O‘TISH DAVRIDA NAVOIY VILOYATI AHOLINING IJTIMOIY MUHOFAZASI SOG‘LIQNI SAQLASH, TA’LIM VA BANDLIK MASALALARI (1991-1998-YILLAR)
;
Navoiy viloyati, o‘tish davri, ijtimoiy muhofaza, sog‘liqni saqlash, tibbiyot islohotlari, ta’lim tizimi, bandlik, mehnat bozori, ishsizlik, qishloq vrachlik punktlari, ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan oilalar, cho‘l hududlari, arxiv hujjatlari, bozor iqtisodiyoti, kuchli ijtimoiy siyosat.Abstrak
Mazkur maqolada 1991–1998-yillarda Navoiy viloyatida o‘tish davri sharoitida amalga oshirilgan ijtimoiy muhofaza siyosati, sog‘liqni saqlash, ta’lim va bandlik sohalaridagi muammolar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan islohotlar arxiv hujjatlari va rasmiy statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda viloyat tibbiyot tizimining moddiy-texnik bazasi, tibbiy xizmat sifati, qishloq vrachlik punktlarini rivojlantirish, ta’lim muassasalaridagi kadrlar taqchilligi, olis cho‘l hududlarida yashovchi aholining ijtimoiy muammolari, mehnat bozori holati va ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bepul darslik va o‘quv qurollari bilan ta’minlash, ijtimoiy nafaqalar tizimini takomillashtirish hamda davlatning “kuchli ijtimoiy siyosat” tamoyili asosida olib borgan islohotlarining hududiy xususiyatlari ilmiy jihatdan baholangan. Tadqiqot natijalari iqtisodiy transformatsiya davrida Navoiy viloyatida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda sog‘liqni saqlash, ta’lim va bandlik siyosati o‘zaro uzviy bog‘liq holda rivojlantirilganini ko‘rsatadi.
##submission.downloads##
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Iqtibos keltirish tartibi