Metafora — koʻp qirrali jarayon hisoblanadi. Shuning uchun ham uning tasnifi bir necha jihatni qamrab olishi shubhasizdir. Bu koʻchim asos metafora, ochiq, ekspressiv, nomuntazam, lugʻaviy metafora hisoblanadi. Metaforaning kuchi shundaki, jumlani qisqa va aniq, taʼsirchan aks ettiradi. Har qanday lingvistik hodisa kabi metafora ham lisoniy asosga ega.