Ushbu tezisda, davlat byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanishni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor moliyaviy nazorat tizimining samaradorligini oshirish, byudjet mablag‘larini maqsadli ravishda sarflash, shaffoflikni ta’minlash va xalqaro tajribalardan foydalanishga qaratilgan. Tezisda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, byudjet jarayonidagi monitoring tizimlarini kuchaytirish, shuningdek, huquqiy va normativ asoslarni takomillashtirish zarurligi ko‘rsatilgan. Mazkur tadqiqot davlat byudjeti tizimini yanada samarali boshqarish uchun amaliy tavsiyalar va takliflar taqdim etadi, shu bilan birga, byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlar ishlab chiqiladi.