Ushbu maqolada buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy merosi va uning hozirgi davrdagi ilmiy-ma’naviy ahamiyati tahlil etiladi. Ibn Sino tomonidan ilgari surilgan aql, tafakkur, ruh va mavjudlik haqidagi falsafiy qarashlarning zamonaviy talqini, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yoritilgan. Ayniqsa, O‘zbekiston mustaqilligi yillarida alloma merosiga berilayotgan e’tibor, Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy-nazariy yondashuvlari bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Ibn Sinoning asarlari nafaqat tarixiy, balki hozirgi jamiyat uchun ham dolzarb ma’naviy manba sifatida qaraladi.