O‘ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
Jild 5 son 14 (2026): Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 15-17
Annotatsiya
Mazkur tezisda O‘zbekistonda inson huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari, ularning demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi o‘rni hamda amaliy kafolatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatini oliy qadriyat sifatida e’tirof etib, davlat faoliyatining bosh mezonini inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bilan bog‘laydi. Tezisda konstitutsiyaviy normalarning mazmuni, inson huquqlarini xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari asosida kafolatlash tamoyili, fuqarolarning qonun oldida tengligi, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar tizimi yoritiladi. Shuningdek, inson huquqlarini himoya qilishda sud-huquq tizimi, Ombudsman instituti, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik nazoratining ahamiyati asoslab beriladi
Kalit soʻzlar:
Iqtiboslar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Yangi tahrir. 30.04.2023. - URL: https://lex.uz/docs/-6445145.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoni. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida. - URL: https://lex.uz/docs/-4872355.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni. “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risida. - URL: https://lex.uz/docs/-6600413.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmoni. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida. - URL: https://lex.uz/docs/-6461609.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. BMT Bosh Assambleyasi, 1948-yil 10-dekabr.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt. BMT, 1966-yil.
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt. BMT, 1966-yil.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi materiallari. - Toshkent: Milliy markaz nashrlari, 2024.
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Iqtibos keltirish tartibi