Xitoycha frazeologiyalar o'zining chuqur ma'nolari, ixcham va takomillashtirilgan tili hamda qat'iy tuzilishi bilan an'anaviy Xitoy madaniyatining mohiyati va xitoy tili lug'atining muhim tarkibiy qismidir. Xitoycha frazeologiyalarning ahamiyati ko'p qirrali bo'lib, boy madaniy ma'nolarni, pragmatik ehtiyojlar amaliy talablarini o'z ichiga oladi. Xitoycha frazeologiyalarni o'qitishga jiddiy yondashuvda Xitoy madaniyatini rang-barangligiga urg'u berish, semantika, grammatika va pragmatika bo'yicha kompleks ta'lim berish hamda an'anaviy va innovatsion o'qitish usullarini birlashtirish tamoyillariga amal qilinishi ahamiyatlidir. Morfemaga asoslangan usullar, etimologik va kontekstual usullar - bularning barchasi chet ellik o'quvchilarga xitoycha frazeologiyalarni o'qitishda keng qo'llaniladigan o'qitish usullaridir. Bir nechta usullarni integratsiyalashgan holda qo'llash ̶ xitoycha frazeologiyalarni kompleks o'qitish maqsadiga erishishga yordam beradi.