Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-11-13

PARLAMENT FAOLIYATIDA SIYOSIY PARTIYALARNING ISHTIROK ETISH SHAKLLARI

Ushbu maqolada mamlakatimizning oliy davlat vakillik organi sanaladigan parlament faoliyatida xalq tomonidan saylangan va ularning manfaatlarini bevosita ifoda etuvchi siyosiy partiyalarning ishtirok etish usullari hamda shakllari haqida izlanishlar yoritilgan.

Ibroximova Madina Qaxramonovna

4-5

2025-11-12

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI O‘QITISHDA DAVLAT RAMZLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish jarayonida davlat ramzlarining – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasining – ahamiyati yoritilgan. Maqolada ramzlarning o‘quvchilarda milliy g‘urur, fuqarolik ongini shakllantirishdagi o‘rni, ularni o‘qitish metodikasi, dars jarayonida qo‘llashning samarali shakllari hamda o‘quvchilarda vatanparvarlik va g‘urur tuyg‘usini rivojlantirishga doir aniq misollar keltirilgan.

Jo’rayeva Umidaxon Mashrabjonovna

6-8

2025-11-13

YOSH XODIMLARINI KASBIY FAOLIYATGA MOSLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Jamiyatning turli sohalaridagi zamonaviy tadqiqotchilar kasbiy moslashuv hodisasiga tobora ko‘proq e’tibor qaratmoqdalar. Ushbu tushunchani chuqurroq anglash uchun uning etimologiyasini ko‘rib chiqish muhim. Umumiy mazmunda  adaptatsiya (lotincha “adapto” – “moslashtiraman”) xodimning tashqi va ichki muhit sharoitlariga moslashish jarayonini ifodalaydi. Atrof-muhitning doimiy o‘zgarishini hisobga olgan holda, moslashuvni insonning yangi sharoitlarga moslashishining faol jarayoni sifatida aniqlash shubha tug‘dirishi mumkin.

Zaribov Zafarbek Ravshonbekovich

9-12

2025-11-13

MATEMATIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA TO‘SIQLAR VA ULARNI YENGISHNING PSIXOLOGIK USULLARI

Ushbu maqolada o‘quvchilarda matematik tafakkurni shakllantirish jarayonida uchraydigan psixologik to‘siqlar, ularning kelib chiqish sabablari va ularni yengishning samarali psixologik usullari tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur, emotsional holat va motivatsiya kabi psixik jarayonlari o‘rganilgan. Shuningdek, muammoli o‘qitish, metakognitiv yondashuv, refleksiya, rag‘batlantirish va ijobiy muhit yaratish metodlari orqali matematik tafakkurni rivojlantirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.

Nosirova O’g’iloy Ravshanjon qizi , Xalimjonov Abduqunduz Rahimjon o‘g‘li

13-15

2025-11-14

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHI VA UNING SAMARADORLIGI

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyot (digital economy) jadal rivojlanmoqda. Ushbu tezisda O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining holati, infratuzilma, elektron toʻlovlar, elektron tijorat, raqamli savodxonlik va davlat siyosatining roli tahlil qilinadi. Shuningdek, uning iqtisodiy samardorligi, ichki va mintaqaviy farqlari va rivojlanish istiqbollari baholanadi. Yakunda raqamli iqtisodiyotni kengaytirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etiladi.

Abdullayev Niyozmatjon Axmadjon o’g’li

16-18

2025-11-14

СЕМАНТИЧЕСКИЕ ИЗМЕНЕНИЯ В РУССКОМ ЯЗЫКЕ XXI ВЕКА

В данной работе анализируются ключевые тенденции семантических изменений в русском языке XXI века. Исследование опирается на труды российских лингвистов и данные современных корпусов языка, включая Национальный корпус русского языка. Особое внимание уделяется причинам изменения значений слов под влиянием глобализации, цифровизации, социальных сетей и общественно-политических трансформаций. Рассмотрены явления семантического расширения, сужения, переосмысления и метафоризации, а также заимствования, которые приводят к перераспределению лексико-семантических связей.

Каршиева Лайло Хозраткуловна

19-21

2025-11-14

DEVELOPING ENGLISH LANGUAGE SKILLS IN PRESCHOOL CHILDREN: GOALS AND STRATEGIES

The study highlights the importance of early exposure to the English  language as a foundation for future academic success and communication competence. It explores how preschool educators can foster children’s listening, speaking, and vocabulary skills through interactive, play-based, and communicative learning methods. The paper also discusses the role of motivation, classroom environment, and teacher–child interaction in promoting language development. Based on the findings, the study recommends goal-oriented strategies that integrate games, songs, stories, and visual aids to enhance children’s interest and participation in learning English.

Ruxshona Qurbonazarova , Gulasal Eshquvvatova

22-25

2025-11-14

TA’LIM JARAYONIDA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING IJOBIY VA SALBIY TOMONLARI

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida texnologiyalardan foydalanishning ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilingan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv jarayoniga ta’siri, ularning samaradorlikka qo‘shgan hissasi hamda yuzaga kelayotgan muammolar ilmiy nuqtayi nazardan yoritilgan. Maqolada texnologiyalarni oqilona qo‘llash zaruriyati, pedagogik yondashuvlarning modernizatsiyasi va inson omilining o‘rni alohida e’tiborda olingan.

Sultonmurodova Farangiz Akramovna, Xushbaqova Hilola, Ruzimurodova Nozanin

26-28

2025-11-14

ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ В СОВРЕМЕННОЙ ШКОЛЕ

В статье рассматриваются современные инновационные методы обучения, применяемые в школе, их влияние на образовательный процесс и результаты учащихся. Особое внимание уделяется внедрению интерактивных технологий, проектного обучения, методов критического мышления и индивидуализированного подхода. На основе анализа практических примеров и педагогических исследований предложены рекомендации по эффективному использованию инновационных методик в современной школе.

Султонмуродова Фарангиз Акрамовна, Садрийева Сабрина, Ражабова Хумора

29-33

2025-11-14

AJDODLAR MEROSI TARBIYA O‘CHOG‘I SIFATIDA

Ushbu maqolada ajdodlarimizning boy ma’naviy va madaniy merosi yosh avlod tarbiyasida nechog‘lik muhim o‘rin tutishi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot IMRAD uslubida olib borilib, merosning pedagogik, ma’naviy va axloqiy funksiyalari, uni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish mexanizmlari yoritiladi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, ajdodlar merosi tarbiya jarayonini boyitadi, shaxsning ma’naviy immunitetini kuchaytiradi va komil insonni shakllantirishda samarali manba sifatida xizmat qiladi.

Kurambayeva Qunduzxon Arslanbekovna

34-36

2025-11-14

MADANIY MA’RIFIY ISHLARNI TASHKILLASHDA REPERTUAR TANLASH

Mazkur maqolada madaniy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etishda repertuar tanlash jarayonining ahamiyati, mezonlari va zamonaviy yondashuvlar yoritilgan. Repertuar tanlash jarayoni madaniyat xodimlari, san’at rahbarlari hamda ijodkorlar faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Maqolada repertuar mazmunining milliy qadriyatlar, yosh xususiyatlari va estetik talablarga muvofiqligi, shuningdek, auditoriyaning ma’naviy ehtiyojlarini inobatga olish zarurligi tahlil qilingan.

SH. Baratov

37-40

2025-11-14

ЖИСМОНИЙ МАДАНИЯТ ФАНИ БОШЛАНҒИЧ СИНФДА АСОСИЙ КОМПЕТЕНЦИЯ СИФАТИДА

Мақолада умумтаълим мактабларида жисмоний тарбия бўйича белгиланган давлат стандартида асосий компетенцияларни шакллантириш ижтимоий йўналтирилган педагогик таълимни жорий этиш шартларини шакллантириши ёритилган. Шунингдек, муаллиф бошланғич синф ўқувчиларга жисмоний тарбия дарс жараёнида мантиқий саволлар, кросвордлар, бошқотирмалардан фойдаланган ҳолда ўтилган дарс таълим-тарбия сифатини оширишда муҳим омил эканлигини айтиб ўтган.

Хушназаров Фаҳриддин Рахимович

41-44

2025-11-14

MUSIQIY DIDAKTIK O’YINLAR ORQALI O’QUVCHILARDA MUSIQA SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH

Mazkur maqolada musiqiy didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilarda musiqa savodxonligini shakllantirish masalasi yoritilgan. Musiqa ta’limida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning estetik didini, ritm, tembr, baland-pastlik, nota yozuvlarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Maqolada O‘zbekiston va Yevropa davlatlarida musiqiy savod o‘rgatishda qo‘llanilayotgan zamonaviy didaktik o‘yinlar tizimi tahlil qilinib, ularning afzalliklari va o‘ziga xos jihatlari yoritilgan.

Gulasalxon Teshaboyeva

45-48

2025-11-14

ASSESSING READING SKILLS

This article focuses on the importance of assessing reading skills in the process of language learning and teaching. It highlights the main principles, methods, and tools used to evaluate learners’ reading comprehension and fluency. The paper discusses different approaches such as formative and summative assessment, as well as standardized and classroom-based testing. Special attention is given to identifying learners’ strengths and weaknesses in reading, including vocabulary knowledge, inference-making, and understanding of text structure. The article also emphasizes the role of assessment in improving reading strategies and overall language proficiency. Finally, it provides recommendations for teachers to design effective reading tests and integrate assessment results into instructional planning.

Charos Normamatova , Gulasal Eshquvvatova

49-51

2025-11-17

ҚОВОҚ МЕВАЛАРИНИ САМАРАЛИ ҚУРИТИШ ТЕХНОЛОГИЯСИНИ ТАНЛАШ: ИССИҚЛИК МУҲИТИ, КЕСИШ ШАКЛИ ВА ҲАРОРАТНИНГ ТАЪСИРИ

Ushbu maqolada qovoq mevalarini quritish jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha kompleks tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Tadqiqot doirasida issiqlik muhiti (qizdirilgan bug‘ va atmosfera havosi), kesish shakli (kub, parrak, somoncha) va turli harorat rejimlarining (60°C, 70°C va 80°C) quritish samaradorligiga, ozuqa moddalari saqlanishiga hamda mahsulotning fizik va organoleptik xususiyatlariga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, bug‘li muhitda retsirkulyatsiya asosida quritish issiqlik va massa almashinuvini jadallashtirgan, 60°C haroratda 4 soat davom ettirilgan quritish esa mahsulotning ozuqa qiymatini saqlab qolishda eng maqbul texnologik rejim ekanligi aniqlandi. Kub shaklidagi kesish barqaror quritish va yuqori mahsulot chiqishi bilan ajralib turgan. Maqolada quritish texnologiyasini tanlash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan.

Genjebaev Marat Sovetovich

52-55

2025-11-17

QISHLOQ JOYLARDA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH SIYOSATI VA MOLIYAVIY VOSITALARNING IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI

Ushbu tezis qishloq joylarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati va moliyaviy vositalarning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini o‘rganadi. Tadqiqot mikrokreditlar, grantlar, subsidiyalar va soliq imtiyozlari orqali tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar va daromad ko‘rsatkichlariga qanday ta’sir qilishini tahlil qiladi. Shu bilan birga, moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali tatbiqi va integratsiyalashgan strategiyalar muhimligi qayd etiladi.

Rustamova Faridaxon Anvarjonovna

56-58

2025-11-17

ТАЛАБА ШАХСИНИНГ КРЕАТИВЛИК (ИЖОДИЙ) ФАОЛИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ МЕТОДОЛОГИЯСИ

Талабаларда креативлик фаолиятини ривожлантириш орқали ўқув ва тарбия жараёнида янги ғояларни яратиш, талабалар креатив сифатларга эга бўлишлари учун ўқув фаолиятида шахсий сифатларини ривожлантиришга хизмат қиладиган ғояларни яратишда фаоллик кўрсатиш, уларнинг илғор педагогик ютуқ ва тажрибаларни мустақил ўрганиш, шунингдек, технологик билим, кўникмаларни эгаллашлари назарда тутилган. 

Усарова Нигора Бердияровна

59-62

2025-11-17

KASBIY-PEDAGOGIK MAHORAT TUSHUNCHASI VA UNING MAZMUNI

Ushbu maqolada kasbiy-pedagogik mahorat tushunchasi, uning mazmun-mohiyati hamda zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari, o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy sifati bilan bevosita bog‘liqligi haqida tahliliy fikrlar berilgan. Shuningdek, o‘qituvchining kasbiy mahoratini shakllantirish omillari, uni takomillashtirish yo‘llari ham ko‘rib chiqilgan.

Xudoyberganova Matluba Qulsoxatovna

63-65

2025-11-17

REAL VAQT TASVIR TASNIFI VA OPTIMALLASHTIRISH TEXNIKALARI

Ushbu tezis real vaqt tasvir tasnifi texnologiyalari, chuqur o‘rganishga asoslangan modellar va ularni amaliy tizimlarda samarali ishlatish uchun qo‘llaniladigan optimallashtirish texnikalarini tahlil qiladi. Mobil qurilmalar, video monitoring tizimlari, robototexnika va sanoat avtomatizatsiyasi uchun tasvirlarni yuqori tezlikda va aniqlik bilan tasniflash talab etiladi. Shu sababli, konvolyutsion neyron tarmoqlar, yengil arxitekturalar, model siqish, kvantizatsiya, pruning, distillatsiya, ONNX Runtime, TensorRT kabi texnologiyalarning roli batafsil yoritiladi.

Davronov Shoxjahon Rizamat o‘g‘li, Shomamatova Zulxumor Pirmamatovna

66-67

2025-11-17

OBYEKTLARNI ANIQLASH MODELLARI VA KUTUBXONALARI

Ushbu tezis zamonaviy obyektlarni aniqlash (object detection) texnologiyalari, ular asosida qurilgan chuqur o‘rganish modellarining tuzilishi va qo‘llanishi, shuningdek, ularni amaliyotga joriy etishda foydalaniladigan kutubxonalar haqida batafsil ilmiy tahlilni taqdim etadi. Bir bosqichli (YOLO, SSD, RetinaNet) va ikki bosqichli (Faster R-CNN, Mask R-CNN) modellar o‘zaro taqqoslanib, ularning arxitekturasi, aniqlik darajasi, ishlash tezligi, hamda qo‘llash sohalari yoritiladi. Bundan tashqari, TensorFlow, PyTorch, OpenCV DNN va Ultralytics kabi kutubxonalar yordamida obyekt aniqlash modellarini tayyorlash, sinovdan o‘tkazish va qurilmalarga joylashtirish jarayonlari izohlanadi. Tezis real vaqt tizimlari, mobil qurilmalar va yuqori aniqlik talab qilinadigan loyihalar uchun mos model va kutubxona tanlashda ilmiy-amaliy tavsiyalar beradi.

Davronov Shoxjahon Rizamat o‘g‘li, Shomamatova Zulxumor Pirmamatovna

68-70

2025-11-17

SERGEY YESENIN SHE’RIYATIDA TABIATGA OSHNO SHAXS

Ushbu maqolada Sergey Yeseninning “Fors taronalari” turkumidagi “Havo toza, musaffo, zangor” deb boshlanuvchi besh bandli she’r misolida lirik qahramonning tabiatga bo‘lgan munosabati tahlil qilinadi. Har bir band lirik subyektning ruhiy-emotsional holati, Sharqona estetik idrok jarayoni va tabiat bilan uyg‘unligi orqali o‘rganiladi. She’rda metafora,  takror, personifikatsiya va Sharqona musiqiylik kabi badiiy vositalar ishlatilgan bo‘lib, ular lirik qahramonning ichki dunyosi va Sharqona poetik an’analarni aks ettiradi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, she’r lirik subyektning tabiat bilan uyg‘unligi va ruhiy-emotsional rivojlanishini o‘ziga xos estetik ruhda ochib beradi.

Xudoyberganova Durdona Anvarjon qizi

71-75

2025-11-17

“GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI” DOSTONIDA MIFOLOGIYANNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada Egamberdi shoir Ollomurod o‘g‘li ijodiy merosidan o‘rin olgan “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi“ dostonidagi mifologik sahnalar ustida mulohaza yuritamiz. Asarda uchraydigan qadimiy tasavvurlar, obrazlarning mifologik ildizlari, ularning funksional vazifalari hamda qahramonlar nutqida qo‘llangan maqollar, topishmoqlar va dialoglarning semantic qatlamlari ilmiy nuqtayi nazardan sharhlanadi. Shuningdek, doston kompozitsiyasidagi mifologik jarayonlarning qahramon harakteri va syujet dinamikasi shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi.  

Sevara Abduqaxxorova

76-79

2025-11-17

ARAB GAZETASI XABARLARIDA RITORIK VOSITALAR

Arab gazetalarida rasmiy tashrif va uchrashuvlar haqidagi xabarlarda qo‘llaniladigan asosiy ritorik vositalar — metonimiya, metafora va epitetlardir. Quyida Rasmiy unvonlar va faxriy sifatlar orqali shaxs mavqeining yuksaltirilishi hamda matnning rasmiylik darajasi oshirilishi Ar-Riyod gazetasi misolida ko‘rsatib beriladi va arab matbuotida ritorikaning stilistik funksiyalari qisqa tahlil qilinadi.

Fayziyev Shamsuddin Sadriddinovich

80-81

2025-11-17

MAHALLIY O‘SIMLIKLARDAN TAYYORLANGAN GEPATOPROTEKTIV BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHANING TURG‘UNLIGI, HAMDA SAQLANISH MUDDATINI O‘RGANISH

Jigar – inson organizmidagi eng yirik bez va hayotiy muhim organlardan biri bo‘lib, 500 dan ortiq fiziologik funksiyalarni bajaradi. Ularning eng muhimlari:

Malikova M.I, Alihodjaeva M.I.

82-83

2025-11-17

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINI RIVOJLANTISHIGA MOLIYAVIY MABLAGʻLARINI JALB QILISHNING INNAVASION YILLARI

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maktabgacha ta’limni rivojlantirish va moliyaviy ta’minlashning muhimligi haqida ma’lumotlar beradi. Ushbu maqolada, moliyaviy  ta’minlashning  ta’lim  tizimiga  kerakli resurslarni  ta’minlashning  katta ahamiyati ko‘rsatiladi.

Toshpolatova Dilbar Jumaboyevna

84-86

2025-11-17

DAVLAT TOMINIDAN MOLIYALASHTIRISHNING TAʼLIM SIFATIGA TAʼSIRINING XALQARO TAJRIBASI

Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarini moliyalashtirishning xorij tajribalari tahlil etilgan boʻlib, xususan, AQSh va Evropa mamlakatlarining oliy ta'lim tizimini moliyalashtirishning oʻziga hos jihatlari hamda tajribalari oʻrganilgan.  Shuningdek, mazkur mavzuga doir xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning asarlari hamda tadqiqot ishlarida keltirilgan nazariy qarashlari bayon etilgan. Shu bilan birga, xorij tajribalari asosida atroflicha xulosalar shakllantirilgan.

Joʻrayeva Muslima Maxmudxon qizi

87-90

2025-11-17