Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

KORXONALAR FAOLIYATIDA ICHKI MOLIYAVIY NAZORAT USULLARI VA NAZORAT QILISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Ushbu maqolada korxonalar faoliyatida ichki moliyaviy nazorat usullari va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Ichki moliyaviy nazorat tizimi korxonaning moliyaviy barqarorligi va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning to‘g‘ri tashkil etilishi korrupsion xavflarni kamaytirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Zafarjon Zokirov

81-84

2025-03-24

MOLIYAVIY NATIJALARNING HAQQONIYLIGINI BAHOLASHDA ICHKI NAZORAT TIZIMINING ROLI

Ushbu maqolada moliyaviy natijalarning haqqoniyligini ta’minlashda ichki nazorat tizimining o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot davomida ichki nazorat tizimining asosiy tarkibiy qismlari, ularning moliyaviy hisobotlarga ta’siri hamda xatoliklar va firibgarliklarning oldini olishdagi roli tahlil qilindi. Shuningdek, xalqaro standartlar (jumladan, COSO modeli) hamda O‘zbekiston amaliyotidagi real misollar asosida nazorat tizimining samaradorlik darajasi baholandi. Muallif ichki nazorat mexanizmlarining takomillashtirilishi orqali tashkilotning moliyaviy shaffofligini oshirish, investitsion jozibadorligini kuchaytirish mumkinligini asoslab berdi. Maqola natijalari amaliyotchi auditorlar, buxgalterlar hamda moliyaviy menejerlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Abduraxmon Karimov

73-76

2025-07-14

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI TIZIMI FAOLIYATINING NATIJALARI TAHLILI

Ushbu  maqola  moliyaviy  nazorat  organlarining  faoliyatini muvofiqlashtirish  masalalari  bo'yicha  tahlil  qiladi.  Maqolada,  moliyaviy  nazorat organlarining  asosiy vazifalari  va  ularning  faoliyatining  mohiyati,  muhimligi  va zarur  bo'lganligi  keltiriladi.  Shuningdek,  muvofiqlashtirish  bo'yicha  muammolar, huquqiy va ilmiy ta'limga oid masalalar, shu jumladan, moliyaviy nazorat organlarining  ta'sir  ko'rsatish  va  moliyaviy  xavfsizlikni  ta'minlashda  o'z  o'rinini o'zida olganligi taqqoslanadi.Maqola, moliyaviy nazorat organlarining o'z faoliyati va ularga  tegishli   muhim   masalalarni   taqqoslashni   maqsad   qiladi.   Maqola, moliyaviy  nazorat  organlarining  amalga  oshirishdagi  eng  muhim  tushunchalarni, ularning faoliyatining belgilangan bosqichlarini, muvofiqlashtirish jarayonida duch kelgan  muammolarni,  shuningdek,  moliyaviy  nazorat  organlarining  faoliyatini muvofiqlashtirishdagi ilmiy-ijtimoiy muammolarni tahlil qiladi

Eldor Xusanov

31-36

2024-06-19

SMARTFON YORDAMIDA INSON SALOMOTLIGINI SHAXSIY NAZORAT QILISH TIZIMLARI

Smartfonlar orqali inson salomatligini nazorat qilish tizimlari hayotimizni o'zgartirayotgan va bizning salomatligimizga ko'p imkoniyatlar taqdim etayotgan yangiliklaridan biridir. Bugungi kunda, har bir inson smartfonga ega va bu tizimlardan foydalanishimiz bizning salomatligimizni saqlashga yordam beradi. Smartfonlar salomatlik tizimlari uchun qulay va kuchli vositalardir. Bu tizimlar sizning salomatlik holatingizni nazorat qilish va yangiliklardan xabardor bo'lishingizga yordam beradi. Bu maqola smartfonlar orqali inson salomatligini nazorat qilish tizimlarining muhimligi haqida. Yurish tezligi, kaloriya miqdori, tashvish darajasi, stres, uyqu va faoliyat rejimi kabi ko'plab hayot ko'rsatkichlari smartfon yordamida nazorat qilinishi mumkin. Bu tizimlar insonlarga salomatlikni saqlash uchun ko'plab imkoniyatlar taqdim etishga yordam beradi va hayotlarini sifatliroq va sog'liqni saqlab qolishiga yordam beradi.

Javlon Jumanazarov , Jalol Daminov Jalol

77-79

2023-05-12

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONIDA KOMPLAENS NAZORAT TIZIMLARINING AHAMIYATI VA KORRUPSIYANI OLDINI OLISHDAGI O‘RNI

Ushbu maqolada komplaens nazorat va korrupsiya tushunchasi, komplaens nazorat tizimining mazmun-mohiyati, asosiy vazifalari, tarkibiy elementlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashishdagi samaradorligi yoritib beriladi. Davlat va xususiy sektor tashkilotlarida komplaens nazorat tizimini joriy etish orqali shaffoflikni ta’minlash va boshqaruv samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

Rahmatilloev Husniddin Ulug‘bek o‘g‘li, Jurabayev Xayrulla Saydullayevich

66-72

2026-01-23

ICHKI NAZORAT TIZIMI SAMARADORLIGINI ANIQLASHDA XORIJ TAJRIBALARI

Ichki nazorat tizimini aniqlashda xorij tajribasi ancha oldinda desak xato qilmagan bo‘lamiz. Xorijiy davlatlardan Rossiya federatsiyasi olimlari izlanishlari va tadqiqotlari natijasiga nazar soladigan bo‘lsak, ular ichki nazorat tizimi korporativ boshqaruvning asosiy bo‘g‘ini deb hisoblaydi. Hozirgi kunda esa korporativ boshqaruvga bo‘lgan talab oshib bormoqda, chunki korporativ boshqaruv yaxshi yo‘lga qo‘yilgan tashkilotlarda rivojlanish odimlanayotganiga guvoh bo‘lamiz. Rossiya olimlaridan biri I.Krasnovaning fikricha, haligacha ichki nazorat tizimini aniqlashning aniq bir tartibi ishlab chiqilmagan. Olim ichki nazorat tizimini tushunishda korxonaning strukturasi, metodikasi, biznes jarayoni, kuzatuv kengashi, nazorat va ijro organlari, moddiy javobgar shaxslar va boshqa shu kabi shaxslarning qabul qiladigan qarorlari bilan bog’laydi.

Kholisa Kuldosheva

73-77

2026-02-09

MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA G‘AZNACHILIK VA MOLIYAVIY RESURSLARNI BOSHQARISHDA TARTIBGA SOLISHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH

 Ushbu  maqola  moliyaviy  nazorat  organlarining  faoliyatini muvofiqlashtirish  masalalari  bo'yicha  tahlil  qiladi.  Maqolada,  moliyaviy  nazorat organlarining  asosiy vazifalari  va  ularning  faoliyatining  mohiyati,  muhimligi  va zarur  bo'lganligi  keltiriladi.  Shuningdek,  muvofiqlashtirish  bo'yicha  muammolar, huquqiy va ilmiy ta'limga oid masalalar, shu jumladan, moliyaviy nazorat organlarining  ta'sir  ko'rsatish  va  moliyaviy  xavfsizlikni  ta'minlashda  o'z  o'rinini o'zida olganligi taqqoslanadi.Maqola, moliyaviy nazorat organlarining o'z faoliyati va ularga  tegishli   muhim   masalalarni   taqqoslashni   maqsad   qiladi.   Maqola, moliyaviy  nazorat  organlarining  amalga  oshirishdagi  eng  muhim  tushunchalarni, ularning faoliyatining belgilangan bosqichlarini, muvofiqlashtirish jarayonida duch kelgan  muammolarni,  shuningdek,  moliyaviy  nazorat  organlarining  faoliyatini muvofiqlashtirishdagi ilmiy-ijtimoiy muammolarni tahlil qiladi.

 
VOSIJON SALIMOV

92-97

2025-05-21

KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINING ICHKI NAZORAT VA AUDIT BILAN BOG‘LIQLIGI

Mazkur tezisda buxgalteriya hisobining ichki nazorat tizimi va audit bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. Korxonada buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilishi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi aynan ichki nazorat va auditning mavjudligi, samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq. Tadqiqotda buxgalteriya hisobini tashkil etishda nazorat va audit mexanizmlarining roli, ularning funksional jihatlari va amaliyotdagi holati yoritilgan.

Maloxatoy Abdumalikova

91-93

2025-05-19

MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARINI HOZIRGI KUNDAGI MUAMMOLARI VA UNI BARTARAF ETISH USULLARI

Maskur tezis mahalliy byudjeti mablaglaridan samarali foydalanish va muammolarni bartaraf etish yo‘llari to‘g’risida keng ko‘lamda aytib o‘tilgan. Asosan daromadlar maqsadli ravishda xarajatlarga yo‘naltirilishi moliyaviy nazorat orqali amalga oshirilayotgani yoki aksincha, teskari holatda ekanligi keltirilib o‘tilgan

G‘.N. Mamadjonov

104-106

2024-02-21

CHET TILI TA’LIMIDA NAZORAT ISHLARINI YARATISHNING ILMIY-PEDAGOGIK TAMOYILLARI

Chet tili ta’limida nazorat ishlarini ishlab chiqish va qo‘llash jarayoni ta’lim sifati va o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini baholashda muhim o‘rin tutadi. Nazorat shakllarini tanlashda asosiy tamoyil – ularning sinovdan o‘tkaziladigan nutq faoliyati turlariga adekvatligidir. O‘qituvchi o‘quv jarayonining joriy bosqichlarida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tizimli kuzatish, ularning o‘quv faoliyatidagi faolligi, nutqiy tafakkuri hamda o‘zlashtirish dinamikasini aniqlash orqali samarali diagnostika olib boradi. Joriy va davriy nazorat turlari o‘qituvchiga o‘quvchining bilim darajasi, chet tilidagi amaliy nutq ko‘nikmalari, ta’lim jarayoniga munosabati hamda mustaqil fikrlash qobiliyati to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beradi.

Сурайё Мусаева

58-65

2025-10-13

KONSTITUTSIYAVIY NAZORAT QOʻMITASI A’ZOLARINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY HOLATI

Mazkur tezisda Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi a’zolarining konstitutsiyaviy-huquqiy holati shuningdek konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi a’zolarining qasamyodini ,vakolatlari, ularni tayinlash va ozod etish tartibi, daxlsizlik kafolatlari hamda mustaqilligini ta’minlovchi huquqiy asoslar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro tajriba bilan solishtirish asosida O‘zbekiston Respublikasidagi konstitutsiyaviy nazorat organi a’zolarining maqomi yanada chuqur yoritiladi. Tadqiqot natijasida ushbu organ a’zolarining huquqiy maqomini takomillashtirish bo‘yicha xulosalar va takliflar ilgari suriladi.

Aytgul Kurbanbayeva

104-108

2025-09-15

MCHJLARDA DAVR XARAJATLARI AUDITI VA ICHKI NAZORAT TIZIMINING ROLI

Mazkur tezisda mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda davr xarajatlarini audit qilishning mohiyati, ichki nazorat tizimi orqali ularni samarali boshqarish imkoniyatlari hamda buxgalteriya axborotining aniqligini ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda xarajatlar tasnifi, ularning hujjatlashtirilishi, auditorlik yondashuvlari va amaliy holatlar asosida yuzaga keladigan xatolar tahlil qilinadi. Ichki audit vositalari orqali davr xarajatlarini baholashda foydalaniladigan mezonlar va nazorat mexanizmlari ochib berilgan.

Asilbek Aliyev

111-113

2025-05-19

"VAZIRLIK VA IDORALARDA ICHKI AUDIT JARAYONLARI VA NAZORAT OBYEKTLARI BILAN TANISHISH (QISHLOQ XO’JALIGI VAZIRLIGI MISOLIDA)

Maqolada O'zbekiston Respublikasining Qishloq xo'jaligi vazirligi misolida ichki audit jarayonlari va nazorat obyektlari tahlil qilinadi. Qishloq xo'jaligi sohasidagi nazorat va audit faoliyatining ahamiyati, samaradorligi va ularning strategik roli ko‘rib chiqiladi. Ichki audit jarayonlari muhim boshqaruv vositasi sifatida, vazirliklar va idoralarda moliyaviy resurslar, xatarlarni boshqarish, operatsion samaradorlik va shaffoflikni ta'minlash uchun qanday amalga oshirilishi lozimligi haqida batafsil ma'lumot berilgan.

Mardona Azizova

4-8

2025-11-06

INVESTITSION RISKLARNI ANIQLASH VA BARTARAF ETISHDA NAZORAT TIZIMINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Mazkur maqolada investitsion risklarning mohiyati, ularning turlari hamda bu xavflarni aniqlash va kamaytirishda zamonaviy nazorat tizimlarining o‘rni tahlil qilinadi. Muallif sun’iy intellekt, raqamli monitoring, risk-reyting tizimlari va ERP/CRM kabi texnologiyalar asosida ishlovchi nazorat mexanizmlarining samaradorligini ochib beradi. Xalqaro tajriba, jumladan, OECD mamlakatlari, Xitoy va O‘zbekiston amaliyoti misolida ilg‘or yondashuvlar o‘rganiladi. Maqolada investitsion xavflarni real vaqt rejimida aniqlash, baholash va oldini olishda kompleks yondashuvlar zarurligi asoslab berilgan. Xulosa sifatida, innovatsion nazorat texnologiyalarini keng joriy etish investitsiya muhitining barqarorligini va sarmoyadorlar ishonchini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

Behzod Hamidov

18-22

2025-07-09

PARLAMENT VA HISOB PALATASINING MOLIYAVIY NAZORAT SOHASIDAGI VAZIFALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada davlatning moliyaviy nazorat funksiyasini amalga oshiruvchi Hisob palatasi va parlamentning moliyaviy nazorat sohasidagi vakolatlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan bo‘lib, moliyaviy nazorat funksiyasini amalga oshirishda vujudga kelayotgan ayrim muammolar va ularning yechimlariga atroflicha muhokama qilingan.

Zilola Ochilova

129-131

2023-11-29

MOLIYA XO‘JALIK FAOLIYATINI NAZORAT VA TAFTISH KILISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI

Maqolada global moliyaviy tartibga solish nazariyasi va amaliyoti muhokama qilinadi. Jahon moliyaviy inqirozining sabablaridan biri (2007 – 2009) ko'pincha moliya sektorini etarli darajada yoki etarli darajada tartibga solish va nazorat qilish deb ataladi. Jahon moliyaviy inqirozi moliyaviy innovatsiyalar bilan hamqadam bo'la olmaydigan mavjud tartibga solish tizimining kamchiliklarini aniqladi. Binobarin, barcha yirik iqtisodiyotlar uni nazorat qilish va tartibga solishni doimiy ravishda takomillashtirish bilan shug'ullanadi. Rossiya konsolidatsiyalangan nazoratning xalqaro tendentsiyalariga muvofiq moliyaviy bozorlarni tartibga solish tizimini isloh qildi va Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki oldida mega-regulyatorni yaratdi. Umid qilamanki, tizim moliyaviy - bank sektorini nazorat qilish va tartibga solish uchun mas'ul bo'lgan turli sub'ektlar o'rtasida muvofiqlashtirish va axborot almashinuvini oshiradi va shuning uchun tartibga solish nazoratining asosiy maqsadi bo'lgan yanada murakkab risklarni boshqarish tizimini yaratadi.

Shavkatjon Usmonov

946-954

2022-11-26

KORPORATIV BOSHQARUVDA NAZORAT TIZIMI SAMARADORLIGINI TA`MINLASH MASALALARI

Korporativ boshqaruvda nazorat tizimi samaradorligi, tizimning kompaniya faoliyatini optimal tarzda boshqarish, resurslarni samarali ishlatish, xatolarni aniqlash va oldini olish, shuningdek, tashkiliy maqsadlarga erishishda muhim rol o'ynaydi. Samaradorlikni ta'minlash uchun nazorat tizimi bir nechta omillarni o'z ichiga olishi kerak. Samaradorlikni baholashda quyidagi jihatlar muhim ahamiyatga ega. Ma'lumotlarning to'liqligi va aniqligi. Nazorat tizimining samaradorligi to'plangan ma'lumotlarning to'g'riligi va ishonchliligiga bog'liq. Agar tizim aniq va real vaqtda ma'lumotlarni taqdim etsa, rahbariyat to'g'ri qarorlar qabul qilishda yordam oladi. Ma'lumotlar aniqligi va to'liqligi, nazorat tizimining ishonchliligini oshiradi.  Xatoliklarni aniqlash va oldini olish.

Zilola Muxtarova

75-77

2025-06-23

VOYAGA YETMAGANLARGA JINSIY TAJOVUZ SODIR ETUVCHI SHAXSLAR(PEDOFILLAR)NI NAZORAT QILISH MEXANIZMLARI: AQSH TAJRIBASI

Mazkur maqolada voyaga yetmaganlarni zo‘rlash yoki nomusiga tegish jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar, jumladan pedofillarni nazorat qilishning huquqiy, tashkiliy va amaliy mexanizmlari AQSH tajribasi misolida kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda pedofiliya tushunchasining ilmiy-huquqiy mazmuni, jinsiy jinoyat sodir etuvchi shaxslarni aniqlash, ro‘yxatga olish, probatsiya va postpenitensiar nazorat qilish, elektron monitoring hamda reabilitatsiya choralarining samaradorligi yoritilgan. AQSHda joriy etilgan Sex Offender Registration and Notification Act (SORNA), Megan’s Law kabi huquqiy mexanizmlar hamda Bureau of Justice Statistics ma’lumotlari asosida pedofillarni nazorat qilish tizimining amaliy natijalari tahlil qilingan. Shuningdek, jamoatchilik ishtirokidagi profilaktika, bolalar xavfsizligini ta’minlash va takroriy jinoyatlarni oldini olishda ilg‘or xorijiy tajribani milliy amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Elmira Askarova

54-58

2025-12-15

KOMPLAENS NAZORAT KORXONADA ICHKI NAZORAT SHAKLINI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI

Komplaens nazorat qilish - bu kompaniyadagi boshqaruv va nazorat tizimi, qonun talablariga rioya qilmaslik xavfi bilan bog'liq; me'yoriy hujjatlar, nazorat organlarining qoidalari va standartlari, kodekslar xatti-harakatlari, kompaniyaning boshqa me'yoriy hujjatlari.

Mehriniso Aminova

14-17

2024-08-23

MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARNING HAR XIL TURLARI VA ULARNI TARTIBGA SOLISH

Maqola raqamli iqtisodiyotning moliyaviy huquqqa ta'sirini o'rganishga bag'ishlangan. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida yangi texnologiyalar, bir tomondan, huquqiy tartibga solish predmetining kengayishiga olib keladi, boshqa tomondan, tartibga solish, boshqarish, moliyaviy nazorat va nazoratga yordam beradigan vosita ekanligi aniqlandi. Ishda moliyaviy texnologiyalarning har xil turlari, birinchi navbatda tartibga soluvchi (RegTech) va nazorat qiluvchi (SupTech) ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, muallif "tartibga solish texnologiyalari" atamasi umuman muvaffaqiyatsiz degan xulosaga keladi. Bundan tashqari, shuni aytish kerakki, tor ma'noda moliyaviy texnologiyalar bu faqat moliya bozorlarida qo'llaniladigan vositalar va usullarning to'plami, keng ma'noda — moliyaviy tartibga solish, nazorat qilish va nazorat qilish bilan bog'liq barcha sohalarda qo'llaniladi.

Shaxlo Begmatova

81-84

2022-12-31

NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI

Mazkur maqolada nazorat qilish va baholashning zamonaviy usullari va ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida interfaol ta’lim metodlarining o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri o‘rganildi. Xususan, 5-sinf informatika fanida "Nazorat qilish va baholashning zamonaviy usullari" mavzusida interfaol metodlar qo‘llangan (5-A sinf) va an’anaviy yondashuvdan foydalangan (5-B sinf) sinflar natijalari taqqoslandi. Gistogramma natijalari shuni ko‘rsatdiki, interfaol metodlar, jumladan, Jigsaw pazl, gamifikatsiya, elektron testlar va "Fishbowl" usullaridan foydalanish o‘quvchilarning faolligi, tushunish darajasi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshiradi.

Jasurbek Elboyev , Muxiba Yaxiyaxonova , Sevinch Negmatova

68-73

2025-07-28

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BYUDJETI VA XARAJATLARI STATISTIK TAHLILI

 Mazkur maqolada davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanish va moliyaviy nazoratni kuchaytirish yo’llari to’g’risida keng ko’lamda ko’rsatib o’tilgan. Asosan daromadlar maqsadli ravishda xarajatlarga yo’naltirilishi orqali satistik ma`lumotlari  keltirilib o’tilgan.

Mahfuza Nabixadjayeva , Ilyos Abdullayev

845-849

2024-07-31

NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI

Zamonaviy nazorat va baholash usullari o‘quvchilarning faolligini oshirish, individual yondashuvni ta’minlash va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Jumladan, formatif baholash, portfoliolarni yuritish, reflektiv tahlil, masofaviy test tizimlari va sun’iy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan baholash metodlari o‘quv jarayonini yanada samarali bo’lishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, interfaol texnologiyalardan foydalanish orqali nazorat jarayonining shaffofligi ta’minlanib, o‘quvchilarga o‘z natijalarini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratiladi.

Gulnoza G‘ulamova , Muxiba Yaxiyaxonova , Sevinch Negmatova

54-58

2025-07-28

KORXONALARDA QARORLAR BAJARILISHI NAZORATI: MOHIYAT, TAMOYIL, MEZON VA YO’LLAR

Maqolada korxonalarda qarorlarning bajarilishini nazorat qilishning dolzarbligi, ularning mohiyati hamda uning tamoyillari bayon etilgan. SHuningdek qarorlar ijrosining nazorat qilish mezoni, yo’llari ko’rsatib o’tilgan, sohada to’siq bo’luvchi ayrim muammolar ifodasini topgan va qarorlar ijrosining nazoratini samarali tashkil etish uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Fotimaxon Ergasheva, Dilshodjon Rustamov

82-86

2024-01-25

KATTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARINI INOBATGA OLGAN HOLDA O‘QUV-KOGNITIV FAOLIYATINI NAZORAT QILISHNI TASHKIL ETISH

Mazkur maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘quv-kognitiv faoliyatni monitoring va nazorat qilishning pedagogik-psixologik asoslari, alohida ta’lim ehtiyojlariga (ATE) ega bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos yondashuvlari hamda adaptiv baholash vositalaridan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, inkluziv ta’lim sharoitida kuzatish, tashxis, rivojlantiruvchi nazorat va individual ta’lim trayektoriyalarini yaratish mexanizmlari yoritilgan.

Durdona Ahmadjonova

55-57

2025-11-10

##navigation.items## 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy