QIZLARDA INSON PAPILLOMAVIRUSI (HPV) INFEKSIYASINING OLDINI OLISHDA VAKSINANING SAMARADORLIGI
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu maqolada qizlarda inson papillomavirusi (HPV) infeksiyasining oldini olishda vaksinaning samaradorligi, uning profilaktik ahamiyati va tibbiy amaliyotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Inson papillomavirusi - jinsiy yo‘l bilan yuqadigan eng keng tarqalgan virusli infeksiyalardan biri bo‘lib, bachadon bo‘yni saratoni, jinsiy a’zolar o‘smalari hamda boshqa epitelial o‘zgarishlarning asosiy sabablaridan sanaladi. Shu bois, HPV infeksiyasiga qarshi emlash sog‘liqni saqlash tizimida eng samarali profilaktik chora sifatida qaraladi. Maqolada HPV vaksinalarining turlari bivalent, kvadrivalent, nonavalent, ularning immunogenligi, qamrov darajasi va yoshga qarab qo‘llanilish tavsiyalari keng yoritilgan. Shuningdek, qizlarda emlash samaradorligi bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar tahlili keltirilgan, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda qo‘llanilayotgan emlash dasturlarining natijalari solishtirib o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, HPV vaksinasining 9–14 yosh oralig‘idagi qizlarda qo‘llanishi infektsiyaga qarshi kuchli immun javobni shakllantiradi hamda bachadon bo‘yni saratoni rivojlanish xavfini 70–90 foizgacha kamaytiradi. Shuningdek, maqolada vaksina samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar — emlash yoshi, vaksina turi, immun tizim holati, jamiyatdagi emlashga munosabat, ota-onalarning xabardorligi kabi jihatlar ham tahlil qilinadi. Qizlar o‘rtasida HPV haqida bilim darajasini oshirish, ota-onalarni xabardor qilish va emlash dasturlarini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlanadi. Maqola yakunida, HPV infeksiyasining oldini olishda vaksina eng ishonchli va iqtisodiy jihatdan samarali chora ekani asoslab beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida emlash dasturlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Ushbu tadqiqot natijalari yosh qizlar salomatligini saqlash, reproduktiv sog‘lomlikni ta’minlash hamda bachadon bo‘yni saratoni kabi og‘ir onkologik kasalliklarning oldini olishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Абдуллаева Г.Х., Тошпулатова З.Ф. Акушерлик va ginekologiya. – Тошкент: “Fan va texnologiya”, 2019. – 480 б.
Хожиева М.Ш., Рахимова Д.А. Infeksion kasalliklar va ularning profilaktikasi. – Тошкент: TTA nashriyoti, 2020. – 356 б.
Саттаров А.Б., Махкамова Ш.Э. Virusologiya asoslari. – Самарқанд: “Zarafshon”, 2018. – 312 б.
Хасанова Г.А., Исамиддинова М.М. Tibbiyot mikrobiologiyasi va immunologiyasi. – Тошкент: “Ibn Sino”, 2021. – 400 б.
Кузнецова И.В., Орлова Н.В. Папилломавирусная инфекция у женщин: диагностика и профилактика. – Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2017. – 288 с.
Сидорова И.С., Долгушина В.Ф. Вакцинопрофилактика заболеваний, вызванных ВПЧ. – Москва: Медицина, 2020. – 270 с.
Турдиева Н.Х., Абдураҳмонова М.Б. Ayollar salomatligi va onalik himoyasi. – Тошкент: “Tibbiyot”, 2022. – 228 б.
Петрова Е.А., Жукова О.В. Иммунопрофилактика инфекционных заболеваний. – Санкт-Петербург: СПбГМУ, 2019. – 315 с.
Тураева Д.С., Абдурашидова М.Й. Papillomavirus infektsiyasi va unga qarshi vaksinalar. – Тошкент: Ilm Ziyo, 2023. – 180 б.
Ким Н.Г. Гинекологическая вирусология: учебное пособие. – Новосибирск: СибМедПресс, 2018. – 240 с.
