OZOD SHARAFIDDINOV HAQIQIY O‘ZBEK FARZANDI

Main Article Content

Abstract:

Agar adabiyotimiz tarixi o’zanidan turib, yaqin yuz yillikka nazar tashlasak, juda ko’p qalamkashlarning nomlariga ko’zimiz tushadi. Ulardan hech birining xizmatlarini sira ham kamsitmagan holda aytish mumkinki, keyingi ellik yil ichida faoliyat ko’rsatgan adabiyotshunoslar, publitsistlar silsilasida Ozod Sharafiddinovning nomi alohida bir cho’qqi yanglig’ ko’zga tashlanib turibdi. Kishi ismiga tortadi degan ta’bir - dono hikmat. Ozod Sharafiddinov O’zbekiston va o’zbek adabiyotining XX asr tarixida chinakamiga o’z shaxsi, o’z dunyoqarashi, o’z e’tiqodi, o’z iste’dodi,o’z imkoniyatlari ozodligini bir butun takrorlanmas hodisa deb bilgan, bu yuksak qadriyatlar taqozo etadigan mashaqqatlar yukiga yelkasini og’rinmay tutgan, bir zum el nazaridan chetda emasligini his etib yashagan allomalardan.

Article Details

How to Cite:

Aliyeva Nilufar Qo’chqar qizi, & Oltiboyeva Dilnora Orifjon qizi. (2021). OZOD SHARAFIDDINOV HAQIQIY O‘ZBEK FARZANDI. Eurasian Journal of Academic Research, 1(9), 245–247. Retrieved from https://www.in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/141

References:

Ozod Sharafiddinov-ijodni anglash baxti. 2. www.Mustaqillik.uz sayti