong va hokimiyat munosabatlari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek , gender va gender stereotiplari haqida tilshunos olimlarning fikrlari berilagan. Bundan tashqari, tezisda diskurs va gender o’rtasidagi bog’liqlik haqida so’z boradi.

Dilafruz Pulatova

24-27

2026-03-05

DOSTOYEVSKIY ASARLARIDA QAHRAMONLAR RUHIYATI

Mazkur maqolada  Dostoyevskiyning “O’lik uydan maktublar” va ”Jinoyat va jazo” asarlarini tahlil qilish asnosida qahramonlar xarakteristikasi ochib beriladi va roman syujetining psixologik tabiati haqida so’z boradi.Maqolada mavzu doirasidagi asosli fikr va mulohazalar keltirib o’tilgan.

Madina Muxammadiyeva, Muborak O’rozova

83-85

2025-06-10

IJTIMOIY TARMOQLARDA TURDOSH HUQUQLAR OBYEKTLARINING HUQUQIY TABIATI VA ULARNING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI

Mazkur tezisda ijtimoiy tarmoqlar sharoitida turdosh huquqlar obyektlarining huquqiy tabiati, ularning raqamli transformatsiyasi hamda fuqaroviy-huquqiy tartibga solish mexanizmlarining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Raqamli muhitda turdosh huquqlar obyektlarining iqtisodiy mazmuni, ularning muomalaga kiritilishi, shartnomaviy tartibga solish xususiyatlari va platformalar bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar yoritiladi.

Lazizjon Bahromov

94-95

2026-02-28

BADIIY MATN FRAZEMALARINING LISONIY TABIATI

Ushbu maqolada badiiy matnda qo’llangan frazemalarning lisoniy tabiati haqida ilmiy va asosli fikr-mulohazalar berib o’tilgan. Maqola davomida frazemalarga xos bo’lgan xususiyatlar hamda ularning badiiy-estetik tomonlari atroflicha o’rganilgan.

Husnibonu Jumanazarova

36-38

2022-06-06

XINAZOLIN-4-TIONNING SINTEZI VA METILLASH REAKSIYALARINI O’RGANISH

Xinazolin-4-tionning turli erituvchilarda metilyodid, dimetilsulfat va metiltozilat bilan metillash  o‘rganilgan. Reaksiyani alkillovchi agent, erituvchi tabiati va temperaturaga qarab N3, O4 va N1 atomlariga borishi ko‘rsatilgan.

F.E. Saitkulov, B.J. Elmuradov, Q.O. Zohidov, U. Kuchkarxadjayev

73-76

2023-12-16

SMART SHARTNOMALAR ORQALI MULK HUQUQINI O‘TKAZISH: HUQUQIY ASOSLAR VA AMALIY MUAMMOLAR

Ushbu maqolada smart shartnomalar tushunchasi, ularning huquqiy tabiati va O‘zbekiston fuqarolik huquqi tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda smart shartnomalar orqali mulk huquqini o‘tkazishning nazariy asoslari hamda amaliy mexanizmlari, xususan, tokenizatsiya va blokcheyn texnologiyalarining ahamiyati yoritiladi. Maqolada O‘zbekiston sharoitida smart shartnomalarni joriy etishni takomillashtirish bo‘yicha huquqiy va institutsional takliflar ilgari suriladi

Shaxnoza Madiyarova

92-96

2025-12-31

RAQAMLI ONG VA SUN’IY INTELLEKT KONTEKSTIDA BILIMNING TABIATI

Maqolada raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt davrida bilimning tabiati masalasi gnoseologik nuqtSI nazardan tahlil etiladi. Muallif raqamli ong, ma’lumot va haqiqat tushunchalarining yangi interpretatsiyalarini ochib beradi. Sun’iy intellekt bilim jarayonidagi sub’yektlik maqomiga ega bo‘la boshlagan zamonda, inson bilimining mohiyati va manbasi qayta ko‘rib chiqilishi zarurligi asoslab beriladi.

Sojida Zoirova

37-38

2025-10-23

AMIR TEMURNING ADOLATLI SIFATLARI VA UNGA ATO QILINGAN TUG’MA XISLATLARI VA TABIATI HAQIDA.

Maqolda buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temurning shaxsiyati, uning tabiati va shaxsiy fazilatlari haqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, uning adolatli siyosati, boshqalarga bo’lgan munosabatlari ushbu maqola matnida joy olgan.

Suxrob Abdullayev , Davron Ergashev , Nurbek Umirzoqov

89-92

2022-11-15

HOZIRGI ADABIYOTDA OCHERKNING O‘RNI VA VAZIFASI

Mazkur maqolada hozirgi adabiyotda ocherk janrining o‘rni va vazifalari tahlil qilinadi. Ish davomida ocherkning kelib chiqishi, tarixiy rivojlanish bosqichlari, janr xususiyatlari va badiiy tabiati o‘rganildi. Shuningdek, zamonaviy adabiyotdagi ocherkning ijtimoiy-estetik ahamiyati, fakt va badiiylik uyg‘unligi hamda muallif pozitsiyasining roli ochib berildi. Tadqiqot natijalari adabiyotshunoslikda ocherk janrini chuqur o‘rganish va amaliy qo‘llash uchun foydali bo‘ladi.

OYGUL HASANOVA

108-113

2026-02-23

ARAB ADABIY NUTQIDA QARAMA-QARSHILIK SAN’ATI VA QOFIYAVIY TUZILISHNING ESTETIK AHAMIYATI

Ushbu maqolada arab tili stilistikasida muhim o‘rin tutadigan antitezа (qarama-qarshilik), qofiyali nasr (as-saj’) va iqtibos kabi uslubiy vositalarning tabiati va nutqiy funksiyalari tahlil qilinadi. Antitezaning mazmun yaratish jarayonidagi roli va uning murakkab hamda sodda ko‘rinishlari misollar orqali izohlanadi. Shuningdek, arab maqollarida keng qo‘llaniladigan qofiyali nasrning estetik ahamiyati va uning tinglovchi ongiga ta’sir kuchi yoritiladi. Maqolada iqtibosning mazmunni ishonarli bayon etishdagi o‘rni ham ko‘rsatilib, Qur’on oyatlari va hadislarning arab nutqidagi ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida arab nutq madaniyatida mazkur stilistik vositalarning muhim badiiy-funksional qiymatga ega ekani asoslab beriladi.

Shahnoza Abdullayeva

113-116

2025-11-17

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SO‘Z TURKUMLARINING KATEGORIYAVIY-GRAMMATIK MODELLARI KOGNITIV VA TIPOLOGIK YONDASHUV

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi so‘z turkumlari tasnifining kategoriyaviy-grammatik asoslarini kognitiv va tipologik yondashuvlar nuqtai nazaridan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida ikki tilning morfologik tuzilmalari, sintaktik imkoniyatlari va semantik-pragmatik xususiyatlari asosida so‘z turkumlarining shakllanishi, o‘zgaruvchanligi va kontekstual moslashuv darajasi qiyosiy tahlil qilinadi. Ingliz tilining analitik-flektiv tabiati va o‘zbek tilining aglutinativ xususiyatlari asosida har bir tilga xos bo‘lgan kategoriya modeli ochib beriladi. Ayniqsa, konversiya, funksional siljish, affiksal differensiyatsiya va paradigma barqarorligi kabi lingvistik hodisalar orqali so‘z turkumlari tizimidagi umumiylik va tafovutlar chuqur yoritiladi. Tadqiqot natijalari tilshunoslikdagi universal va tipologik kategoriya tushunchasini kengaytirishga xizmat qiladi. Natijalar ingliz va o‘zbek tillarini o‘rganishda, shuningdek, kontrastiv tilshunoslik tadqiqotlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Muhtarama Azamatova

43-46

2025-04-07

SURROGAT ONALIK SHARTNOMASINING HUQUQIY TABIATI (TEZIS)

Jamiyat hayotining eng muhim masalasi bu – oila farovonligi hisoblanadi. Oila va fuqarolik huquqidagi eng aktual va murakkabligi bilan birga, muammoli masalalardan biri sifatida qayd qilinadigan jihat surrogat onalik shartnomalarining qonuniyligi masalasini hal qilishdir.  Surrogat onalik shartnomasi amaliyoti AQSh, Rossiya, Markaziy Osiyo va dunyoning turli mamlakatlarida ham nazariy, ham amaliy jihatdan asta-sekin maqbul bo’lib bormoqda[1]. Ayni paytda yuqoridagi manbadan ko’rinib turibdiki, surrogat onalik shartnomasi masalasini nazariy hamda amaliy jihatlarini kishilik jamiyatida huquqiy yechimlarini berish dolzarblik kasb etmoqda. Negaki, kundalik hayotda tartibga solinmagan surrogat onalik bilan bog’liq muammoli ijtimoiy-huquqiy munosabatlar yetarlicha uchraydi.

Jamshid Abdullayev

12-16

2022-08-26

KRIMINALISTIKADA HID IZLARI (ODOROLOGIYA)NING AHAMIYATI, XUSUSIYATI, TABIATI VA O‘RGANISH MEXANIZMI

Mazkur maqola doirasida odorologiyaning fan sifatidagi asosiy mazmuni, jinoyatlarni ochishda va ularni tergov qilishda uning ahamiyati o‘rganildi. Kriminalistik odorologiyani sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish uchun ham qo‘llanilishi tahlil qilindi. Odorologik identifikatsiyaning hid namunalarini aniqlashdagi mohiyati bayon etildi.

Sadoqatxon Yo‘lchixonova

125-130

2023-10-30

1 - 25 of 144 items 1 2 3 4 5 6 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy