Ushbu maqolada mashhur avstriyalik kompozitor va pedagog Karl Cherniyning fortepiano ijodi, ayniqsa uning etyudlari asosida o‘quvchilarga fortepiano chalishni o‘rgatish metodikasi yoritilgan. Cherniy etyudlarining texnik va badiiy ahamiyati, ularning boshlang‘ich va o‘rta bosqichdagi o‘quvchilar uchun ta’lim jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, etyudlar orqali texnik mahoratni shakllantirishning samarali pedagogik usullari ko‘rsatib beriladi.
2026-01-26