Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

ZULFIYA SHE’RIYATIDA VATANGA MUHABBAT VA SADOQAT G‘OYALARI

Mazkur ilmiy maqola o‘zbek xalq shoiri Zulfiya Isroilovaning ijodida Vatanga muhabbat va sadoqat g‘oyalarining badiiy talqiniga bag‘ishlangan. Tadqiqotda shoiraning “O‘zbekistonim”, “Yuragimda quyosh”, “Men seni sevaman, hayot”, “Bahor” kabi she’rlarida ifodalangan milliy g‘urur, ona yurtga muhabbat, insoniy sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularining poetik ifodasi tahlil qilinadi. Zulfiya ijodida Vatan timsoli — bu faqat geografik makon emas, balki ruhiy manzil, inson yuragining o‘zi sifatida talqin etiladi. Shoira o‘z she’rlari orqali xalq qalbining uyg‘onishini, millatning o‘zligini anglash jarayonini ifoda etadi. Tadqiqotda adabiy tahlil, komparativ va hermenevtik metodlar qo‘llanib, Zulfiya poetikasida Vatanga muhabbat g‘oyasining milliy-estetik va falsafiy mazmuni ochib beriladi. Asarlar tahlili orqali shoiraning ayol nigohidan keltirilgan vatanparvarlik ruhining o‘ziga xosligi ilmiy asosda ko‘rsatiladi. Zulfiya Isroilovaning Vatan haqidagi she’rlari o‘zbek adabiyotida ayol lirikasining milliy ruh bilan uyg‘unlashgan eng yuksak namunalaridan biri sifatida baholanadi.

Aziza Sobirova , Gulzoda Nasrillayeva

229-231

2025-10-29

MAKTAB O‘QUVCHILARIDA VATANGA SODIQLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida vatanparvarlik ruhini uyg‘otish, ularda vatanga sodiqlik madaniyatini shakllantirishning pedagogik va psixologik asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari va interaktiv metodlardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

G.M. Bayniyazova , J Abdirova

187-189

2026-01-26

HARBIY-VATANPARVARLIK TARBIYASI: TARIXIY TAJRIBA VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Tarixiy tajriba asosida yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, jasorat, fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bugungi kunda ta’lim muassasalari, oilalar va jamoatchilik tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy tarbiyaviy yondashuvlar haqida fikr yuritiladi.

Xayrullo Ikromov

81-83

2025-05-20

VATANGA VA XALQQA SADOQAT BILAN XIZMAT QILISH - OLIY BURCHIMIZ

Quyidagi maqolada Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz, vatangga bo’gan muhabbat va har bir yigitning vatan oldidagi burchalari haqida to’xtalib o’tiladi. Xizmatning eng muhim shakllaridan biri davlat xizmati ekanliga haqida fikirlar yuritildi.

Jo'ramirza o'g'li Kamolov

11-13

2023-05-10

HOZIGI O’ZBEK SHE’RIYATIDA ISHQ-MUHABBAT MAVZUSI

Istiqlol davri she`rlarining katta ko`pchiligida hamma davrlardagidek muhabbat mavzusi keng ifoda topmoqda. Ma`lumki, ushbu tuyg’uning sarhadlari nihoyatda keng. Shoir o`z ishqiy tuyg’usini yaratganga, Vatanga, xalqiga, ota-onasiga, do`stiga nisbatan izhor qilishi mumkin. Lekin bularorasida mahbubaga nisbatan muhabbatga bag’ishlangan she`rlarning umri uzoq va tasirchan bo`ladi. Haqiqiy muhabbat tuyg’usi bilan yo`g’rilgan she`riyatning tasir kuchi har narsadan kuchliroq bo`ladi. Bugungi muhabbat haqida bitilalyotgan she`rlar ichida mana shu xil quvvatga egalari ham oz emas. Bu asarlarning aksariyati shoiralar va yosh shoirlar tomonidan yaratilayotgani she`riyatimizda ro`y berayotgan evrilishdan dalolatdir.

Sarvinoz Tojamatova , Diyoraxon Toychiyeva

60-63

2022-06-06

ABDULLA AVLONIYNING ‘‘VATANNI SUYMAK’’ VA ‘‘VATAN’’ ASARLARINI MUAMMILI METODDA O‘RGANISH

Abdulla Avloniy hayoti va ijodi haqida maktab darsliklarida ma’lumotlar berilgan.Bu ma’lumotlar Avloniy hayoti va ijodining yorqin qirralarini,uning pedagogik faoliyatini, adabiyotga qo’shgan hissasini kengroq ochib berishga harakat qiladi.Shuningdek adib asarlari yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usini qaror toptirish, uni o‘quvchilar qalbida shakllantirishda axloqiy va ma’naviy barkamol tarbiyalashda milliy maktab va va qimmatbaho manba bo‘lib xizmat qilganini o‘rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda.

Odina Mizomova

82-87

2023-06-12

YOSHLARNING VATANGA XIZMAT QILISH HISSINI OSHIRISH VA IJTIMOIY FAOLLIGINI YUKSALTIRISHDAGI OMILLAR

«Yoshlarning Vatanga xizmat qilish hissini oshirish va ijtimoiy faolligini yuksaltirishdagi omillar» mavzusi bo‘yicha ilmiy maqola shaklida tayyorlangan ko‘rinish taqdim etilmoqda. Diagrammalar ilmiy asoslangan tuzilmalarni ko‘rsatadi — ulardan biri jamoat bilan aloqalar, ishtirok va muomala mexanizmlarini, boshqasi esa ishtirok darajalarini tasvirlaydi. Shu bilan birga, yoshlarning ijtimoiy faolligini ko‘tarishning ichki va tashqi potensial belgilari, davlat siyosati, ta’lim tizimi, va jamoatchilik muhiti kabi omillar tahlil qilingan.

O‘tkirjon Xamrakulov

117-121

2025-08-13

MAHMUD KOSHG‘ARIY MA’NAVIY MEROSIDA TURKIY XALQLAR VA ULARNING TILLARI HAQIDA

O‘zbek davlatchiligini tiklanishi, miliy qadriyatlarning tiklanishi, o‘zbek tiliga “davlat tili” maqomining berilishi milliy identlikning tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yangi sifat bosqichiga ko‘tardi. Prezident SH.M.Mirziyoev “Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb,  davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak. Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak[1].

Shokir Bektemirov

124-126

2024-01-31

ABDULLA ORIPOV ASARLARIDA ONA VATAN IFODASI

Abdulla Oripov o‘zbek she’riyatining eng yirik nomoyondalaridan biri sifatida ona Vatanga muhabbat, xalqparvarlik, milliy g‘urur kabi tuyg‘ularni yurakdan kuylagan shoirdir. Uning ijodida Vatan mavzusi doimo markazda  bo‘lgan. Shoir Vatanga oddiy hudud yoki yer emas,balki muqaddas ona,jonajon yurti,deb qaraydi. Shoirning “Vatan” she’rida quyidagi satrlar bor.

Surayyo Raxmonova

81-83

2025-06-26

CHINGIZ AYTMATOV IJODINI INTERAKTIV METODLAR ASOSIDA O’RGANISH

Ushbu maqolada 9-sinf adabiyot darslarida Qirg’iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatov ijodini o’rganish va o’rgatish borasida metodik tavsiyalar beriladi.O’quvchilarda vatanga muhabbat va sadoqat, millatlararo hamdo’stlik g’oyalari adibning asarlari timsolida shakllantiriladi.  Shuningdek, qardosh xalqlarning adabiyotini o’rganish jarayonida ,, Muammoli vaziyat’’ , ,, Omadli raqam’’, ,, Davom ettir’’,  ,, Qiziqarli savol-javob’’ metodlaridan foydalangan holda olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish borasida fikr yuritiladi.

Shaxzoda Tursunova

96-99

2025-12-31

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA RUHDOSHLIK SOG‘INCHI IFODASI

Ushbu maqolada A.Oripov she’riyatidagi asosiy mavzulardan  bo‘lgan ruhiy holat – ruhdoshlikka intilish, ruhdoshlik sog‘inchi tuyg‘usining  badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Ruhdoshlik sog‘inchi shaxsiy tuyg‘ular bilan cheklanmay, Vatanga, millatga bo‘lgan ma’naviy intilish sifatida ochib beriladi. Shoir she’riyatidagi o‘ziga xosliklar haqida xulosa qilinadi.

Shaxnoza Shomurodova

39-42

2025-05-26

QADRIYATLAR SILSILASI

Qadriyatlar deganda biz narsa va voqealar, jamiyat moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ifodalash uchun qo’llaniladigan tushuncha. Milliy-ma’naviy qadriyatlar – “milliylik” “ma’naviyat” va “qadriyat” tushunchalari kesishgan nuqtada jamlashgan ijtimoiy xodisalarni o’z ichiga oladi. Deylik ayrim millatlar tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishning ma’lum sahasida yuksak layoqatni shakllantirgan tarbiya, tafakkurning ta’siri yo’nalishiga e’tibor beradi. Milliy xarakterida, hayotga, ijtimoiy hodisalarga munosabatida o’ziga xosliklari bor. Axloqiy, huquqiy, siyosiy madaniyat sohalaridagi xattiharakatlarda ham ma’lum ijobiy tafovutlar uchraydi. Bunga o’xshash rangbaranglik nafaqat boyligimiz, balki taraqqiyotimiz sur’atini tezlashtiruvchi omil bo’lishi mumkin.

Sevaraxon Abduxalilova , Asila Tilovxo’jayeva, Gulruxsor Yusupova

107-109

2023-11-11

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUFNING HAYOTI VA ULKAN ILMIY MEROSI

Jamiyatimiz ravnaqida va davlatimiz rivojida yosh avlodimizni ta’lim tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi, shu nuqtai nazardan qaraganda, avvalo har bir oilada ota-onalar farzandlari bilan hazratni kitoblarini o’qib borishni yo’lga qo’yishari kerak. Ta‘lim muassasalarida o’quvchi-talabalarga asosiy vazifasi qilib zhayxni kitoblarini o’qishni belgilab berish hamda boshqa badiiy adabiyotlarni o‘qishga havas uyg‘otish, o‘qigan kitoblari asosida vatanga muhabbat, el-yurt, ota-onaga hurmatni o‘rgatish haqida so‘z boradi.

Raxmatulla Masharipov

44-48

2024-10-31

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA VATANPARVARLIK TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI.

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni, maqsadi va nazariy asoslari tahlil qilinadi. Bolalarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, tarixiy merosga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishning pedagogik va psixologik yo‘llari yoritilgan. Tadqiqotda vatanparvarlik tarbiyasining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, o‘qituvchi va tarbiyachilarning roli hamda ta’lim jarayonida milliy qadriyatlarga asoslangan yondashuvlarning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos metodlar orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan

Madina Husainova

17-21

2026-01-08

MAQSUD SHAYXZODA IJODIDA VATANGA MUHABBAT TUYG‘ULARINING IFODALANISHI

Maqolada yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ta’lim berish davlatimiz oldidagi eng asosiy vazifalardan biri ekanligi  va shuningdek,   shoir, dramaturg, tarjimon, olim va pedagog Maqsud Shayxzodaning vatanparvarlik tuyg’lari bilan yug’rilgan igod namunalari tahlil etilgan

NIHOLA XUSANOVA

38-40

2023-03-28

EL XIZMATIDAGI -AYOL

Ushbu maqolada hayotimdagi eng aziz inson – mehribon onam haqida so‘z boradi. Onam nafaqat oilamiz, balki jamiyat uchun ham o‘zining beqiyos mehnatlari, fidokorligi va mutaxassisligi bilan o‘rnak bo‘lib kelmoqda. U kishining tibbiyot sohasidagi yutuqlari, yuzlab bemorlarga shifo ulashgani, talaygina shifokor va talabalarga ustozlik qilgani, shuningdek, ijtimoiy faoliyati va vatanparvarligi haqida batafsil hikoya qilinadi. Onamning mehnatsevarligi, insoniyatga bo‘lgan mehri va vatanga sadoqati har bir inson uchun ibrat namunasidir.

Dilrabo Abduraxmanova

4-7

2025-03-08

YOSHLARNI UMUMINSONIY VA MILLIY QADRIYATLARGA HURMAT , VATANGA SADOQAT RUHIDA TARBIYALASH

Vatan... Bu biz tug'ilib o'zgan zamin, kindik qonimiz tomgan tuproq. Dunyoda qanchadan-qancha millat va elatlar bor . Bugungi Yangi O'zbekistonimizda ham, din bo'yicha ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Bunga misol qilib aytishimiz mumkinki: "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega.   

Diyora Umarqulova

28-30

2023-07-10

TALABA YOSHLARNI TOLERANTLIK RUHIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK TAMOILLARI

Xususan, bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyati, diniy bag‘rikenglik, konfessiyalararo totuvlik muhiti, o‘z navbatida, fuqarolarimizni, ayniqsa, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqib, 2018-yil 16-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416-sonli farmonni imzoladi. Ushbu hujjat Oʻzbekistonda diniy taʼlim tizimining uzluksizligini taʼminlashga qaratilgan: boshlangʻich bosqichdan (oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalari yoki madrasalar) oliy va keyingi diniy taʼlimgacha. O‘z navbatida, bu omillar O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.

Ma’mura Ro‘ziboyeva

93-95

2024-05-28

O’ZBEKISTON TARIXINI O’RGANISH MANBALARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida: “Jamiyatimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, madaniyat sohasini rivojlantirish, ilmiy-ijodiy tashkilotlar, muhtaram ziyolilarimiz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ham biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur o‘rganishimiz lozim. Ularning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligi Yangi O‘zbekistonni qurishda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi zarur” – deb, ta’kidlab o‘tgan edi.

Obidjon Shukurov

29-31

2024-02-21

YOSHLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN RETSIDIV JINOYATCHILIK PROFILAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

maqolada yoshlar tomonidan sodir etilayotgan retsidiv jinoyatchilikning profilaktika yo‘llari, yoshlar jinoyatchiligining dolzarb muammolari, shuningdek, mualliflarning yoshlar jinoyatchiligining erta oldini olishga oid zamonaviy yondashuvlari, yoshlarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, ta’lim va tarbiya, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalari va yoshlar siyosati haqida fikr, tahlil, taklif va tavsiyalar bayon etilgan. Bundan tashqari, yoshlar jinoyatchiligini erta oldini olishning ayrim yo‘nalishlari ishlab chiqildi, bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish bo‘yicha ayrim taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

NODIR BABABEKOV

91-95

2024-10-30

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHI QIZLARIDA IJTIMOIY FAOL SHAXS SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada ayrim boshlang`ich sinf o’quvchi-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o’zini o’zi o’qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli rivojlanmaganligi.

Gulidabonu Akbarova

623-625

2022-10-18

BOLALARNI OILADA TARBIYALASH USULLARI

Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg‘ulari oilada, biz yashab turgan mahalladan shakllanadi. Yurtimizning ertangi kuni, tinch va osoyishta bo‘lishi eng avvalo mana shu kichik jamiyatda o‘sib-unayotgan farzandlarimizga bog‘liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, o‘sha oila, o‘sha mahalla gullab-yashnaydi, ertangi kuni tinch va osoyishta bo‘ladi. O‘zbek oilasi a’zolarning barchasini savodxon, hozirgi imkoniyatlar ta’sirida o‘g‘il va qizlar bilimli, fikr mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati bo‘lib voyaga etmoqdalar.

Mavluda Odilova

157-159

2025-02-14

MUHAMMAD YUSUF SHE’RIYATIDA MILLIY RUH TASVIRI

Milliylik va o‘ziga hoslik, she’rlarning teran mazmuniligi, mehnat va rohat, qalb uyg‘unligi, Vatanga muhabbat va sadoqat.  

Aygul Meretgeldiyeva

14-15

2023-08-07

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI XALQ OGʻZAKI IJODI ASOSIDA VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarini xalq ogʻzaki ijodi asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik asoslari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalq ogʻzaki ijodining (ertaklar, rivoyatlar, dostonlar, maqol va matallar, xalq qoʻshiqlari) tarbiyaviy imkoniyatlari ochib berilib, ularning oʻquvchilarda Vatanga muhabbat, milliy gʻurur, tarixiy xotira va fuqarolik masʼuliyatini shakllantirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Boshlangʻich taʼlim yoshidagi bolalarning psixologik va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, xalq ogʻzaki ijodidan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari va metodik yondashuvlari yoritiladi. Shuningdek, maqolada xalq ogʻzaki ijodini taʼlim jarayoniga integratsiyalash orqali vatanparvarlik tarbiyasini samarali tashkil etish yoʻllari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari boshlangʻich taʼlim amaliyotida vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish va maʼnaviy-axloqiy rivojlanishni taʼminlash uchun pedagogik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Gulnoza Meliyeva

120-122

2026-01-16

ABDULLA ORIPOV SHE’RLARIDA “VATAN” MADHI

Maqolada Abdulla Oripovning she’riyatga, Vatanga bo`lgan mehri, uning she’riyat bo`stonidagi gul g`unchalarining insonlar qalbidagi ifori tasvirlangan.

Umida Ismoilova

83-84

2024-04-22

1 - 25 of 58 items 1 2 3 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy