Ushbu maqolada Krotalariya(Crotalariya juncea) o‘simligini AZOS-UZ biopreparati bilan urug‘lariga ishlov berish orqali o‘simlikning amal davri davomiyligiga ekish me’yori va biopreparatlarning ta’siri aniqlangan. Gektariga 20 kg hisobidan krotalarya urug‘i ekilganda, AZOS-UZ biopreparatdan foydalanganda o‘simlikning amal davri davomiyligini 6-8 kungacha qisqarishi, ekish me’yorlarini oshib borishi esa amal davrini 7-13 kungacha uzaytirishi ilmiy jihatdan isbotlangan.