Ijtimoiy-gumanitar fanlar va huquq

“NURONIY” JAMG‘ARMASINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI VA FAOLIYATINING IJTIMOIY AHAMIYATI

Jild 5 son 20 (2026) 153-159

2026-09-19 Ijtimoiy-gumanitar fanlar va huquq CC BY 4.0 Open Access

Mualliflar

  • Xushbaqova Aziza Axborot Texnologiyalari va Menejment universiteti 1-kurs magistratura

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonda keksa avlod vakillari, faxriylar va nuroniylarning huquqiy hamda ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan “Nuroniy” jamg‘armasining tashkiliy-huquqiy asoslari va ijtimoiy ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda jamg‘armaning huquqiy maqomi, uning tashkil etilishi va faoliyatining evolyutsiyasi, davlat siyosati tizimidagi o‘rni, mahalla instituti bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlari, keksa avlodning ijtimoiy faolligini ta’minlashdagi funksiyalari hamda yoshlar tarbiyasidagi institutsional imkoniyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni tizimli ravishda tahlil qilinib, “Nuroniy” jamg‘armasining faqat ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi tuzilma emas, balki avlodlararo hamkorlik, jamoatchilik faolligi, ma’naviy merosning davomiyligi, oilaviy barqarorlik va mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qiluvchi institut sifatidagi xususiyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida jamg‘arma faoliyatining zamonaviy ijtimoiy himoya tizimi bilan integratsiyasini kuchaytirish, faol nuroniylarning tajribasidan foydalanishning aniq mexanizmlarini kengaytirish, faoliyat samaradorligini baholashning mezonlarini takomillashtirish va raqamli boshqaruv elementlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit soʻzlar:

Iqtiboslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4906-son “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomil-lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi PQ-167-son “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha cho-ra-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi PQ-92-son “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 892-son “Faol nuroniylarni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son “O‘zgalar par-varishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi PQ-365-son “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari va «G‘amxo‘rlik» markazlari faoliyatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi. “Kambag‘allikni qisqartirishda nuroniylar ko‘makka otlandi”. 2025-yil 4-yanvar.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali. “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar”.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali. “O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogi-ronligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish”.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali. “Yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi”.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-09-19

Son

Boʻlim

Ijtimoiy-gumanitar fanlar va huquq

Iqtibos keltirish tartibi

Xushbaqova , A. (2026). “NURONIY” JAMG‘ARMASINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI VA FAOLIYATINING IJTIMOIY AHAMIYATI. Zamonaviy Dunyoda Ijtimoiy Fanlar, 5(20), 153-159. https://www.in-academy.uz/index.php/ZDIF/article/view/57807
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
1 Views
0 Downloads