Yurtimizda endokrinologlarning dolzarb muammolaridan biri - homilador ayollarda uchraydigan diabetlar haqida yetarli tushunchaga ega bo’lmasligidadir. Birinchi navbatda homilador ayolda gestatsion qandli diabet yoki qandli diabetli ayolda homiladorlik yuzaga kelganligini aniqlashtirib olishimiz zarur. Rossiyada va butun dunyoda juda keng tarqalgan kasalliklardan biri homiladorlik paytidagi gestatsion diabet. Xalqaro tadqiqotlarga ko’ra, homiladorlik davrida giperglikemiya darajasi 18% gacha uchraydi. Har qanday homilador ayolda uglevod almashinuvining buzilishi homiladorlikning turli bosqichlarida doimiy ravishda yuzaga keladigan gormonal va metabolik o’zgarishlarni hisobga olgan holda rivojlanishi mumkin.
2023-04-17