Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TARIXIY-FALSAFIY MEROSINING KOMIL INSON TARBIYASIDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosida komil inson tarbiyasiga oid g‘oyalar tahlil etiladi. Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy kabi allomalarning asarlarida ifodalangan axloqiy, ma’naviy va ilmiy yetuklik mezonlari asosida komil inson tushunchasining mohiyati ochib beriladi. Maqolada shuningdek, bu merosning zamonaviy tarbiya tizimidagi ahamiyati, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Tarixiy-falsafiy qarashlar orqali yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, halollik, ezgulik va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish zarurligi asoslab berilgan.

Ziyba Aytmuratova

112-113

2025-06-30

XALQ PEDAGOGIKASI - "KOMIL INSON" SHAXSINI SHAKLLANTIRUVCHI OMIL SIFATIDA

"Komil inson" shaxsini shakllantiruvchi asosiy omillarning biri bu xalq pedagogikasidir. Shu bois, mazkur maqolaning asl maqsadi "komil inson" shaxsini shakllantirishda xalq pedagogikasining ahamiyatini ko'rsatib berishdan iborat. Chunki, xalq pedagogikasi bir kishi yoki jamiyatning o'ziga xos qobiliyatlarini va potensialini oshirishga va rivojlantirishga yordam berishni maqsad qiladi. Xalq pedagogikasi, insonlarga o'zlarining qobiliyatlarini aniqlash, ularni rivojlantirish, o'zlarining o'zaro munosabatlari va jamiyat bilan hamkorlikda yashashni o'rgatishni o'z ichiga olgan ilmiy va amaliy fan sifatida tanilgan. "Komil inson" shaxsini shakllantiruvchi asosiy omil, bu jamiyatning har bir a'zosi uchun muhimdir, chunki bu omil, insonlarning o'zlarini rivojlantirishiga yordam beradi va jamiyatning umumiy rivojlanishiga imkon yaratadi.

Maxsetbay Aytimbetov

133-136

2023-09-22

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA IDEAL INSON KONSEPSIYASI

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning badiiy merosida “komil inson” konsepsiyasining talqini tahlil etiladi. Mutafakkirning ilm, ma’rifat, adolat, axloqiy poklik, insonparvarlik va vatanparvarlik haqidagi qarashlari, shuningdek, u ilgari surgan ideal inson timsolining asosiy fazilatlari ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Tadqiqotda “Hayrat ul-abror”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlardan hamda “Xamsa” qahramonlari obrazlaridan misollar keltirilib, komil insonning axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy qiyofasi ochib beriladi. Maqolada Navoiy qarashlarining bugungi davr uchun ham dolzarbligi ta’kidlanadi va komil inson ta’limotining zamonaviy jamiyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi ko‘rsatiladi.

MAXLIYO MIRZAAXMEDOVA

113-116

2025-08-19

ETIKA VA ESTETIKA – INSON MA’NAVIY OLAMINING O’ZARO UYG’UNLIGI

Ushbu maqolada etika va estetika falsafaning muhim bo‘limlari sifatida tahlil qilinadi hamda ularning inson ma’naviy olamidagi o‘zaro uyg‘unligi yoritiladi. Etika axloqiy qadriyatlar, vijdon, burch, adolat va mas’uliyat tushunchalari orqali shaxsning ichki dunyosini shakllantirishi, estetika esa go‘zallik, nafosat va san’at orqali insonning didi va his tuyg‘ularini rivojlantirishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, axloqiy poklik va estetik go‘zallikning birligi komil inson tarbiyasining muhim sharti ekani asoslab beriladi. Maqolada Sharq mutafakkirlarining qarashlari misolida etika va estetikaning uyg‘unligi jamiyat taraqqiyoti va barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni ochib berilgan.

Aziza Normurodova , Ma'rufjon Sadinov

112-113

2026-01-12

NAVOIY NIGOHIDA SO`Z QUDRATI VA EZGULIK FALSAFASI

Ushbu maqolada buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodidagi insonparvarlik, ezgulik va komillik g‘oyalari tahlil etiladi. Muallif Navoiy asarlarining zamonaviy talqini va undagi axloqiy-falsafiy qarashlarni yoritib, shoirning inson, so‘z, tafakkur, sahovat va iymon kabi tushunchalarga bo‘lgan yondashuvini ochib beradi. Navoiy asarlarida ifodalangan gumanizm, mehr-oqibat, haqiqatparastlik, ezgu niyat, halollik va adolat kabi qadriyatlarning doimiy dolzarbligi alohida ta`kidlab o`tiladi. Maqolada shoirning g‘azal, ruboiy va dostonlaridagi obrazlar misolida inson qalbi va ruhiy olami chuqur tahlil qilinadi.

Shodiyona Davlatova

75-78

2025-05-19

SUFI ANTROPOLOGIYASI VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK HUMANIZM: UMUMIY METODOLOGIK ASOSLAR.

Ushbu tezisda sufi tafakkurida shakllangan inson haqidagi tasavvurlar – ya’ni insonning ilohiy manbadan kelib chiqqanligi, uning ruhiy-poklanish imkoniyati cheklanmaganligi, qalb markaziy aksiologik mezon sifatida talqin etilishi va inson kamolotining ijtimoiy xizmat bilan yakun topishi – zamonaviy pedagogik humanizm konsepsiyalari bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Sufi antropologiyasi insonni “ichki imkoniyatlari uyg‘otilishi kerak bo‘lgan mavjudot” sifatida ko‘rsa, humanistik pedagogika ham shaxsni o‘zini ro‘yobga chiqarish salohiyatiga ega bo‘lgan, erkinlik, hurmat va dialog orqali kamol topadigan subyekt sifatida talqin etadi. Tadqiqotda matnshunoslik, aksiologik tahlil va konseptual rekonstruksiya metodlari asosida ikki an’ananing ontologik (inson tabiati haqidagi), gnoseologik (bilish usullari haqidagi) va aksiologik (qadriyatlar iyerarxiyasi haqidagi) umumiyliklari yoritiladi. Xulosada sufi antropologiyasining zamonaviy ta’limni insonparvarlashtirish, dars muhitida hurmat va xizmat tamoyillarini kuchaytirish hamda o‘qituvchining yo‘lboshlovchi rolini asoslashdagi metodologik salohiyati ko‘rsatib beriladi.

Nuriddin Xoshimov

33-35

2025-10-31

KITOB TARIXI

maqolada kitobning yaratilish tarixi, ilk bosmaxonalarning qanday vujudga kelganligi, qadimgi xattotlik tarixidan boshlab bugungu kunda kitobning inson hayotidagi tutgan o’rni haqida so’z yuritiladi. Kitob tufayli biz qadimgi tarix haqida ma’lumotlarga ega bo’lishimiz, qadimgi madaniyat, urfodatlardan xabardor bo’lishimiz va bularning bari kitob orqali avloddan avlodga etkazuvchi vosita ekanligi haqida gapiriladi. Hozirgi kunda zamonaviy aloqa vositalaridan foydalanish juda qulay, oson bo’lishiga qaramay kitob o’qishning zavqi, inson xulqatvoriga, hissiyotlariga ta’siri o’zgachadir. Kitob shunday kuchqudratga egaki, insonning butun hayotini o’zgartirib yuborishga qodir. Kitob inson tarbiyasiga, uning komil inson bo’lib etishishiga, o’zligini, butun dunyoni tanishida juda katta rol o’ynaydi.

Jumaniyazova N.A., Mavlonova Sh.T

942-944

2021-12-31

TASSAVUF VA KOMIL INSON G’OYASI

Bugungi kunda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol avlodni komillik darajasida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sattarov I’nomjon Odilbay o’g’li

91-94

2022-02-05

NAVOIY QALAMIDA BARKAMOL AYOL TIMSOLI

Ma’ruzada buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy asarlarida ayollar timsoli orqali komil inson g‘oyalari targ‘ibining ayrim jihatlari o‘rganiladi. Buning uchun uning xalq orasida hikmatli so‘zga aylanib ketgan bir necha  bayti sharhlanadi, shuningdek, “Hayrat ul-abror”, “Saddi Iskandariy”, “Tarixi muluki Ajam” asarlaridagi ba’zi xotin-qizlar timsollari tahlil etiladi.

Ziyoda G‘afforova

640-642

2025-01-14

NAVOIY IJODINI O‘QITISHDA NOAN’ANAVIY YONDASHUV

Maqolada Alisher Navoiy asarlarini maktabda o‘qitish  hamda fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq holda tushuntirish haqida so‘z boradi. Adabiy ta’limda shoir ijodini o‘rganish, uni targ‘ib qilish,  yosh avlodda har tomonlama komil inson sifatlarini  shakllantirishning  muhim  asosi. Shunday ekan dars jarayonida noan’anaviy usullar ya’ni, videoo‘yinlar orqali topshiriqlarni bajarish to‘g‘risida tavsiya beriladi.

Marjona Toshpulatova

48-50

2024-12-16

NAVOIY QALAMIDA BARKAMOL AYOL TIMSOLI

Ma’ruzada buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy asarlarida ayollar timsoli orqali komil inson g‘oyalari targ‘ibining ayrim jihatlari o‘rganiladi. Buning uchun uning xalq orasida hikmatli so‘zga aylanib ketgan bir necha  bayti sharhlanadi, shuningdek, “Hayrat ul-abror”, “Saddi Iskandariy”, “Tarixi muluki Ajam” asarlaridagi ba’zi xotin-qizlar timsollari tahlil etiladi

Ziyoda G‘afforova

500-502

2025-01-12

KUTUBXONALAR FAOLIYATIDA MULOQOT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH USULLARI.

Ushbu maqolada bolalarning komil inson bo’lib shakllanishidagi psixologik-pedagogik masalalar, muloqotning muvaffaqiyatli bo'lishida kutubxonachi va shaxs sifatlarining o'rni, kutubxona-axborot muassasalarining foydalanuvchilarni  muloqot madaniyati  usullarini o'rgatish masalalari yoritilgan.

Mirsoat Isxakov

154-158

2025-01-31

TASSAVUF VA KOMIL INSON G’OYASI

Bugungi kunda  mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini  oshirish,  aholi,  ayniqsa,  yoshlarning  intellektual  salohiyati,  ongu  tafakkuri  va  dunyoqarashini  yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat  va  sadoqat  tuyg’usi  bilan  yashaydigan  barkamol  avlodni komillik darajasida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sattarov I’nomjon Odilbay o’g’li

91-94

2022-02-11

KITOB INSON MA’NAVIYATINING KO’ZGUSI

Ushbu maqolada  maqsadli   avlodni  yetuk barkamol yosh avlodni tarbiyalash, ularni  kelajakda komil shaxs bolib yetishishlari uchun harakat qilish. Zeroki, Kelajak – yoshlar qo’lida.

Nafisa Isaqova

36-37

2023-01-10

ABDULXOLIQ GʻIJDUVONIY MAʼNAVIY MEROSINING KOMIL INSON TARBIYASIDAGI OʻRNI

Ushbu maqola buyuk mutafakkir Abdulxoliq Gʻijduvoniy shaxs maʼnaviyatini shakllantirishdagi ahamiyati ularning inson kamolotidagi oʻrni kabi masalalar haqida fikr yuritilgan.

Behruz Boltayev , Shaxinabonu Abdurashidova , Sevinchbonu Keldiyorova , Umida Toshmurodova

203-207

2022-12-13

YEVROPA VA O‘ZBEKISTON TA’LIM FALSAFASI: QADRIYAT VA METODOLOGIK YONDASHUVLAR QIYOSI

Ushbu maqolada Yevropa va O‘zbekiston ta’lim falsafasining tarixiy shakllanish jarayoni, qadriyat tizimi hamda metodologik asoslari qiyosiy tahlil qilinadi. Ta’lim falsafasi shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi ma’naviy-intellektual aloqalarni ifoda etuvchi nazariy yo‘nalish bo‘lib, uning mazmuni milliy qadriyatlar bilan global tamoyillar uyg‘unligida shakllanadi. Yevropa ta’lim falsafasi inson markaziyligi, tanqidiy fikrlash, sekulyar va kompetensiyaga asoslangan yondashuv bilan tavsiflansa, O‘zbekiston ta’lim falsafasi milliy-ma’naviy qadriyatlarga, komil inson g‘oyasiga va integratsion tamoyillarga asoslanadi. Tadqiqotda falsafiy-metodologik, tarixiy-komparativ va aksiologik tahlil uslublari qo‘llanildi.

Zafarbek Karimov

75-77

2025-10-20

1 - 16 of 16 items

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy