Iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichi iqtisodiy nazariya masalalarini o‘rganishga bo'lgan yuqori qiziqish bilan tavsiflanadi. Ushbu nazariyaning asosiy jihatlaridan biri iste’molchi xatti-harakatlarini o‘rganishdir. Pandemiya oqibatlari bilan kurashayotgan O‘zbekiston iqtisodiyoti sharoitida iste’mol nazariyasini o‘rganish masalalari katta ahamiyatga ega, chunki ular iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, aholi ehtiyojlarini qondirish darajasini ko‘rsatadi. Maqolada muallif ushbu sohadagi nazariy materialni umumlashtirdi, uni ijodiy qayta ko‘rib chiqdi va kelajak uchun iste’molni rivojlantirish prognozini tuzdi. "Ehtiyojlar", "iste’mol" va "iste’molchi xulq-atvori" tushunchalariga ta’riflar berilgan.