YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSH MUTAXASSISLAR MEHNAT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY AHAMIYATI
Jild 5 son 16 (2026): Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 25-27
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida yosh mutaxassislar mehnat madaniyatini rivojlantirish masalasi ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Mehnat madaniyati yosh avlodning kasbiy kamoloti, shaxsiy rivojlanishi, ijodiy faolligi, mas’uliyat va halollik kabi muhim sifatlarini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani asoslab berilgan. Maqolada mehnat madaniyatining shakllanish bosqichlari — ta’lim, mehnat tajribasi, ijtimoiy muhit va innovatsion faoliyat — hamda milliy qadriyatlarning bu jarayondagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, mehnat madaniyati samarali mehnat muhitini vujudga keltirish va mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning muhim omili ekani ta’kidlangan. Xulosada yosh mutaxassislar mehnat madaniyatini rivojlantirish strategik ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.
Kalit soʻzlar:
Iqtiboslar
Suvanov I.A. Shaxs ma’naviyatini yuksaltirishda milliy g‘oya va o‘zlikni anglash dialektikasi. Falsafa fanlari bo‘yicha PhD dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2018. – B.12.
Begmatov A., Anvarova D. Ma’naviy tarbiya. – Toshkent: Akademiya, 2013. – B.26.
Yaxshiev A.J. Globallashuv sharoitida yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish shartlari. – Toshkent, 2015. – B.304.
Oʻquvchilar geografiyasi
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Iqtibos keltirish tartibi