Том 4 № 12 (2026): Молодые ученые

Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2026-02-14

TANA TUZILISHIDAN ICHKI KASALLIKLARGA TASHXIS QOʻYISH

Tana tuzilishini baholash ichki kasalliklarni erta aniqlash va toʻgʻri tashxis qoʻyishda muhim ahamiyatga ega. Organizmning konstitutsional xususiyatlari, tana proporsiyalari, teri rangi, mushak va yogʻ qatlamining rivojlanganlik darajasi koʻplab patologik jarayonlar haqida dastlabki maʼlumot beradi. Mazkur maqolada tana tuzilishining klinik ahamiyati, somatotiplar va ularning ichki kasalliklar bilan bogʻliqligi, shuningdek, diagnostik usullar tahlil qilinadi.

Xolov Sunnat Gʻolibovich, Turkmanova Gulgina, Nurmatov Sardorbek Sarvar oʻgʻli

4-5

2026-02-13

STOMATOLOGIYADA INFEKSIYA XAVFI VA STERILIZATSIYA TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada stomatologik amaliyot jarayonida yuzaga keladigan infeksiya xavfining asosiy manbalari va ularning oldini olish yo‘llari tahlil qilinadi. Asbob-uskunalar, aerozollar, suv liniyalari va tibbiy chiqindilar orqali yuqadigan infeksiyalar stomatologiya amaliyotidagi muhim muammo sifatida yoritilgan. Shuningdek, sterilizatsiya va dezinfeksiya jarayonlarining ilmiy asoslari hamda ularning samaradorligini oshirish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada zamonaviy sterilizatsiya texnologiyalarini takomillashtirish, jumladan raqamli monitoring, innovatsion sterilizatsiya usullari va xalqaro standartlarga mos tizimlarni joriy etishning ahamiyatiga alohida urg‘u berilgan. Ushbu yondashuvlar infeksiya xavfini kamaytirish va bemor hamda tibbiyot xodimlari xavfsizligini ta’minlashda muhim omil ekanligi asoslab beriladi.

Qodirjonova Robiyaxon Xamidjon qizi, Qutbiddinov Nuriddin Najmiddinovich

6-8

2026-02-13

INVESTITSION SALOHIYATNI OSHIRISH ASOSIDA MINTAQALAR O’RTASIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY NOMUTANOSIBLIKLARNI KAMAYTIRISH METODOLOGIYASI

Mazkur tadqiqot investitsion salohiyatni oshirish asosida mintaqalar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy nomutanosibliklarni kamaytirish metodologiyasini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishga bag’ishlangan. Tadqiqot doirasida investitsion salohiyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning hududiy rivojlanish jarayonlariga ta’siri hamda mintaqalararo tafovutlarni shakllantiruvchi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy omillar tizimli ravishda o’rganiladi. Shuningdek, investitsiya resurslarini hududlar kesimida samarali taqsimlash, infratuzilma rivojini jadallashtirish va institutsional muhitni takomillashtirish orqali nomutanosibliklarni kamaytirish mexanizmlari baholanadi. Tadqiqot natijalari investitsion salohiyatni oshirish mintaqalararo ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni qisqartirishda muhim metodologik asos bo’lib xizmat qilishini ilmiy jihatdan asoslaydi. Olingan xulosalar hududiy rivojlanish siyosatini takomillashtirish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Qobilov Anvar Eshpo’latovich

9-16

2026-02-13

GRAFEN VA KARBON MATERIALLARI ARALASHMASIDAN FOYDALANIB, UCHISH APPARATLARINING FUZELYAJLARIDA QO‘LLASH

Mazkur tezisda grafen va karbon asosidagi kompozit materiallarning havo transporti sohasida, ayniqsa, uchish apparatlarining fuzelyaj (korpus) qismlarida qo‘llanilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Yengil vazn, yuqori mustahkamlik va issiqlikka chidamlilik kabi fizik xususiyatlar tufayli bu materiallar aviatsiyada an’anaviy metallarga nisbatan sezilarli ustunliklarga ega. Tadqiqotda ushbu materiallar asosida yaratilgan aralashmalarni amaliyotga joriy etish usullari, ularning samaradorligi va istiqbollari yoritilgan.

Nomozov Bekzod Abdiaziz o‘g‘li

17-20

2026-02-16

ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРОГРАММ МЕТАБОЛИЧЕСКОГО СКРИНИНГА У НОВОРОЖДЁННЫХ

В статье рассматривается эффективность программ неонатального метаболического скрининга как одного из ключевых инструментов профилактической медицины. Анализируются клинические, эпидемиологические и социально-экономические аспекты раннего выявления врождённых нарушений обмена веществ. Кроме того, обсуждаются критерии оценки эффективности скрининга, включая чувствительность, специфичность, охват популяции и влияние на показатели заболеваемости и инвалидизации. На основании обобщения международного опыта и современных научных данных делается вывод о высокой медико-социальной значимости метаболического скрининга новорождённых.

Хабипова Ферида Уснатдиновна

21-23

2026-02-16

KOXLEAR IMPLANT QO’YILGAN BOLALAR BILAN DASTLABKI OLIB BORILADIGAN ISHLAR

Bu tezisda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini rivojlantirishda eshitish qoldig‘idan foydalanishga ustuvorligi va koxlear implant nima, u qanday vazifani bajaradi va koxlear implant qo’yilgan bolalar bilan olib boriladigan ishlar haqida so’z olib boradi.

Abduxalilova Marjona Ixtiyor qizi

24-25

2026-02-16

RAQOBAT USTUNLIGI STRATEGIYALARI ORQALI TURISTIK OQIMLARNI BOSHQARISHNING NAZARIY MEXANIZMLARI

Mazkur tezisda turistik oqimlarni samarali boshqarish masalalari raqobat ustunligi strategiyalari nuqtai nazaridan ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Jahon turizm bozorida raqobatning kuchayishi, turistlar oqimining hududlar bo‘yicha notekis taqsimlanishi va ayrim destinatsiyalarda haddan tashqari yuklamaning yuzaga kelishi turistik oqimlarni strategik boshqarishni dolzarb masalaga aylantirmoqda. Tadqiqotda turistik oqimlarni boshqarish tushunchasi, uning nazariy asoslari hamda M. Porter tomonidan ilgari surilgan raqobat strategiyalarining turizm sohasidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, raqobat ustunligi strategiyalaridan foydalanish orqali mavsumiylikni kamaytirish, turistik resurslardan oqilona foydalanish va barqaror turizmni ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tezis natijalari turistik destinatsiyalarning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Maxamadaliyev Behruzhon Hislatxon o‘g‘li

26-29

2026-02-16

GIPERTONIYA KASALLIGI BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA SURUNKALI YURAK YETIŞMOVCHILIGINI DAVOLASHDA ANGIOTENZIN II RETSEPTORLARI ANTAGONISTLARINI KOMBINATSIYALANGAN HOLDA QO‘LLASH SAMARADORLIGI

Hozirgi vaqtda surunkali yurak yetishmovchiligini (SYUYE) davolashda angiotenzin II retseptorlari antagonistlari (ARA) juda keng qo‘llanilmoqda. Rossiya kardiologlar ilmiy jamiyati va Yurak yetishmovchiligi bo‘yicha mutaxassislar jamiyati milliy tavsiyalariga ko‘ra, SYUYE davolashda ARA preparatlarini maqsadli qo‘llash yuklamadan oldingi va keyingi qarshilikni kamaytirish hisobiga chap qorincha (CHQ) sistolik va diastolik funksiyasini yaxshilaydi, CHQ otilib chiqish fraksiyasini oshiradi. Shuningdek, yurak kameralaridagi bosimning pasayishiga olib keladi, natijada miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji kamayadi hamda chap qorinchaning diastolik va sistolik funksiyasi yaxshilanadi. Irbesartanni kuniga 75 mg dozada qo‘llash SYUYE bilan og‘rigan bemorlarning o‘lim xavfi va gospitalizatsiya qilinishini sezilarli darajada kamaytiradi.

Nizomov Baxtiyor Urakovich, Mardiyeva Jasmina Sayfullo qizi, Sobirova Komila Davronovna

30-32

2026-02-16

АНАЛИЗ ПРОЧНОСТИ ШВА ПРИ РАЗРАБОТКЕ ЖЕНСКОЙ ОДЕЖДЫ ИЗ НАЦИОНАЛЬНОЙ ТКАНИ

Мақолада миллий адрас матосида аёллар кийимини ишлаб чиқишда кийим деталларини бирлаштирувчи чоклар давомида матонинг ўрилиш ипларини силжиши муаммоси ўрганилган. Миллий матонинг янги эластик структурадаги намунасида тадқиқотлар ўтказилган.

Бабаджанова М.А., Умарова Ш.Р., Содикова Н.А.

33-36

2026-02-16

GRIPPGA QARSHI QO‘LLANILADIGAN PREPARATLARNING NOJO‘YA TA’SIRLARI VA ULARNING FARMAKOLOGIK ASOSLARI

Grippga qarshi qo‘llaniladigan antiviral preparatlarning nojo‘ya ta’sirlarini aniqlash, ularning yuzaga kelish mexanizmlarini farmakologik nuqtai nazardan baholash, hamda ushbu nojo‘ya reaksiyalarning preparatlarning farmakodinamikasi, farmakokinetikasi va bemorlarning individual xususiyatlari bilan bog‘liqlik darajasini o‘rganish.

Rahimova Mohinur Azmiddin qizi, Istamova Sitora Ne‘matovna

37-39

2026-02-16

PEDIATRIYADA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA DORI TANLASH VA DOZANI OPTIMALLASHTIRISH

Ushbu maqola pediatriyada dori tanlash va dozani optimallashtirish jarayonida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining rolini tahlil qiladi. Tadqiqotda SI algoritmlari va mashinani o‘rganish modellarining bolalar farmakoterapiyasida individualizatsiyalangan dori tanlash imkoniyatlarini oshirishdagi samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada farmakokinetika va farmakodinamik parametrlar, bemor yoshiga, vazniga, patologiyasiga mos keladigan doza optimallashtirish metodlari, shuningdek, xavfsizlik va terapevtik samaradorlikni oshirishda raqamli yondashuvlarning afzalliklari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, SI asosida ishlaydigan tizimlar pediatrik bemorlar uchun dori tanlash jarayonini tezlashtiradi, inson xatoliklarini kamaytiradi va individual dozani aniqlashda yuqori aniqlik beradi. Ushbu yondashuvning amaliy tatbiqi bolalar shifokorlariga yanada asoslangan klinik qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi va farmakovigilansni takomillashtirishga hissa qo‘shadi.

Pulatov Firdavs Abdunabiyevich, Ruzikulov Xumoyunbek Quyli o‘g‘li, Ne’matullayev Temurbek Baxodirovich

40-44

2026-02-16

Показать все выпуски