Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

ISLOM SHARIYATI VA ZAMONAVIY DAVLATDA AYOLLAR HUQUQLARINING QIYOSIY TAHLILI

Ayollar huquqi islom hamjamiyatining asosiy diqqat-markazida bo‘lgan masalalaridan biridir.  Butun dunyo va O‘zbekistonda musulmonlar idorasi, fatvo bo‘limlariga har yili ko‘plab ayol-qizlarning masalasiga doir savololar, taklif-mulohazalar yetib keladi. Ayollar huquqiga islom dinida erkaklarnikidan kam e’tibor qaratilgan emas.  Ayollarning oila va jamiyatdagi huquqi erkaklarnikidan deyarli farq qilmaydi. Ayollar oilada ona, rafiqa sifatida o‘rin topgan bo‘lsa, jamiyatning to‘laqonli bir qismi hisoblanadi.

Muxlisa Narimonova , Zarifa Mamazova

117-122

2025-04-24

SPORT TASHKILOTLARINI TIJORATLASHTIRISH JARAYONIDA CHIPTALAR SAVDOSI VA MERCHANDISING FAOLIYATINING NORMATIV-HUQUQIY ASOSLARI

Mazkur tezis sport tashkilotlarini tijoratlashtirishda chiptalar savdosi va merchandising faoliyatining milliy hamda xalqaro normativ-huquqiy tartibga solinishini tahlil qiladi. Unda chiptalar savdosining huquqiy mohiyati, raqamli tizimlari, chiptalarning noqonuniy qayta sotilishi, shuningdek merchandising faoliyatining intellektual mulk huquqi, litsenziyalash va kontrafakt mahsulotlarga qarshi himoya bilan bog‘liq jihatlari yoritiladi. Tahlil O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va FIFA reglamentlari asosida olib borilib, sport tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy takliflar ilgari suriladi.

Davron Haydarov

97-98

2025-12-22

OILA HUQUQI NORMALARINING HUQUQIY AHAMIYATI

mazkur maqolada oila huquqi normalarining huquqiy mohiyati va jamiyatdagi ahamiyati yoritib berilgan. Oila – jamiyatning asosiy ijtimoiy birligi sifatida davlat himoyasida bo‘lib, oila huquqi orqali uning barqarorligi, a’zolarining huquq va majburiyatlari, bolalarning manfaatlari va nikoh-huquqiy munosabatlar qonun bilan tartibga solinadi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida oila huquqining tutgan o‘rni, xalqaro huquqiy hujjatlar bilan uyg‘unligi va dolzarb masalalar tahlil qilingan.

Surayyoxon Xusanova

100-102

2025-05-15

LEGAL BASIS OF COMMERCIALIZATION OF SPORTS ORGANIZATIONS AND FOOTBALL CLUBS IN MODERN CONDITIONS

This article is devoted to an in-depth analysis of the legal foundations of the commercialization process of modern sports organizations, particularly football clubs. The study examines the media rights of sports organizations, advertising activities, mechanisms for protecting intellectual property, as well as regulatory legal acts governing broadcasting processes. The article analyzes the laws of the Republic of Uzbekistan “On Advertising,” “On Mass Media,” and “On Copyright and Related Rights,” along with international legal norms, including the EU Audiovisual Media Services Directive (AVMS), the UK Broadcasting Act 1996, and the Media Act 2024. In addition, FIFA and AFC regulations concerning media and marketing, as well as intellectual property protection rules, are reviewed. The research aims to develop legal proposals to ensure the financial stability of sports organizations, foster content monetization on digital platforms, enhance transparency in the advertising market, and protect the interests of sports organizations.

Davron Haydarov

92-97

2025-12-22

ISLOM MOLIYASINI ISLOM HUQUQI VA MILLIY HUQUQ (ROMANA-GERMAN) TIZIMLARI ORQALI TARTIBGA SOLISH

Ushbu tezisda islom moliyasiga asoslangan moliyaviy xizmatlarni islom huquqi qoidalari va milliy qonunchilik qoidalari orqali huquqiy tartibga solish haqida so’z yuritilgan. Shuningdek, mazkur tezisda islom moliyasi, moliya, islom huquqi, islom huquqi manbaalari haqida qisqacha yoritib o’tilgan.

Abbosbek Yo’ldashev

39-41

2024-01-26

RIM HUQUQINING TARIXIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada mulkiy munosabatlar, ashyoviy huquqlar, turli bitimlar, shartnomaga asoslangan va asoslanmagan majburiyatlar, meros huquqi va boshqa masalalarga asos boluvchi rim huquqining vujudga kelish asoslari haqida so‘z yuritib, mavzu doirasida bir necha takliflar ilgari surilgan.

Shoxruxxon Saidov , Go‘zal Qodirova

108-112

2024-05-21

FUQAROLIK HUQUQIDA SUN’IY INTELLEKTNING TUTGAN O‘RNI

Ushbu maqolada sun’iy intellektning fuqarolik huquqida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Sun’iy intellektning huquqiy shaxs maqomi, huquqiy javobgarlik masalalari va shartnoma huquqiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida sun’iy intellekt bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga solish usullari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt huquqiy subyekt sifatida tan olinishi, uning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki va javobgarligi borasidagi muammolarni yoritishga xizmat qiladi.

Akmal Pardayev

13-16

2025-03-06

SURROGAT ONALIK SHARTNOMASI: ZAMONAVIY MUAMMOLAR VA O'ZBEKISTONDA TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada surrogat onalik shartnomasining huquqiy tabiati, zamonaviy amaliyotdagi muammolar va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida tartibga solishning mavjud holati tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida surrogat onalik institutining xorijiy mamlakatlardagi tajribasi, shartnoma shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, nizoli vaziyatlarni hal qilish mexanizmlari o'rganilgan. Muallif O'zbekistonda surrogat onalik shartnomasini tartibga soluvchi qonunchilik bazasining yetishmaskigi, amaliyotda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni aniqlagan. Maqolada surrogat onalik shartnomasining fuqarolik-huquqiy tomonlari, oila huquqi bilan bog'liqligi, shuningdek, axloqiy-etik masalalar muhokama qilingan. Tadqiqot natijalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan

D.I. Babajanova

103-106

2026-01-28

TA’LIM OLISH HUQUQI INSONNING ASOSIY HUQUQ VA ERKINLIKLARI YIGʻINDISI SIFATIDA

Ta’lim olish huquqi insonning asosiy huquqi boʻlib, shaxs erkinligi va imkoniyatlarining asosiy tarkibiy qismidir. Shunday qilib, bu shaxslar va jamiyatlarning umumiy rivojlanishi va farovonligi uchun zarurdir. Ushbu baholashda biz asosiy inson huquqi sifatida ta’lim olish huquqining ahamiyatini va uning erkinlik va imkoniyatlarni rivojlantirishga ta’sirini oʻrganamiz.

Shuxrat Sharapov

53-55

2023-12-27

FUQAROLIK HUQUQIDA RENTA SHARTNOMASI: MILLIY VA XALQARO TAJRIBA

Ushbu maqolada renta shartnomasining fuqarolik huquqidagi huquqiy tabiati, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati, amaldagi qonunchilikdagi o‘rni hamda xalqaro tajribadagi qo‘llanish mexanizmlari batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida AQSh, Fransiya va Rossiya Federatsiyasida renta shartnomalarining huquqiy tartibga solinishi statistik ma’lumotlar asosida yoritilib, O‘zbekiston Respublikasida ushbu institutni rivojlantirish istiqbollari asoslab beriladi.

Shohina Esanova, Kozim Xoldorov, Abdulaziz Qurbonov

67-69

2026-01-26

SUN’IY INTELLEKT TOMONIDAN YARATILGAN MUALLIFLIK HUQUQI OBYEKTLARIGA NISBATAN SUBYEKTNI BELGILASH MUAMMOLARI

ushbu maqolada hozirgi texnologik rivojlanib borayotgan zamonda sun'iy intellektning mualliflik huquqi bilan o'zaro aloqasi, sun’iy intellekt tomonidan yaratilayotgan mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan huquq subyektini belgilash va muhofazaga olishda mavjud bir qator muammo va kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan eng dolzarb ilmiy yondashuvlar, normalarning asosli tahlil qilish orqali sohadagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator nazariy va amaliy takliflar keltirib o‘tilgan.

Zebiniso Sheraliyeva

86-92

2025-06-10

MUALLIFLIK HUQUQI MUDDATI VA IJTIMOIY BOYLIK TUCHUNCHASI

Tadqiqotning ahamiyati, shuningdek, mualliflik huquqi printsiplarining intellektual faoliyat natijalaridan erkin foydalanishga ta’sirini tushunish, asarlarning ijtimoiy mulkga aylanishi muddatini qisqartirish va natijada jamiyatdagi insonlar uchun foydali bo‘lgan ixtiro va asalarni ularning e’tiboriga yetarli darajada yetkazib berishni ta'minlash iqtisod va jamiyatning axloqiy jihatida o‘sishida muhim ahamiyat kasb etishi bilan izohlanadi.

Iroda Alimardanova

12-14

2024-02-19

FUQAROLARNING IJTIMOIY-HUQUQLARI KONSITUTSIYA DARAJASIDA TAMINLANISH ASOSLARI

Fuqarolarning ijtimoiy huquqlari qanchalik darajada taminlanganlig bugungi kunga qadar yozilgan bir necha o’nlab darsliklardan bilib olishingiz mumkin, bularga yana qo’shimcha tarzda hozirgi rivojlangan texnalogiyalar yordamida dunyoning turli mintaqalarida joylashgan aholining, shu qatorda ushbu davlatlarga sayyohlik, mehnat, ta’lim, bilim olish va yana bir nechta sabablarga ko’ra bu davlatlarda bo’lib turgan insonlarning huquqlaridan foydalanishlariga qanday sharoitlar yaratib berilayotganligi hamda ularning bu huquqlaridan foydalanishida vujudga kelishi mukin bo’lgan qiyinchiliklardan qanday yo’sinda qutilish mumkinligi to’g’risida malumotlarni bilib olishingiz mumkin.

Faxriddin Boboyev

112-114

2023-10-31

NOSHIRLIK FAOLIYATIDA MUALLIFLIK SHARTNOMASI VA UNING HUQUQIY TABIATI AHAMIYATI

Ushbu ilmiy maqolada intellektual mulk tushunchasi, intellektual mulk obyektlarini topshirish bo‘yicha qanday shartnomalar va ularning turlari, noshirlik foliyatida mualliflik shartnomasining o‘rni ahamiyati o‘rganiladi.

Munavvar Abdug’affarova

132-136

2024-05-31

AI YORDAMIDA YARATILGAN KONTENTDA MUALLIFLIK HUQUQI: PATENT QONUNCHILIGI VA XITOY AMALIYOTI.

Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontentning huquqiy maqomi global miqyosda bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. Xususan, mualliflik huquqi va patent huquqi bo‘yicha insonning ijodiy hissasi, SI modellarining o‘qitilish jarayoni hamda kontentning o‘xshashlik darajasi kabi mezonlar atrofida turli yondashuvlar shakllangan. Xitoy amaliyoti esa ushbu masalada aniq belgilangan me’yorlar, kategoriyalar va sud amaliyoti orqali boshqa mamlakatlar uchun namunaviy model yaratib ulgurdi. Ushbu maqola SI va inson ijodi o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilinadi, SI tomonidan yaratilgan kontentda mualliflik va patent huquqi qanday qo‘llanishi o‘rganiladi va Xitoyning tegishli qonunchiligin solishtirma-huquqiy tahlil asosida yoritiladi.

Xusnora Razzaqova

166-171

2025-11-25

MULK HUQUQI VA UNING VUJUDGA KELISHI

Ushbu maqolada mulk huquqi, uning elementlari – egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari hamda mulk huquqining vujudga kelish asoslari tahlil qilingan, qonunchiligimizda mavjud normalar asosida mulk huquqining huquqiy tartibga solinishi, mulk huquqi vujudga kelishining qonuniy asoslariga to‘xtalib o‘tilgan.

Go‘zal Qodirova

74-76

2024-06-21

COPYRIGHT AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE

In the 21st century, as technology rapidly advances, artificial intelligence (AI) is driving innovation across various fields. From programming to art and creative work, AI-generated content can be nearly indistinguishable from human-created works. However, this raises important questions in the field of copyright law: Who owns the content created by AI? Can artificial intelligence be recognized as an author? This article explores the issues surrounding AI and copyright, different approaches taken by various countries, and potential legal challenges in the future.

Nilufar Sharipova

94-97

2025-03-31

TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV JARAYONIDA SHAXSNI HIMOYA HUQUQI BILAN TA’MINLASH TUSHUNCHASINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Mazkur maqolada tergovga qadar tekshiruv jarayonida shaxsni himoya qilish huquqining vujudga kelishi va tarixiy shakllanishi bosqichlari yoritiladi. Qadimgi Sharq qonunchiligi, Rim huquqi, o‘rta asr sud tizimi, XVIII–XIX asrlardagi konstitutsiyaviy islohotlar hamda zamonaviy xalqaro standartlar asosida ushbu institutning rivojlanishi tahlil qilinadi. Shuningdek, shaxs huquqlarini himoya qilish mexanizmlarining huquqiy mohiyati, protsessual tamoyillari va ular asosidagi milliy qonunchilik bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada tarixiy izchillik asosida zamonaviy tergov amaliyotidagi himoya institutining huquqiy ildizlari ochib beriladi.

O‘lmasjon Sayfullayev , Sabina Kamolova

96-105

2025-04-30

QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YERLARDAN IJARA HUQUQI ASOSIDA FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH (JIZZAX VILOYATI ZOMIN TUMANI MISOLIDA)

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan ijara huquqi asosida foydalanishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari Jizzax viloyati Zomin tumani misolida tadqiq etiladi. Tadqiqotda yer ijarasi munosabatlarini liberallashtirish, ijara huquqini iqtisodiy aktiv sifatida muomalaga kiritish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda ijarachilarning mas’uliyatini oshirish masalalari ilmiy tahlil qilingan. Zomin tumanining agrar salohiyatidan kelib chiqib, yer resurslarini boshqarishni raqamlashtirish va shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Muslumbek Isroilov, Jasur Lapasov

10-14

2026-02-04

FUQOROLIK - HUQUQI MUNOSABATLARI

Fuqarolik-huquqiy munosabat tushunchasi va mohiyati. Fuqarolik_huquqiy munosabatlarning turlari (tasnifi). Fuqarolik huquqlari va burchla_rining kelib chiqish asoslari. Yuridik faktlar. Fuqarolik huquqlarining amalga oshirilishi va burchlarining bajarilishi. Fuqarolik huquqlarini  bitnoya qilish.

O'g'iloy Yuldasheva

31-32

2024-03-09

FUQAROLIK HUQUQI. TADBIRKORLIK HUQUQI. OILA HUQUQI. XALQARO XUSUSIY HUQUQ

Bugungi globallashuv jarayonida xalqaro miqyosda huquqiy munosabatlarning tartibga solinishi va rivojlanishi alohida e'tibor talab qiladi. Ushbu maqolada aynan xalqaro xususiy huquq tushunchasi hamda uni tizimlashtirish, ya'ni birlashtirish borasida dunyo tajribasi o'rganilib, kamchiliklar va yutuqlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar katta ahamiyatga ega ekanligi, individlar o'rtasida hududiy chegara bilmas munosabatlar vujudga kelishi, o'zgarishi va tugashini ham yaxlit huquqiy manba bilan tartibga solinishi ortiqcha vaqt va ziddiyatlarni oldini olishini inobatga olgan holda, xalqaro xususiy huquqni birlashtirishda muammolar yoritiladi. Bundan tashqari, maqolada muammolarni bartaraf qilish va bu jarayonni tartibga solish usullari bo'yicha takliflar haqida so 'z boradi.

Nusrat Bekchanov

33-36

2025-09-22

MULK HUQUQI, UNING ELEMENTLARI VA VUJUDGA KELISH ASOSLARI

Ushbu maqolada mulk huquqi, uning elementlari – egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari hamda mulk huquqining vujudga kelish asoslari tahlil qilingan, qonunchiligimizda mavjud normalar asosida mulk huquqining huquqiy tartibga solinishi, mulk huquqi vujudga kelishining qonuniy asoslariga to‘xtalib o‘tilgan.

Shaxzod Xalilov

135-137

2022-11-21

XALQARO XAVFSIZLIK HUQUQI TUSHUNCHASI VA MANBA TURLARI

Ushbu maqola xalqaro xavfsizlik huquqining manbalari tushunchasi va turlarini ochib berishga qaratilgan. Manbalar huquqning o`zining ajralmas qismidir, shuning uchun ular huquqiy normalarni shakllantirish, takomillashtirish va qo`llashda muhim rol o`ynaydi. Maqolada xalqaro xavfsizlik huquqi manbalarining turlari ochib beriladi va bu manbalarga misollar keltiriladi. Maqolada huquq manbasining mohiyatini ochib beruvchi xalqaro xavfsizlik huquqi ekspertlarining fikrlari keltirilgan. Huquqni o'rganayotganda, ushbu huquq asos bo'lgan manbalarni ko'rib chiqish kerak, maqolada xalqaro xavfsizlik huquqining manbalari sifatida ochib beriladi: xalqaro shartnoma, xalqaro odat, prinsiplar, sud qarorlari, doktrinalar, xalqaro tashkilotlarning qarorlari.

Aziza Djurabayeva

116-121

2025-06-25

INTELLEKTUAL MULK SOHASIDA SUNIY INTELLEKTING O’RNI

Mazkur maqolada intellektual mulk huquqi sohasida sun’iy intellektning o‘rni, dolzarbligi va huquqiy muammolari tahlil qilingan. Muallif sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan mualliflik huquqi, patentlar, savdo belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlariga oid masalalarni ko‘rib chiqqan. Shuningdek, xorijiy tajriba asosida O‘zbekiston qonunchiligi uchun takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – sun’iy intellekt mahsulotlarini intellektual mulk sifatida huquqiy tartibga solish zaruratini asoslab berishdan iborat.

Marjona Ochilova

5-7

2025-04-07

BARQAROR RIVOJLANISH HUQUQI VA ESG STANDARTLARI

Maqolada barqaror rivojlanish huquqi tushunchasining mazmuni va mohiyati umumiy yondashuvdan kelib chiqqan holda yoritilishga harakat qilingan. Bunda, barqaror rivojlanish jarayonida vujudga keladigan murakkab ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar tizimini o‘zida aks ettiradigan barqaror rivojlanish huquqining shallanishi qayd etilgan. Kelajak avlodlar ehtiyojlarining qondirilishi imkoniyatiga to‘sqinlik qilmagan holda, hozirgi avlod ehtiyojlarining qondirilishini va jamiyat rivojlanishini ta’minlaydigan barqaror rivojlanish huquqining predmeti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangan ekologik, ijtimoiy hamda korporativ munosabatlarni tartibga soladigan barqaror rivojlanish huquqi shakllanish jarayonini tugatmoqda.

Dilshadbek Madaminov

114-121

2023-06-30

1 - 25 of 343 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy