Insoniyat tarixida dorivor o’simliklardan foydalanish eng qadimiy davrlardan boshlab muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Sharq tabobati, Avitsenna asarlari va boshqa manbalarda turli o’simliklarning shifobaxsh xususiyatlari batafsil tasvirlangan. Bugungi kunda dorivor o’simliklar farmatsevtika, biologik faol qo’shimchalar, oziq-ovqat va kosmetika sanoatining muhim xomashyosi hisoblanadi. Ularning tarkibida alkaloidlar, flavanoidlar, fenollik kislotalar, saponinlar, taninlar, polisaxaridlar va boshqa turli biologik faol moddalar mavjud.[1]