O‘ZBEKISTONDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY MUHOFAZASI: TARIXIY BOSQICHLAR, DAVLAT SIYOSATI VA INSTITUTSIONAL ISLOHOTLAR
Keywords:
nogironligi bo‘lgan shaxslar, ijtimoiy muhofaza, davlat siyosati, inson huquqlari, inklyuziya, ijtimoiy xizmat, reabilitatsiya, “Inson” markazlari, Milliy ijtimoiy himoya agentligi, institutsional islohot, funksional baholash.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimining 1991-yildan hozirgi davrgacha bo‘lgan shakllanishi va rivojlanishi tarixiy-huquqiy hamda institutsional jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy tizim evolyutsiyasi besh bosqichga ajratildi: dastlabki huquqiy asoslarning yaratilishi; ijtimoiy xizmatlar va reabilitatsiya mexanizmlarining kengayishi; huquqqa asoslangan yondashuvga o‘tish; xalqaro standartlarning milliy qonunchilikka implementatsiyasi; ijtimoiy himoyani yagona institutsional boshqaruv asosida tashkil etish bosqichi. Nogironlikka tibbiy-xayriya modeli asosida yondashishdan ijtimoiy va inson huquqlariga asoslangan modelga o‘tish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari ochib berildi. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun, BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi, Milliy ijtimoiy himoya agentligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatining tarixiy ahamiyati baholandi. Tahlil natijasida qonunchilikdagi ilg‘or normalarga qaramay, infratuzilmaning moslashtirilmaganligi, nogironlikni belgilashda tibbiy mezonlarning uzoq vaqt ustun bo‘lib kelgani, bandlikning pastligi, ma’lumotlar tizimining yetarlicha rivojlanmaganligi va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlarining qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki cheklanganligi aniqlandi. Maqolada tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.
References
UNDP, UNFPA, WHO, UNICEF, UNESCO. «Situation Analysis on Children and Adults with Disabilities in Uzbekistan». Tashkent, 2019. 189 p. https://www.unicef.org/uzbekistan/media/3411/file/SitAn_Uzb_disabilities%204%20June%202019.pdf.
Government of Uzbekistan, UNPRPD, UNICEF, OHCHR, UNFPA, UNDP. «Situation Analysis on the Rights of Persons with Disabilities in Uzbekistan». Tashkent, 2021. 81 p. https://www.unicef.org/uzbekistan/media/5076/file/Situational%20analysis.pdf.
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/-5049511.
World Bank. «Country Profile: Uzbekistan — Disability Inclusion». Washington, D.C., 2021. 23 p. https://documents1.worldbank.org/curated/en/099415012202114964/pdf/P156962000bace01d0acaf097d2cee632d3.pdf.
Papa J., Hamdamov H., Aliev U., Oleinik Y., Sukhova A., Honorati M. et al. «An Assessment of the Social Protection System in Uzbekistan: Based on the Core Diagnostic Instrument (CODI)». ILO, UNICEF, World Bank. Moscow, 2020. 131 p. https://www.ilo.org/sites/default/files/wcmsp5/groups/public/@europe/@ro-geneva/@sro-moscow/documents/publication/wcms_760153.pdf.
Shaghashvili M. «Delivery of Social Services for Persons with Disabilities: Guidelines». UNDP, 2022. 37 p. https://www.undp.org/sites/g/files/zskgke326/files/2023-02/SSD%20Guideline%20UNDP%20ENG.pdf.
Kacapor-Dzihic Z., Perolli-Shehu B., Amanov Sh. «Evaluation of the UN Joint Programme on Strengthening Social Protection in Uzbekistan». Evaluation Report. March 2022. 58 p. https://mptf.undp.org/sites/default/files/documents/2023-05/uzbekistan_final_evaluation_report.pdf.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-6480342.
UNDP. «O‘zbekiston Respublikasida parvarishlash tizimini takomillashtirish: iqtisodiy o‘sish, kambag‘allikka qarshi kurashish va turmush darajasini oshirish yo‘li to‘g‘risida hisobot». I qism. 2024. 105 b. https://www.undp.org/sites/g/files/zskgke326/files/2024-02/UZ_Report%20on%20Improving%20the%20Care%20System%20in%20the%20Republic%20of%20Uzbekistan.pdf.
Scoppetta A., Zólyomi E. «Analysis of the State System in Uzbekistan to Promote an Integrated Approach in Employment and Welfare Services Delivery for Persons with Disabilities». UNDP, European Centre for Social Welfare Policy and Research, 2024. 123 p. https://www.undp.org/sites/g/files/zskgke326/files/2024-07/UNDP_UZB_Analytical%20report_ICM_0.pdf.
Institute for Development of Social Protection, UNDP. «Barriers Young People with Disabilities Face in the Labour Market». Tashkent, 2025. 36 p. https://www.undp.org/sites/g/files/zskgke326/files/2025-05/uz_nbsh_mehnat_bozori_en.pdf.
«Nogironligi bo‘lgan bolalarning huquqlari». Huquqiy-ma’rifiy qo‘llanma. Toshkent. 26 b. https://bolahuquqlari.uz/static/uploads/Kitoblar/%D0%A4%D0%98%D0%9D_%D0%A3%D0%97%D0%91_%D0%BF%D1%80%D0%B0%D0%B2%D0%B0_%D0%B4%D0%B5%D1%82%D0%B5%D0%B9_%D1%81_%D0%B8%D0%BD%D0%B2%D0%B0%D0%BB%D0%B8%D0%B4%D0%BD%D0%BE%D1%81%D1%82%D1%8C%D1%8E.pdf.
UNICEF, UNDP. «Situation Analysis on Children and Adults with Disabilities in Uzbekistan: Brief Report». Tashkent, 2019. 68 p. https://www.unicef.org/uzbekistan/media/3571/file/Brief%20PwD%20SitAn.pdf.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-son “Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. https://lex.uz/docs/-7021644.
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-iyundagi O‘RQ-695-son “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/-5447413.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-6130265.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-3436192.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Yangi tahrir. 2023-yil. https://lex.uz/docs/-6445145.
Downloads
Published
Issue
Section
How to Cite