BUGUNGI MAQOM CHOLG`U IJROCHILIGIDA, TURG`UN ALIMATOV MAKTABINING AHAMIYATI: DUTOR MISOLIDA
Jild 5 son 18 (2026): Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 75-81
Annotatsiya
Ushbu maqolada O`zbek miliy musiqa san`ati, xususan maqomlar ijrochiligi tarixi va rivojlanishida eng muhim yo`nalishlardan biri bo`lgan cholg`u ijrochili haqida so`z boradi. Ma`lumki, cholg`u ijrochiligi tarixi juda ham uzoq o`tmishga borib taqaladi. Cholg`u ijrochiligi xususan dutor ijrochiligi an`anasi maqom ijrochiligi an`anasi silsilasi bilan chambarchas holda bizning kunimizga qadar yashab kelmoqda. Uning bunday umrboqiyligiga sabab ustozlarning o`z ijodlarida xalq og`zaki ijodi va xususan maqomlarga uzviy bog`liq holda ijod etishlaridir. Mazkur maqolada aynan O`zbek maqom san`atida eng o`zak omil sifatida avloddan avlodga o`tib, o`ziga xos shakl va rivojlanishga ega bo`lgan ustozlar ijro maktabining maqom cholg`u ijrochiligidagi o`rni borasida O`bekiston xalq artisti Turgu`n Alimatovning dutor ijrochiligi orqali yoritib berilgan.
Iqtiboslar
Abdurauf Fitrat “O`zbek klassik muzikasi va uning tarixi” T.:1993,
Is’hoq Rajabov Maqomlar masalasiga doir T.: 1963.
Otanazar Matyoqubov Maqomot T.: 2004.
O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. I jild:.-T.; 2000
Yunus RajabiY. Shashmaqom T., Аdabsanʼatnashr, 1972.
Ziyoyeva M. “Dutor” T.; 2008.
Qosimov R. “An`anaviy tanbur ijrochiligi” – T,; 2002.
Oʻquvchilar geografiyasi
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Iqtibos keltirish tartibi