Maqolada o‘zbek xalq eposining yirik namunasi bo‘lgan “Alpomish” dostonidagi Oybarchin va Qaldirg‘ochoyim obrazlari asosida or konsepti tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida or tushunchasining ayol obrazlari orqali qanday badiiy ifodalanishi aniqlanadi. Obrazlarning xatti-harakati, qarashlari va syujetdagi o‘rni tahlil qilinib, ularning milliy axloqiy qadriyatlarni ifodalashdagi roli ochib beriladi. Maqola natijalari xalq dostonlarida ayol obrazlarining ma’naviy ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi.
2026-01-13