YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TARIX TA’LIMINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA BO‘LAJAK TARIX O‘QITUVCHISIGA QO‘YILADIGAN KOMPETENSIYAVIY TALABLAR
Jild 5 son 18 (2026): Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 183-185
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida tarix ta’limida yuz berayotgan o‘zgarishlar, ta’lim mazmunining yangilanishi hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning tarix fanini o‘qitish jarayoniga kirib kelishi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, tarix ta’limida raqamli texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarning mustaqil va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, tarixiy manbalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish kabi masalalarga e’tibor qaratiladi. Maqolada bo‘lajak tarix o‘qituvchisining kasbiy, metodik, kommunikativ, axborot-digital va tahliliy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar ham yoritilgan. Zamonaviy tarix o‘qituvchisi nafaqat tarixiy bilimlarni yetkazuvchi, balki o‘quvchini mustaqil izlanishga undovchi va tarixiy tafakkurini shakllantiruvchi pedagog sifatida qaralishi zarurligi asoslab beriladi.
Kalit soʻzlar:
Iqtiboslar
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga oid farmon va qarorlari.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun tarix faniga oid davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari.
Pedagogika va tarix fanlarini o‘qitish metodikasiga oid ilmiy-metodik adabiyotlar.
Tarix ta’limida zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalardan foydalanishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar.
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Litsenziya
##submission.license.cc.by4.footer##Iqtibos keltirish tartibi