ZAMANOVIY HUQUQDA QIMMATBAHO TOSHLAR VA QIMMATBAHO METALLAR BILAN BO'G'LIQ FUQAROLIK HUQUQIY MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Ключевые слова:
qimmatbaho toshlar, qimmatbaho metallar, fuqarolik huquqi, huquqiy rejim, mulk huquqi, investitsion aktivlar, raqamli aktivlar, tokenlashtirish, fuqarolik muomalasi, sertifikatlash, xalqaro xususiy huquqАннотация
Mazkur maqolada qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallar bilan bog‘liq fuqarolik-huquqiy munosabatlarning huquqiy rejimini takomillashtirish masalalari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda ushbu obyektlarning huquqiy maqomi, mulk huquqi doirasidagi o‘ziga xos jihatlari hamda fuqarolik muomalasidagi o‘rni ochib berilgan. Germaniya huquqidagi “Bürgerliches Gesetzbuch” normalari, Rossiya Federatsiyasining qonunchiligi normalari hamda Yevropa Ittifoqining MiCA Regulation doirasidagi yondashuvlar asosida taqqosloviy-huquqiy tahlil amalga oshirilgan. Maqolada amaldagi huquqiy rejimning asosiy muammolari, xususan, normativ tartibga solishning yetarli darajada differensiyalanmaganligi, mulk huquqi va davlat nazorati o‘rtasidagi muvozanat masalalari, fuqarolik muomalasining shaffof emasligi hamda raqamli aktivlarning huquqiy maqomi bilan bog‘liq bo‘shliqlar aniqlangan. Shuningdek, qimmatbaho obyektlarning iqtisodiy funksiyasiga qarab differensiyalangan huquqiy rejimni joriy etish, mulk huquqini mustahkamlash, sertifikatlash va identifikatsiya tizimlarini rivojlantirish, raqamli aktivlarni huquqiy jihatdan tartibga solish hamda xalqaro huquqiy integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ilgari surilgan.
Библиографические ссылки
Саватье Р. Теория обязательств. — М.: Прогресс, 1972.
Medicus D. Bürgerliches Recht. — München, 2018.
Basedow J. EU Private Law. — Oxford, 2020.
Palandt. Bürgerliches Gesetzbuch Kommentar. — 2022.
EU Financial Monitoring Framework.
MiCA Regulation, 2023.
RF Federal Law “On Digital Financial Assets”, 2020.
FATF Recommendations (Financial Action Task Force).
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Как цитировать