O‘ZBEKISTONDA MAHALLIY O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI FAOLIYATINING NORMATIV-HUQUQIY ASOSLARI (BUXORO VILOYATI MAHALLAR MISOLIDA)

Authors

  • Yuldashova Qunduz Bozorovna Buxoro davlat universiteti tadqiqotchisi Author

Keywords:

mahalla, fuqarolar yig‘ini, o‘zini o‘zi boshqarish, normativ-huquqiy asoslar, Konstitutsiya, mahalliy boshqaruv, jamoatchilik nazorati.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ya’ni fuqarolar yig‘inlari va mahallalar faoliyatining normativ-huquqiy asoslari tahlil qilinadi.Unda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish institutining konstitutsiyaviy asoslari, uni tartibga soluvchi qonunlar hamda boshqa huquqiy hujjatlarning ahamiyati yoritiladi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi, ular mahalliy ahamiyatga molik masalalarni mustaqil hal etishi belgilangan.Tadqiqotda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy maqomi, vakolatlari, tashkil etish tartibi va davlat bilan o‘zaro munosabatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonun ushbu sohadagi asosiy normativ-huquqiy manbalardan biri sifatida fuqarolar yig‘inlari faoliyatini tartibga solishi ta’kidlanadi. Mahalla instituti O‘zbekistonda aholining ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini ta’minlash va hududiy muammolarni hal etishda muhim o‘rin tutadi. Amaldagi huquqiy tizim mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga kengroq vakolatlar berish, ularning mustaqilligini ta’minlash hamda davlat tomonidan zarur tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

References

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., 2023.

Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida«gi 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, «O‘zbekiston ovozi». T., 1992 y. 13 sentabr;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod mahalla” dasturi to‘g‘risida”gi PF-5467-sonli Farmoni. // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. T., 2018.

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni// Qonun hujjatlari to‘plami. T., 1995.

Downloads

Published

2026-07-31

Issue

Section

Articles

How to Cite

Yuldashova, Q. (2026). O‘ZBEKISTONDA MAHALLIY O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI FAOLIYATINING NORMATIV-HUQUQIY ASOSLARI (BUXORO VILOYATI MAHALLAR MISOLIDA). Social Sciences in the Modern World, 5(17), 109-113. https://www.in-academy.uz/index.php/ZDIF/article/view/55319
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
1 Views
0 Downloads